Ular birgalikda 2021-yilda taxminan 13 mln unsiya yoki jahon oltin qazib olishning 12 foizini tashkil qildi.
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon oltin ishlab chiqarish ulushi 2021-yildagi 3561 tonna (114,5 mln unsiya) ishlab chiqarishga asoslangan.
Birinchi o‘rinda, AQSHda joylashgan Nevada Gold Mines hozirda dunyodagi eng yirik oltin qazib olish majmuasi bo‘lib, undagi oltita kon yiliga 3,3 mln unsiyadan ortiq oltin qazib olinadi.
Ikkinchi o‘rinda, dunyodagi eng chuqur ochiq konlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston davlat koni Muruntov hisoblanadi. Unda 3 mln unsiyadan sal ozroq oltin ishlab chiqarilgan. Davlatdagi barcha oltin qazib olishning 80 foizdan ortig‘i Muruntov hissasiga to‘g‘ri keladi.
NKMK
Uchinchi o‘rinda, dunyodagi eng yirik oltin va mis konlaridan biri Indoneziyada joylashgan Grasberg koni. Unda 1 mln unsiyadan ortiq oltin ishlab chiqarilgan.
To‘rtinchi o‘rinda joylashgan Rossiyaning oltin qazib oluvchi giganti Polyusga tegishli Olimpiadada 26 million unsiyaga yaqin oltin zahiralari mavjud.
Polyus, yaqinda oltin zahiralari bo‘yicha dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchisi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, u 104 million unsiyadan ortiq tasdiqlangan va ehtimoliy oltinga ega.
Oltin qazib olish mamlakat uchun qanchalik foydali? Oltin narxi 2016-yildan buyon qariyb 50 foizga oshdi va bir unsiya uchun 2000 dollarni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylanmoqda.
Bu 2020-yilda rekord darajadagi yuqori rentabellikka erishgan oltin konchilar uchun yaxshi yangilik. 2020-yilda ishlab chiqarilgan oltinning har bir unsiyasi uchun konchilar o‘rtacha 828 dollar to‘plagan.
Bir necha mamlakatlarda inflyatsiya o‘n yillikning eng yuqori darajasiga yetgan bir paytda, oltin qazib olish diqqatni jalb qiladigan sektorga aylanishi mumkin.Avvalroq O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 20 talik reytingiga kirgani haqida xabar qilingan edi.
Ko`pgina hollarda qazilma boyliklardan foydalanishda isrofgarchilik salmog`i katta bo`ladi. Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan oshmaydi, ya'ni ruda eritilib, undan ko`zda tutilgan 1-2 xil metall ajratib olinadi-yu qolgan 75-80% chiqindi sifatida atrof muhitga tashlab yuboriladi. Chiqindi miqdori ba'zi rudalarda 98-99% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi rudani ko`p tomonlama ishlash serchikam va murakkab jarayon ekanligidadir. Holbuki 100 tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 500 kg. titan, 80 kg. marganets, 30 kg. xrom, 17 kg, nikel va 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin.