Mustaqil ish bajardi: 1B-2022 Konchilik ishi talabasi O’rozmatov Azim Nukus-2022

Yüklə 1,18 Mb.
səhifə5/9
tarix24.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#192691
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KSK m-ish1

Umuman olganda qazilma boyliklardan foydalanishda foydalaniladigan resursning turiga va uni olish usuliga ko`ra albatta tabiatga u yoki bu darajada ziyon yetkaziladi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida sanoatning rivojlanish bilan tabiy muhitga industrial ta'sir oshib bormoqda.

Neft va gaz konlaridagi suvning chuqur parma quduqlar orqali chiqarib tashlanishi yer osti suvlari zahirasini kamaytiribgina qolmay, quduqlar yaqinidagi katta-katta maydonlar tuprog`ini botqoqlashtirib ishdan chiqaradi. Ba'zida esa bunday quduqlardan shifobaxsh suvlar ham chiqib ketib nobud bo`ladi.

Yer bag`ridan foydali qazilmalarni olish jarayonida kon atrofida begona jinslar to`plana boradi. Ularning uyumlari katta-katta maydonlarni egallabgina qolmay, balki shamolda changib atmosferani ifloslaydi, yomg`ir suvlari bilan uzoq joylarga oqib borib tuproqni va undagi o`simlik hamda hayvonlarni zaharlaydi.

Foydali qazilmalarni ayniqsa ochiq usulda qazib olish tabiatga ko`proq ziyon yetkazadi

Bunday usul tabiy komponentlarning juda ko`pchiligiga ta'sir qiladi. Masalan, ochiq konlardan foydalanish katta maydonlarda landshaftning metalogiyasini hamda yerning relyefini o`zgartiradi; ularni qazib olish uchun kon atrofida ko`pgina chuqur drenaj quduqlari qazib yer osti suvining sathi keskin pasaytiriladi, buning oqibatida katta maydonlarda yer osti suvlari kamayib qolib tuproq qaqraydi va o`simliklar qurib qolish hollari kuzatiladi; karyerlar portlatilganda ko`tarilgan chang havoni ifloslaydi va tarqalib yerga tushib tuproqni zaharlaydi; shaxta va konlardan suvni chiqarib tashlash natijasida tevarak atrofdagi yer osti yer usti suvlarining kimyoviy tarkibi buziladi. Chiqarib tashlangan kon-shaxta suvlari yer usti suv havzalarini ifloslashi bilan u yerdagi barcha tirik organizmlarga zarar yetkazadi. Faqatgina Surxandaryodagi shargun ko`mir shaxtasi daryoga yilida 1,9 mln. kub metr iflos suv tashlaydi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin