2.Hozirgi local tarmoqlar uchun qaysi IP manzillari ishlatiladi.
3.IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi.
IP-nima? Hozirgi payitda IP yani (Intrnet Protocol) haqida eshitmagan inson bulmasa kerak. CHunki intrnetga chiqadigan inson borki, IP haqida qandaydir tushunchasi mavjud. IP o'zi nima degan savolga javob bersak. IP bu biron ixtiyoriy qurilmaning internetdagi manzilidir. Ya'ni siz biron uyga borish uchun u uy manzilidan foydalanas. Sizdan chiqayotgan so'rov ham qaysidir manzilga yetib borib, sizning so'rovingizga javob qaytishi kerak bo'ladi. Mana shu manzil IP manzildir. Endi bugungi kunda biz IP ning IPv4 va IPv6 versiyalaridan foydalanamiz. IPv6 hali keng qamrovga ega emas. Lekin yaqin kelajakda uning qamrovi ancha keng bo'ladi. Biz hozirda IPv4 dan foydalanamiz. IPv4 uzunligi 32 bit. IPv4 manzillar soni 4 294 967 296 ga teng. Ya'ni shuncha qurilmaga IP manzil berish mumkin degani. IPv4 ning 5ta klaslari mavjud. IPv4 manzillarning klaslari 1969 yilda AQSH da yaratilgan. Ular quyidagilar:
Hozirgi kunda bu sinflar real hayotda ishlatilmaydi. Sababi bunday sinfga ehtiyoj mavjud emas.
Hozirda lokal tarmoq uchun quyidagi manzillar ishlatiladi. 1. 10.0.0.0 – 10.255.255.255 /8
2. 172.16.0.0 – 172.31.255.255 /16
3. 192.168.0.0 – 192.168.255.255 /24
4. 169.254.0.0 – 169.254.255.255 /16 — DHCP mavjud bo’lmagan vaqtda va static ip berish berilmagan vaqtda tarmoq ishlashi uchun beriladigan IP.
Bu IP lar ichki tarmoq uchun ishlatiladi (ya’ni kompyuter o’zining tarmoq kartasi ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun)
5. 127.0.0.0 – 127.255.255.255 — loopback, localhost
Ma'lumot: /8, /16, /24 kabilar bular maska hisoblanib chegarani anglatadi. Bu haqda chuqurroq keyingi mavzularimizda yoritib boramiz.
IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi? Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish ammalarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.
Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.
O‘xshash IP-adreslarni klasterlash axborot almashuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-adres ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shunday, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.
IP-manzil qanday topiladi? Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-adresdan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda servis ko‘rsatishi mumkin.
Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir necha IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun, ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.
IP-manzilni kuzatishda cheklovlar Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-mazil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir noma’qbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.
Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.
Notog‘ri IP-mazil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u adresdan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.