suradi va bu bilan insonni xech qanday faoliyat ko‘rsatmaslikka,
passivlikka, qismatga buysunishga da’vat etadi.
Volyuntarizm lotincha voluntas – iroda, degan ma’noni ifodalaydi. Bu
falsafiy qarash shaxs irodasini tirlamchi deb e’tirof
etadi hamda tarixiy
jarayonlar alohida shaxslarning sub’ektiv hoxishlariga asosan amalga
oshadi, degan g‘oyaga asoslanadi. Volyuntarizmnnig mazmun-mohiyati
XIX asr nemis faylasufi A.Shopengauerning iroda falsafasida o‘z ifodasini
topgan.
Mustaqil shaxsga xos asosiy xususiyat erkinlikdir. Erkinlik
tushunchasining ma’nosi kishining o‘z istagi bo‘yicha ish tutishdir. Erkinlik
jamiyat xayotining turli sohalari bilan bevosita bog‘liq. SHunga ko‘ra
erkinlik deganda: a) iqtisodiy; b) siyosiy; v) ma’naviy erkinlik nazarda
tutiladi. Iqtisodiy erkinlik, bu avvalo majbur qilishdan ozodlikdir. Ayni
vaqtda iqtisodiy erkinlik inson tomonidan ijtimoiy mexnatning turini tanlab
olishda, mulkka munosabatda va qaerda faoliyat ko‘rsatishni tanlab olishda
namoyon bo‘ladi. Bunda shaxs xam o‘z intilishlari, xam real jamiyatning
real imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Siyosiy erkinlik xayot kechirish uchun zarur xuquq va erkinliklarning
mavjudligi bilan tavsiflanadi. Taraqqiy etgan
jamiyatda davlat insonning
xaq-xuquqlarini kafolatlaydi. Saylash – saylanish xuquqi, adolatli davlat
tizimi, xalqning davlat axamiyatiga molik masalalarni xal qilishdagi hal
qiluvchi ishtiroki, ya’ni demokratik xuquq va erkinliklardan foydalanish
siyosiy erkinlik tushunchasida ifodalanadi.
Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy
xayotida ishtirok etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo‘lish, ijodning
u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, so‘z erkinligi kabilar nazarda tutiladi.
Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik va
ma’suliyat inson faoliyatinnig o‘zaro uzviy bog‘liq
ikki tomonini tashkil
etadi. Ma’suliyat avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. Ma’suliyat –
ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, muayyan axloqiy
tamoyillarga rioya qilish bo‘yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi
javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat xam xilma-xil ko‘rinishlarda
namoyon bo‘lishi mumkin. Siyosiy, xuquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs
ma’suliyati, jamoa mas’uliyati va x.k. shular jumlasidandir.
Ma’suliyat jamiyat, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan
talablar asosida shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan
o‘zlashtirilishi uning xatti-harakatlari, faoliyatida namoyon bo‘ladi.
SHaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi.
Ma’suliyat shaxsning jamiyat manfaatlarini
qay darajada chuqur anglay
olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan,
jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis eta oladigan inson. Jamiyat
xayoti va taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan, inson
qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat
ko‘rsata oladi.
Demokratik jamiyatning shakllanishi va taraqqiyotni amalga oshirish
jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda odamlar o‘rtasida amal qiladigan
axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va mafkuraviy munosabatlarni
yaxshilash
va
mustahkamlash
uchun
xalqimiz
ma’naviyatini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
SHaxs va jamiyat
munosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini mustahkamlash inson
shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratishga
bog‘liqdir.
Bu borada shaxs ma’naviyatini tinmay boyitish, uni jamiyatimiz
moddiy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirokini ta’minlash muhimdir. “Barchamiz
yaxshi bilamizki, -degan edi Respublikamiz Prezidenti I.Karimov, -
fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etishning
eng muhim tarkibiy qismi
ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida
uzluksiz ish olib borishdan iborat”.
Darhaqiqat, shaxs kamolotining muhim omillaridan bo‘lgan ma’naviy
madaniyatini rivojlantirish o‘z mazmun mohiyati bilan insonning shaxs
sifatida shakllanishiga, shaxs va jamiyat munosabatlarini yaxshilashga
xizmat qiladi hamda yangi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim
o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: