ARASTU
(ARISTOTEL)
Hatto eng bo‘lmag‘ur qonun ham insonlar uchun zarurdir. Aks holda
odamlar bir-birini g‘ajib tashlaydi.
EPIKUR
Inson baquvvatlik borasida ho‘kizdan ojizlik qilib, chopqirlikda otdan
ortda
qolsa-da, bu jonivorlarning har ikkisini o‘z izmiga bo‘ysundirib,
ishlata biladi. Buning boisi nimada? CHunki insonlar ho‘kiz va otdan farqli
o‘laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar. Xo‘sh, insonlar
nimaning evaziga hamjihatlikda yashaydilar?
Buning siri insonlar
o‘rtasidagi vazifalarning o‘zaro taqsimlanishidadir. Xo‘sh, bu taqsimlanish
nimaning evaziga amalga oshiriladi? U burch tuyg‘usi evaziga amalga
oshiriladi.
SYUN-SZI
Xulosa
Shaxs va jamiyat munosabatlari tushunchasining
ijtimoiy-falsafiy
tahlilidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
-“Shaxs” tushunchasi uning muayyan jamiyatda tutgan o‘rni va
bajaradigan vazifalari bilan belgilanadi;
- shaxsni jamiyat shakllantiradi, unda biologik
va ijtimoiy omillar
birgalikda asosiy manba hisoblanadi;
- shaxs va jamiyat munosabatlarida inson, uning o‘zligini
muayyan
darajada shaxs mustaqilligi belgilaydi va shu xususiyatlari bilan jamiyatda
ishtirok etib, uning rivojiga munosib hissasini qo‘shib boradi;
- shaxsning jamiyatga munosabati masalasida jamiyat madaniyatida
shaxsning etuklik darajasiga e’tibor qaratiladi. SHarq xalqlarida shaxsning
aql-zakovati, zehnli, qo‘rqmas, botir,
kamtar va odillik kabi axloqiy,
jismoniy sifatlari qadrlangan;
- shaxs va jamiyat munosabatlari muayyan jamiyatda qabul qilingan
qonun-qoidalar, huquq va vazifalarni amaldagi
talablar asosida bajarish
orqali shakllanadi;
- demokratik va huquqiy davlatni shakllantirish jarayoni ketayotgan
hozirgi sharoitda komil inson shaxsini shakllantirish
shaxs va jamiyat
munosabatlarini huquqiy davlatni shakllantirish shaxs va jamiyat
munosabatlarini huquqiy tamoyillari
asosida mustahkamlash, ma’rifiy-
madaniy hayotni yuqori bosqichga ko‘tarish fuqarolik jamiyatini barpo
etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.