Mustaqil ish fan: falsafa mavzu: jamiyat va shaxs


Faylasuflarning inson to‘g‘risidagi fikrlari



Yüklə 89,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü89,02 Kb.
#205800
1   2   3   4   5
shaxs va jamiyat

Faylasuflarning inson to‘g‘risidagi fikrlari 
Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayotganda suv o‘rniga 
ko‘z yoshlardan foydalangan. SHu bois insonga kuch bilan ta’sir 
o‘tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni bo‘ysundirish uchun imkon 


boricha uni yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib, ko‘nglini yumshatmoq va 
ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va 
mehribonlik tuyg‘ulari uyg‘onishi shubhasizdir. 
EZOP 
Nima mushkul? — Ishning chappa ketishini xotirjam kuzatish. 
Inson uchun totli narsa nima? — Umid. 
Inson qaysi ishdan zavq oladi? — Foyda olishdan. 
Eng yaxshi maslahatchi kim? — Vaqt. 
PRIENALIK BIANT
Inson hayoti azob-uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab, 
ezgulikka intilish, o‘zgalarning haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni 
engish orqali uni engillatish mumkin. SHuningdek, inson behuda yugur-
yugurlardan, mol-dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur-halovat 
istagidan ozod bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va kambag‘al, shoh 
va qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta kelish azobidan 
xalos bo‘ladilar. 
BUDDA SHAKYA MUNI
Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va 
nomavjud narsalarning nomavjudligini belgilovchi omildir. 
PROTAGOR 
Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini 
ko‘rib chiqish kerak. 
MO-SZI (MO DI) 
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-
tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab qolmasliklari haqida 
qayg‘urmaydilar. 
SUQROT
O‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir 
ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish 
asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va 
baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni 
qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini 
kulfatlardan asraydi. 
SUQROT
Aflotundan “Inson — patlardan xoli ikki oyoqli jonivordir”, degan 
ta’rifni eshitgan Diohen xo‘rozning patini yulib tashlaydi-da, Akademiyaga 
keltiradi va shunday xitob qiladi: “Mana, Aflotunning odami!” (SHundan 
so‘ng odamning ta’riflariga “Enli tirnoqli jonivor”, degan ibora ham 
qo‘shilgan ekan). 
DIOGEN


Insonlardagi boylikka va aslzodalikka intilish havasi qabr ichidagina 
barham topadi. 
SHAN YAN 
Tabiiylik va inson... Agar biz yog‘och kursini erga ko‘mib, uning o‘sib 
chiqishi uchun yo‘l topolganimizda ham undan bari bir yangi kursilar emas, 
balki daraxtlar o‘sib chiqaveradi. 

Yüklə 89,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin