aylanadi va belgilangan 5 metr joyda to‘pni to‘xtatib qo‘yib darvozaga tepadi. To‘p
darvozaga gol bo‘lgungacha tepiladi. Orqaga qaytishda to‘pni
oyoqda olinadi hamda
fishkagacha tepib olib boradi va to‘xtatib qo‘yiladi. So‘ngi o‘yinchi gimnastik
to‘shaklarda orqaga umbaloq oshadi va start chizig‘i tomon yuguradi.
O‘yin davomida jihozlar
yiqitilsa xato hisoblanadi, bu xatoni o‘z o‘rnida xato
qilgan o‘yinchi o‘zi tuzatishi lozim. Aks holda jamoaga 0 ochko raqibiga
3 ochko beriladi.
O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan jamoaga 3 ochko,
ikkinchi tugatgan jamoaga
1 ochko beriladi.
“To‘siqlar estafetasi”
Jixozlar:
Konuslar, to‘siqlar, xalqalar.
Jamoalar tarkibi:
10 nafar (5 ta o‘g‘il bola,
1 ta 5-sinf, 2 ta 6-sinf,
2 ta 7-sinf
, 5 ta qiz bola,
1 ta 4-sinf, 2 ta 5-sinf, 2 ta 6-sinf
)
O‘yinning borishi:
Xakam xushtagidan so‘ng jamoa a’zolari navbat bilan
startdan yugurib chiqadilar. Qizlar to‘siq ostidan xalqa ichidan o‘tadilar, o‘g‘il
bolalar
to‘siq ustidan va xalqa ichidan o‘tib belgilangan 3 metr chiziqqa kelib,
xalqani olib
konusga tashlaydilar. Xalqa konusga tushsa, uni olib dastlabki joyga qo‘yiladi va ortga
yugurib qaytiladi.
O‘yin davomida jixozlar yiqitilsa xato xisoblanadi. Bu xatoni o‘z o‘rnida xato
qilgan o‘yinchi tuzatishi lozim. Aks xolda jamoaga 0 ochko raqibiga 3 ochko beriladi.
O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan jamoaga 3 ochko, ikkinchi bo‘lib tugatgan
jamoaga 1 ochko beriladi.
Dostları ilə paylaş: