Mustaqil ish mavzu: estafetali harakatli o‘yinlarni o‘tkazish



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix17.09.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#144483
1   2   3   4   5   6   7
ESTAFETALI HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH.

O‘rta guruhda 
eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa 
tarzda ham o‘tkazish mumkin.
Katta guruhda 
bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning 
miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov 
guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, 
shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport 
o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni 
rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni 
tarbiyalashga yordam beradi.
 
Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish.
Uning mazmuni va qoidalarini 
tushuntirishi tarbiyachidan puxta tayyorgarligini talab etadi. Ayrim o‘yinlarning 


mazmuni oldindan bo‘ladigan suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish 
mumkin. Ularning tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan munosabat tarkib 
topadi, asosiy xayol o‘sadi.
O‘yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin, biroq bu 
tadbir doimo emotsional jihatdan qizig‘arli, bolalarni quvnoq o‘yin faoliyatiga 
tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq boshlash istagina tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini 
ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.
Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi o‘yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining 
joylashish o‘rni (kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta guruhlarda esa 
mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni 
aniqlashtiradi. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.
O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin quvnoqlik va uyushqoqlik 
bilan bilan o‘tadi.
Musobaqa elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni 
tushuntirayotib qoidalarni, o‘yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi, 
bolalarni topshiriqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch 
bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy komoloti va yakka 
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng 
guruhlar – komandalarni birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni 
faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo‘shib qo‘yadi.
Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish uchun komanda sardorlari, hakam va uning 
yordamchilarini saylash mumkin.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin