Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi.
Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‘lishi
o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunga har bir yosh gruhning ish sharoiti hisobga olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy
va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir
bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o‘tkazish
o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Harakatli o‘yinlar dastur
talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‘sishi, ular
to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda
o‘zgartirib turiladi.
Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va
mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki
harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – qushchalar,
tarbiyachi – ona qush bo‘ladi…) bajaradilar.
3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha
bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa
tarzda ham o‘tkazish mumkin.
Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning
miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar,
shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport
o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni
rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni
tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish. Uning mazmuni va qoidalarini tushuntirishi
tarbiyachidan puxta tayyorgarligini talab etadi. Ayrim o‘yinlarning mazmuni oldindan
bo‘ladigan suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish mumkin. Ularning
tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan munosabat tarkib topadi, asosiy
xayol o‘sadi.
O‘yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin, biroq bu
tadbir doimo emotsional jihatdan qizig‘arli, bolalarni quvnoq o‘yin faoliyatiga
tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq boshlash istagina tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini
ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.
Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi o‘yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining
joylashish o‘rni (kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta guruhlarda esa
mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni
aniqlashtiradi. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.
O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin quvnoqlik va uyushqoqlik
bilan bilan o‘tadi.
Musobaqa elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni
tushuntirayotib qoidalarni, o‘yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi,
bolalarni topshiriqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch
bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy komoloti va yakka
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng
guruhlar – komandalarni birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni
faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo‘shib qo‘yadi.
Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish uchun komanda sardorlari, hakam va uning
yordamchilarini saylash mumkin.
Mazmunli o‘yinlarni tushuntirish. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin
tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni
faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik gruhlarda o‘yinchoq va hikoyadan
foydalanishi mumkin.
O‘rta guruhlarda – tanish o‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib o‘tish bilan
cheklanishi kifoya.
Katta guruhlarda o‘yin mazmuni eslashni bolalarning o‘zlariga taklif etish
maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri o‘yin harakatlarining borishini bayon qiladi,
ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‘zlari tarbiyachining yordamisiz
o‘yinni tashkil eta boshlaydilar.
O‘yinda rollarni taqsimlash. Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi
kelgan bolani rag‘batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo‘lish qanchalik
muhim ekanligini isbotlash yoki o‘ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo‘rqib
turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand
qilgan holda o‘yinga o‘zi kirishib o‘z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini
oladi.
|