Mustaqil ish mavzu: Korparativ tarmoqqa mobil texnalogiyalarning kirib kelsih xusuiyatlari Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Umirzaqov. J


Menejmentni tashkil qilishning xorijiy tajribasi - Rassiya misolida



Yüklə 405 Kb.
səhifə3/5
tarix17.04.2023
ölçüsü405 Kb.
#99394
1   2   3   4   5
MUSTAQIL ISH

2. Menejmentni tashkil qilishning xorijiy tajribasi - Rassiya misolida
OmniPeek dasturiy ta’minoti (to’rtta har xil variantlarda ishlab chiqariladigan: Basic, Professional, Enterprise va Connect) korporativ tarmoqlarining ishlashini to’liq tahlil qilish uchun mo’ljallangan. OmniPeek qo’llanmasi, ko’tarib yurishga qulay bo’lgan (portativ) tarmoq analizatori uchun dasturiy ta’minot sifatida yoki OmniEngine dasturiy sinov vositalari (probniklar) uchun konsol sifatida ishlagan holda, korporativ tarmoqlarini tezkorlik bilan tahlil qilish va aniqlash (diagnostika qilish) bo’yicha muhandislarga yordam beradigan, ichki his bilan seziladigan (intuitiv) ravishda tushunarli va odatda qo’llaniladigan grafik interfeysni taklif qiladi. Mazkur qo’llanma barcha boshqariladigan nimtarmoqlar uchun markazlashtirilgan ekspert tahlil qilinishini ta’minlaydi. Ekspert tahlil qilinganda, OmniPeek tarmoq bog’lamalarining juftlari orasidagi so’zlashuvlarda (dialoglarda) muammolarni aniqlaydi (diagnostika qiladi), buning natijasida tarmoqning qaysi elementlari ishlashida kamchiliklar paydo bo’lganligini tezkorlik bilan aniqlash imkoniyati yaratiladi. Tarmoq muhandislari aniq ekspert hodisalari paydo bo’lganda, yoki tarmoq siyosatining tarkibiy tuzilma shaklidagi qoidalariga rioya qilinmaganda tegishli xabarlarni olishlari mumkin.
OmniPeek qo’llanmasi ham tarmoqning, hamda multimedia trafigining chuqur tahlil qilinishini va aniqlanishini (diagnostika qilinishini) ta’minlaydi, bu o’z navbatida tarmoqni tahlil qilishning bir nechta har xil vositalaridan foydalanmaslik imkoniyatini yaratadi. Ushbu dasturiy ta’minotining (DT) foydalanuvchilari har qanday olib beriladigan (translyatsiya qilinadigan) mediaoqim uchun ovoz va / yoki video olib berilishining sifati to’g’risidagi ma’lumotni ko’zdan kechirishi imkoniyatiga ega. OmniPeekda shuningdek ovozning va videoning olib berilishi uchun ovozli chaqirishlarni qaytadan tiklash va signallar berilishini tahlil qilish imkoniyatlari mavjud. Tarmoqning yomon ishlashi holatida mazkur mahsulot muhandislarga muammoning sabablarini aniqlashda yordam beradi.
OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) qo’llanmalarning javob berish vaqtini, paketlarni olib berilishining aylanma (round-trip) to’xtalishini, serverlarning javob berishi tezligini, ma’lumotlar bazalari bilan tranzaktsiyalarni amalga oshirish tezligini va ko’pgina boshqa past darajali ko’rsatkichlarni nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur dasturiy ta’minot (DT) har bir nazorat qilinadigan qo’llanma uchun Application Performance Index (Apdex Score) baholashni beradi, ushbu baholash foydalanuvchilarning mazkur qo’llanmaning ishidan qanoatlanganligi darajasini ta’riflab beradi. Apdex Score bo’yicha yomon bahoni ko’rib, uning sabablarini aniqlash maqsadida muhandis aynan ushbu baholashni hisoblashda foydalanilgan aniq tarmoq trafigini tahlil qilib chiqishi mumkin.

Qo’llanmalarning ishlashi to’g’risidagi OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) tomonidan beriladigan ma’lumot
OmniPeek yordami bilan tarmoq muhandislari tarmoq trafigini egallashlari va saqlashlari mumkin, bundan keyin tarmoqdagi noxush hodisalarni tekshirib ko’rish, tarmoq ishidagi muammolarni aniqlash (diagnostika qilish), lavozim yo’riqnomalariga va tizim siyosati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, qo’llanmalar ishlashini tahlil qilish hamda ishga aloqador tranzaktsiyalarni bajarish maqsadida uning o’tmishga qaratilgan (retrospektiv) tahlilini amalga oshirishlari mumkin. Ichki his bilan sezgan (intuitiv) ravishda tushunarli bo’lgan o’zaro faol (interaktiv) axborot paneli kerakli ma’lumotlarni izlab topish mezonlarini osonlik bilan belgilash imkoniyatini yaratadi.
OmniPeek dasturiy ta’minotining to’la-to’kis funktsionali yuqorida sanab o’tilgan imkoniyatlar bilan mutlaqo cheklanmaydi. Mazkur paketning boshqa muhim funktsiyalari orasida MPLS va VLAN tarmoqlar tahlilini alohida ko’rsatib o’tish mumkin.
OmniPeek dasturiy ta’minoti (DT) bilan bir qatorda, WildPackets kompaniyasi (aynan OmniPeek dasturiy ta’minotidagiga o’xshash ravishda) tarmoqlarni tahlil qilish bo’yicha ilg’or texnologiyalarni amalga oshiruvchi OmniEngine aqliy (intellektual) dasturiy sinov vositalarini (probniklarni) ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar tarmoqning ishini haqiqiy vaqt masshtabida tahlil qilishadi, bitta yoki undan ko’proq tarmoq interfeyslari yordami bilan uning trafigini egallab, tarmoq qo’llanmalari va xizmatlarining (shu jumladan Apdex Score va MOS) metrikalarini, shuningdek kelgusida o’rganib chiqish uchun, masalan, tarmoqdagi noxush hodisalarni tekshirib ko’rish maqsadida, egallangan ma’lumotlarni ham saqlashadi. OmniEngine dasturiy ta’minoti (DT) xizmat sifatida ajratilgan Windows-serverlarda yoki WildPackets kompaniyasining Omnipliance va TimeLine tarmoq yozuv qurilmalarida ishlaydi.

3. Server va kompyuter maslaklariga (platformalariga) tayangan apparatlarga oid sinov vositalari (probniklar)


Monitoring qilish vositalarining mazkur toifasiga WildPackets kompaniyasining Omnipliance va TimeLine tarmoq yozuv moslamalari (ixtisoslashtirilgan sinov vositalari), shuningdek Endace kompaniyasining EndaceProbe ko’p funktsiyali apparatlarga oid sinov vositalari (probniklar) kiradi.
TimeLine yuqori unumli moslama tarmoq amaliy (operatsion) markazlarda hamda ma’lumotlar bilan ishlash yirik markazlarda (MIM) foydalanish uchun yaxshi mos keladi. Ushbu moslama paketlarni yo’qotmagan holda, eng yuqori (rekord) muntazam tezlik bilan — 11,7 Gbit/s gacha trafikni yozish imkoniyatiga ega!

TimeLine yuqori tezlikdagi tarmoq yozuv moslamasi
Omnipliance Core modeli kompaniyalarning markaziy ofislari va ularning ma’lumotlar bilan ishlash markazlari (MIM) tarmoqlarini monitoring qilish uchun mo’ljallangan, Omnipliance Edge moslamasi esa korxonalarning filiallariga moslangan. Shuningdek Omnipliance Portable ko’tarib yuriladigan (ko’chma) tahlil qiladigan asbob (analizator) ishlab chiqariladi, u unchalik katta bo’lmagan chamadoncha ko’rinishida qilingan, uning butun yon tomonida 17-dyuymli displey o’rnatilgan. Ushbu moslama osonlik bilan har qanday tarmoqning bog’lamasiga yoki bo’g’imiga olib borilishi hamda uning ishidagi kamchiliklarni izlab topish va bartaraf qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Omnipliance Portable ko’tarib yuriladigan (ko’chma) tarmoqni tahlil qiladigan asbob (analizator)
Endace kompaniyasining server maslaklariga (platformalariga) tayangan holda qilingan EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) tarmoq orqali uzatiladigan trafikni haqiqiy vaqt masshtabida tahlil qilishlari hamda o’zining disklariga yozib olingan trafikning o’tmishga qaratilgan (retrospektiv) tahlilini amalga oshirishlari mumkin. Har bir EndaceProbe moslamasi markazlashtirilgan boshqaruvni yagona konsol orqali qo’llab-quvvatlaydi, bu esa tarmoq trafigini yozib olishning taqsimlangan infratuzilmasini yaratish imkoniyatini beradi. Endace kompaniyasining DAG texnologiyasi tufayli, EndaceProbe moslamalari tarmoq liniyalari orqali uzatiladigan barcha yuqori tezlikdagi trafikni, paketlarni yo’qotmagan holda, egallashlari mumkin, shu bilan birga ularning narxi tarmoqlarni tahlil qilish uchun dasturiy ta’minotini (DT) ishlab chiqaruvchi boshqa firmalarning ixtisoslashtirilgan sinov vositalari narxiga nisbatan arzonroq.
EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) EndaceVision tayanch veb-qo’llanma bilan ishlaydi, va u egallangan trafikni ko’z bilan kuzatiladigan qilishi hamda haqiqiy vaqt masshtabida tarmoqni o’tkazish yo’lidan foydalanilishi to’g’risidagi ma’lumotni aks ettirishi mumkin, bu esa tarmoq muhandislariga muammolarni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan tarmoq ishidagi o’zgarishlarni belgilashda yordam beradi. EndaceVision bilan bir qatorda har bir sinov vositasi Endace Application Dock qo’llanmalarining xostingi uchun virtuallashgan muhitni qo’llab-quvvatlaydi, ushbu muhit sinov vositasida boshqa firmalarning qo’shimcha dasturiy vositalarini va foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dastlabki ochiq kodli qo’llanmalar hamda dasturiy ta’minotni (DT) yurgizish uchun mo’ljallangan. Endace Application Dockning mavjud bo’lganligi tashkilotlarga o’zlarining sinov vositalarida aynan ushbu tashkilotlarning o’ziga xos bo’lgan talablariga to’g’ri keladigan tarmoqni monitoring qilish qo’llanmalari ishlatilishining imkoniyatini yaratadi.
EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) negizidagi yechimlarning narxi tarmoq trafigining katta hajmlarini yozib olishga va tahlil qilishga qodir bo’lgan boshqa ko’pgina raqobatlashuvchi yechimlarning narxiga nisbatan arzonroq. Rossiya hududida amalga oshirilgan loyihalarning birida «bortdagi» sakkizta 10 Gbit/s monitoring qilish portlari mavjud bo’lgan 7000 seriyali EndaceProbe ishlatilgan, hamda u mazkur interfeyslar tomonidan tarmoqning ishlashi to’g’risidagi statistik axborotni yig’ish maqsadida qabul qilinayotgan ma’lumotlarning barcha oqimlarini tahlil qilish vazifasining muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqqan.

7000 seriyali EndaceProbe yuqori unumli sinov vositasi (probnik)
Endace kompaniyasi EndaceProbe sinov vositalarining (probniklarning) uchta seriyasini ishlab chiqaradi: 300, 3000 va 7000. Yuqorida qayd qilingan 7000 seriyali EndaceProbe modeli bularning ichidagi eng unumlisi hisoblanadi. Mazkur model 10 tagacha 10 GE monitoring qilish portlariga (yoki 20 tagacha 1 GE monitoring qilish portlariga) hamda 64 Tbayt gacha ichki diskdagi xotiraga ega bo’lishi mumkin. Ushbu modelni egallanadigan trafikni tashqi diskdagi massivlarga yozib olish maqsadida Fibre Channel moslagichlari (adapterlari) bilan jihozlash mumkin. 7000 seriyali EndaceProbe ushbu yozib olingan ma’lumotlar bilan xuddi o’zining mahalliy (lokal) ma’lumotlari bilan o’xshash tarzda ishlaydi. 40- va 100-Gigabitli tarmoq bo’g’imlarini monitoring qilish uchun Endace kompaniyasi yuqori unumli EndaceAccess tizimlarini ishlab chiqaradi.

EndaceAccess 100 tarmoqni nazorat qilishning bosh tizimi
«Treatface» kompaniyasi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yuqorida qayd qilingan sinov vositalarini (probniklarni) taklif qilishi bilan birga, o’zi ham buyurtmachilarning talablariga muvofiq sinov vositalarini yig’adi (Endace DAG trafikni egallash platalari va Rossiya bozorida namoyon bo’lgan sertifikatlashgan apparatlarga oid maslaklar (platformalar) negizida). Tegishli dasturiy ta’minot (DT) bilan jihozlanganda, mazkur moslamalar bayonnomalarni tahlil qiladigan asboblar (analizatorlar), IDS – tizimlar, savdo tranzaktsiyalarini amalga oshirishda to’xtalib qolishlarni o’lchash vositalari, Tezkor-qidiruv tadbirlarning funktsiyalarini ta’minlash uchun texnik vositalari tizimi (SORM) va boshqalar sifatida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 405 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin