Yoqilg`i
sanoati
13,3
Rangli
metallurgiya
8,9
Qora metallurgiya
1,0
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash
11,7
Kimyo- va neft-kimyo sanoati
5,4
Yog`ochsozlik va selyuloza qog`oz sanoati
1,2
Qurilish materiallari sanoati
5,5
Oyna, chinni, fayans buyumlari sanoati
0,3
Yengil sanoat
17,3
Oziq-ovqat sanoati
13,6
Un tortish, yorma-omuxta sanoati
9,0
Boshqa sanoat tarmoqlari
2,6
Jadvalda keltirilgan ma`lumotlarda ko`rinib turibdiki,
butun sanoatning
qariyb uchdan ikki qismini og`ir sanoat tashkil etadi. Og`ir sanoat milliy
iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan ta`minlaydi,
transport vositalari va qishloq xo`jaligini tarmoqlarini qayta qurish negizi bo`lib
hisoblanadi. Ammo og`ir sanoat mohiyati va uning tutgan o`rni bu bilan
chegaralanmaydi. U aholining turli-tuman mahsulotlarga bo`lgan
talab-ehtiyojini
qondirishda, uning moddiy farovonligini oshirishda ham ahamiyatga ega. Milliy
iqtisodiyotning eng muhim tarmog`i bo`lgan og`ir sanoat yengil,
oziq- ovqat
sanoatlari va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini fundamenti hisoblanadi.
Og`ir sanoat tarmoqlari orasida
elektr energetika sanoati
yetakchi
o`rinlardan birini egallaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining
bosh omili va
asosi aynan elektr energiya sanoatidir. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning biron
sohasini yoki umuman kundalik hayotimizni bu tarmoqsiz tasavvur qilish qiyin.
Elektr quvvatining asosiy qismi Respublikada qad ko`targan qator yirik issiqlik
elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunday stansiyalar jumlasiga Sirdaryo,
Toshkent, Navoiy, Angren, Taxiatosh IES lari kiradi. O`zbekiston energetika
sistemasi umumiy o`rnatilgan quvvati 11,3 mln. kVt. bo`lgan 37 issiqlik va
gidravlik elektr stansiyalarida yiliga 55 mlrd. kVt. soatdan ortiq elektr energiyasi
ishlab ciqaradi. 1923 yildan Toshkent shahri yaqinida Bo`zsuv kanalida GES
qurilishi boshlandi va u 1926 yil 1 mayda ishga tushdi.
Dostları ilə paylaş: