Mustaqil ish mavzu: qishloq xo'jaligida integratsiya jarayonlarining iqtisodiy mohiyati



Yüklə 433,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix20.09.2023
ölçüsü433,91 Kb.
#145720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
QISHLOQ XO\'JALIGIDA INTEGRATSIYA JARAYONLARINING IQTISODIY MOHIYATI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu:
QISHLOQ XO'JALIGIDA INTEGRATSIYA 
JARAYONLARINING IQTISODIY MOHIYATI
 

 
 
 
Guruh: 20-120 
 
Bajardi:

NURMATOV SHERZOD 
 
 
 
 
 


QISHLOQ XO'JALIGIDA INTEGRATSIYA 
JARAYONLARINING IQTISODIY 
MOHIYATI
 
 
 
 
Reja: 
 
 
1.
 
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi. 
2.
 
Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning tutgan o`rni. 
3.
 
Qishloq xo`jaligi milliy iqtisodiyotning ustivor yo`nalishi. 


Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko`p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish 
majmuidan iborat bo`lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. 
Yoqilg`i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat 
sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi.
O`zbekiston O`rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur 
bo`lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy-
geografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli 
barcha elementlarining topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va ayniqsa 
xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning tarmoqlarini rivoj topishiga 
olib keldi.
Respublikamiz iqtisodiyoti o`zining ma`lum tarixiga ega. Sobiq SSSR 
mavjudligida hayotning barcha jabhalari, shu jumladan iqtisodiy hayot markaz 
tomonidan “tartibga” solinib turilar edi. Respublika uchun dolzarb bo`lgan 
muammo-masalalarni o`z erki bilan hal etish huquqidan mahrum edi. Qator asosiy 
boyliklarimiz, jumladan oltin, paxta kabilarning taqdiri markaz ixtiyorida bo`lgan. 
O`sha davrda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida nomutanosiblik 
vujudga keldi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o`tilgan 
kamchilik-nuqsonlarni tugatish borasida muhim chora-tadbirlar amalgam oshirildi. 
Hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy 
o`zgarishlar ro`y berdi. Ma`lumki, bozor iqtisodsiyotiga o`tish jarayoni turli 
mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro`y beradi va asta-sekin rivojlanib 
boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har biri bu borada o`ziga xos 
ayrim xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo`jalik tarkibi va yo`nalishi, 
mamlakatning geografik o`rni, tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari, 
milliy-urf odatlar, aholi an`analari bilan belgilanadi. Aytib o`tilgan ana shu omillar 
e`tiborga olinib Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos 
modeli shakllantirilgan. Ushbu modelning eng asosiy tomonlari mamlakatimiz 
Prezidenti asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, 
hukumat qarorlarida o`z aksini topgan.


Bozor iqtisodiyoti talablari asosida Respublikada o`rta va kichik biznes 
faoliyati, tadbirkorlik, ishbilarmonlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli 
shakllari vujudga kelmoqda, ishlab chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar 
doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng rivojlanmoqda. O`zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirilishi ustivor masalalarni hal etish, ishlab chiqarishda 
tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish 
hamda aholi farovonligini ko`tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini 
bermoqda. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo, uning tarkibidagi 
sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Sanoat shaharlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, transport hamda hududiy 
ishlab chiqarish majmualarining shakllanishida asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. 
Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan bo`lgan 
paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida 
tashkil topdi va rivojlandi. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor 
munosabatlariga o`ta boorish tufayli Respublika sanoat tarmoqlari asta-sekin 
takomillashib, o`zaro bog`langan majmua shaklini olmoqda.O`zbekiston sanoati 
respublikada mavjud bo`lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan, tez o`sib borayotgan 
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublikada yer 
bag`ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, oltin, mis, qo`rg`oshin, rux, 
volfram, ko`mir va boshqa boyliklar bu borada ayniqsa katta ahamiyat kasb 
etmoqda. Asosiy sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida sanoatning ulushi 
kamaya borib, qayta ishlovchi sanoat hissasi ortib bormoqda. 
O`zbekiston sanoatida yetakchi o`rinni og`ir sanoat egallab kelmoqda. 
Ma`lumki, sanoat tarkibiga yoqilg`i-energetika majmuasi, rangli va qora 
metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi. 
1-jadval 

Yüklə 433,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin