Shoyi
gazlamalar
to`qiydigan korxonalar- Samarqand shoyi to`qish fabrikasi, Marg`ilon
pillakashlik fabrikasi, Qo`qon, Namangan shoyi to`qish fabrikalaridir.
Ko`n poyabzal sanoati
-Toshkent, Samarqand, Qo`qon, Buxoro, Yangiyo`l,
Chirchiq, Andijon, Namangan, Farg`ona fabrikalarida ishlab chiqariladi. Chinni
buyumlar ishlab chiqaradigan yirik korxonalar- Toshkent chinni zavodi,
Samarqand chinni zavodi, Quvasoy chinni zavodidir.
Oziq-ovqat sanoati
respublika sanoat mahsulotining 13,6 %ini yetkazib
bermoqda. Respublika oziq-ovqat sanoatida o`simlik moyi, konserva va sharob
ishlab chiqarish tarmoqlari eng yaxshi rivojlangan. Bu tarmoqlar respublikaning
o`zida mustahkam xom ashyo bazasi bilan ta`minlangan va bundan buyon ham
mahsulotlarini boshqa davlatlar, iqtisodiy mintaqalarga ko`plab chiqarish
maqsadida yuqori sur`atlarda rivojlantirilmoqda. Hozir O`zbekistondagi deyarli
hamma moy zavodlari ekstraksiya usuliga o`tkazilgan. Guliston, Namangan,
Urganch, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Kattaqo`rg`on, Yangiyo`l va Toshkent moy
kombinatlari tarmoqning eng yirik korxonalaridir.
Oziq-ovqat sanoatining
go`sht va go`sht mahsulotlar
i ishlab chiqarish
tarmog`i aholining kundalik ehtiyoji uchun go`sht, kolbasa, qazi, dudlangan
cho`chqa go`shti, kotlet, ragu, mol va qo`y yog`lari, ilik yog`i va hokazolar
tayyorlab beradi.
Yurtimizning
sut sanoati
korxonalarida saryog`, qizitilgan saryog`,
pasterlangan sut, qaymoq, suzma, muzqaymoq, brinza, pishloq va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Qandolat sanoati
zamonaviy qandolat fabrikalari yoki oziq-ovqat
sanoatining boshqa korxonalaridagi maxsus qandolat sexlarini o`z ichiga oladi.
O`zbekistonda qandolat sanoatiga aloqador 60 dan ortiq korxona bor.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |