Mustaqil ish mavzu: Simsiz ma’lumot almashish texnologiyasi. Bajardi: 050-20 guruh talabasi Xushboqov Kamoliddin Tekshirdi: Axrorov Faxriddin toshkent 2023 Reja



Yüklə 40,7 Kb.
səhifə3/9
tarix23.05.2023
ölçüsü40,7 Kb.
#120913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kamoliddin Xushboqov 050-20 1lab

Wi-Fi TEXNOLOGIYASI
Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tiliso’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizgama’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatishtalab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. OdatdaWi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqatashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir
bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilanbirga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiztarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tibketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroqhisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga vaqanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishimumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi.

Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanishnuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:


1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimchaqurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.



Yüklə 40,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin