Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi- bu tuzilmada boshqaruv ta'sirlari to'g'ri chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu ta'sirlardan har biri ijrochi uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalari majmuasini amalga oshiradilar (rasm).
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo'linmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari ijrochilarga o'z ta'sirini vazifalar bo'yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo'linmalar rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va o'z vazifalarining cheklangan ro'yxatini bajaradilar (rahbarlar o'rtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa rasmda ko'rsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun zarur bo'lgan zarur qisminigina o'ziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo'lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar.
Ijrochi ham o'zining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga bo'ysunishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar: rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutaxassislarni jalb qilinishi;
nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;
vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratini tez o'sishi; Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari kuyidagilar:
yakka xukumronlik tamoyilini buzilishi; javobgar shaxsni yo'q bo'lishi; bo'linmalar faoliyatini muvofiklashtirishni qiyinligi.
To'g'ri chiziqli vazifaviy tuzilmao'z ichiga ham to'g'ri chiziqli va ham vazifali tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo'ysunishni yaratadi. Boshqaruvning ko'pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy bo'linmalar quyida turuvchi bo'limlarga ko'rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish huquqiga egalar (5.6- rasm.)
Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxasislarning yuqori omilkorligi, to'g'ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo'yicha ma'lumotlar tayyorlashdan ozod bo'lganliklari natijasida operativ boshqaruv bo'yicha imkoniyatlarini kengayishidir.