I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini bajaruvchi xodimning o'zi boshqaruvchi bo'ladi.
bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, seksiya mudiri);
bosqich. Boshqaruv bo'yicha ishlarning hajmi shunchalik o'sadiki, boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiklashtirish zaruriyati paydo bo'ladi (to'g'ri chiziqli ierarxiya vujudga keladi (sex boshlig'i).
IVbosqich. Boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi o'sishi
munosabati bilan boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish
ixtisoslashishlari talab qilinadi: rejachilar, nazoratchilar va h.k.
mutaxasislar paydo bo'ladilar.
Vbosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band bo'lgan xodimlar soni ko'payadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiqlashtirish zaruriyati vujudga keladi (tavtish komissiyasi raisi).
VIbosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va to'g'ri
chiziqli ierarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga
olib keladi, u esa faoliyatning ixtisoslashgan turi bo'lib qoladi (korxona
direktori).
Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, bo'linmalar ko'rinishidagi ma'lum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar.
Tashkilot (korxona) ning tashkiliy tuzilmasinitashkilotni boshqa-rish tuzimini o'zaro bog'langan va bo'ysinish tartibida joylashtirilgan, maqsadga qaratilgan holda faoliyat yuritish va uni rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan elementlarning tartibga solingan yig'indisi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik, ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k. Bunda oxirgisi alohida o'ringa ega: u sinergetik samara olish va qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun elementlarning o'zaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy yaxlitlikni yaratadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida bo'ladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi.
Boshqaruvning vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda bo'ladilar. Yangi tashkilotni tashkil qilishda vazifalar tuzilmalar (bo'linmalar, lavozimlar)ni shakllantirish, ularga huquqlar, vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos bo'ladilar. Ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol bo'lgan o'zgarishlari diapozoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos bo'ladi. Bunday tuzilma tubdan
109 o'zgartirilmaydi, ya'ni asosiy bo'linmalar va lavozimlar saqlanib qolinadi.
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-tumanligi bilan ajralib turadi va qo'yidagi omillar bilan belgilanadi: tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik jihozlarinishi);
• tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o'lchamlari (hajmlari) bilan;
boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning ierarxik tuzilishiga mosligi bilan;
• boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ;
-tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan shakllari o'rtasidagi munosabat bilan ;
boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari o'rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, mintaqa bo'yicha);
xodimlar malakasining darajasi bilan;
tashkilotning strategiyasi bilan;
tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;
maqsulotning ta'minoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan;
tashkilotni geo grafik joyl ashishi bilan va h.k.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni ko'yish kerak:
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshqaruv tuzilmasini faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzliksizlik, parallellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak;
tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak;
tuzilma elementlari (bo'linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun yetarlicha bo'lishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o'rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo'ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va ko'nikmalarni uzatishga ko'maklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo'yicha harakatlarini muvofiqlashishini ta'minlaydilar. Aloqalar sonini kamayishi tizimni faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi;
tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat'iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo'layotgan o'zgarishlar , ya'ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo'lga qo'yishga qodir bo'lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo'ladi:
tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo'lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;
tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg'or tajribani tadbiq etishga ko'maklashishi kerak;
tizim elementlari o'rtasidagi, hamda tizim va atrof muhit o'rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo'lishlari kerak ;
tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta'minlashi kerak;
tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta'minlash kerak.
Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga olish kerak. Shuning munosabati bilan quyidagi tushunchalarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
boshqaruvchanlik ko'lami (M) - bu ma'lum menejer yoki boshqaruv idorasining haqiqatdan ham bevosita qo'l ostida bo'lgan xodimlar bo'linmalarning soni;
boshqaruvchanlik me'yori (N) - bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv texnikasini rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida ma'lum menejer yoki boshqaruv idorasiga bo'ysunishi maqsadga muvofiq bo'lgan xodimlar yoki bo'linmalarning soni. Bu, aslida boshqaruvning muvofiq ko'lamidar.
Bunda boshqaruvchanlik me'yori (N)ning boshqaruvchanlik ko'lami (M)ga nisbatan iborat bo'lgan boshqaruvchanlik koeffisenti (Ku) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Ku= H/M
Ushbu koeffetsientlar boshqaruv sub'yektining boshqaruvchi qobiliyati va boshqaruv ob'yektining murakkabligi o'rtasidagi nisbatni aks ettiradilar.
Ku > 1 da boshqaruv sub'yekti salohiyatidan yetarlicha bo'lmagan holda (kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham shunday.
Ku < 1 da boshqaruv sub'yekti (menejer yoki boshqaruvning ma' lum idorasi)ga ortiqcha ish yuklangan, boshqaruv qiyinlashgan, boshqaruvchanlik pasaygan.
Ku = 1 miqdori muvofiq bo'ladi. Bunda boshqaruv sub'yektining boshqarish qobiliyati boshqaruv ob'yekti murakkabligiga mos keladi.
Ba'zi bir mutaxassislar boshqaruvchanlik me'yori miqdorini tavsiya qila turib, bitta boshliqning quli ostidagilarning soni 7 nafardan oshib ketmasligi kerak deydilar. Ruhshunoslarni belgilashlaricha, bu bosh miya ishining hususiyatlari bilan bog'liqdir. "7" soni inson tafakkurida qandaydir chegaraviy ahamiyatga egaligi haqida ko'pgina xalqlar og'zaki ijodiyotining tahlili darak beradi.
Shu bilan birga, bu son faqat boshqaruvchanlikning o'rtacha me'yori bo'ladi. Buning ustiga hozirgi sharoitlarda axborot tizimlari va guruhli ishdan keng foydalanish hisobiga boshqaruvchanlik ko'lamini yanada ko'payishining ehtimoli bor. Masalan, D.Vudvord korxonalarni tekshirib chiqqandan keyin ishlab chikarishning uchta har xil turlari uchun quyidagi ma'lumotlarni olgan.
Mehnat ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvchanlik me'yorlarining quyidagi miqdorlarini tavsiya qilgan:
boshqaruvning yuqori darajasi uchun, bunda qul ostidagilar har xil xarakterdagi vazifalarni bajaradilar, 3-7 nafar kishi;
boshqaruvning o'rtacha darajasi uchun, bunda qo'l ostidagilar o'xshash vazifalarni bajaradilar, - 8-20 nafar kishi;
boshqaruvning quyi darajasi uchun, bunda qo'l ostidagilar bir xildagi vazifalarni bajaradilar, -21:40 nafar kishi.