Mustaqil ish mavzusi; Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I. Karimovning tarixiy xizmatlari


O‘zbek muholifatchilarining bunday ta'kidlari qaerdan kelib chiqdi va ularni qanday izohlash mumkin?



Yüklə 41,01 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü41,01 Kb.
#202741
1   2   3   4   5
Zarifjon

2. O‘zbek muholifatchilarining bunday ta'kidlari qaerdan kelib chiqdi va ularni qanday izohlash mumkin?

  • Bu to‘g‘rida 1993 yildan buyon AQShda muhojirlikda yashayotgan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sobiq deputati Jahongir Mamatov (Jahongir Muhammad) 2008 yilning 5 iyulida Voice of Freedomga bergan intervyusida [8], birinchi bo‘lib gapirishni boshlagan edi.
  • Biroq 2009 yilning 20 avgustida “SentraAziya” saytida “B.Musaev. Kak sozdavalasь i prinimalasь Deklarasiya Nezavisimosti. Iz sovremennoy istorii Uzbekistana” (“B.Musaev. Mustaqillik Deklarasiyasi qanday yaratilgan va qabul qilingan. O‘zbekistonning zamonaviy tarixidan”) degan maqola paydo bo‘lib, unda “Erk” partiyasining kotibi bo‘lgan qandaydir A.Arifovning so‘zlari sifatida qo‘yidagi:
  • “Aytish kerakki O‘zbekiston, ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo‘lib Mustaqillik deklarasiyasi bilan chiqqan edi. Bu, albatta, ijtimoiy-siyosiy aksiyalardan yuqori turadigan bir narsa edi… O‘shandan beri Mustaqillik Deklarasiyasini yaratishda “Erk”ning va muallif sifatida hususan mening rolimni pasaytirishga qaratilgan bir nechta urinishlar qayd qilingan. Shu o‘rinda o‘zining “Turonzamin” degan saytida, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil iyun chiqirig‘i asosida o‘tkazilgan sessiyasida kotib bo‘lganligi uchun Mustaqillik Deklarasiyasining yangi matnini o‘zi yozganligini aytgan Mamatov Jaxongirni eslash qiziqarli bo‘lishdan holi emas. Ta'kidlashni lazim deb bilamanki: hech qanday mashhur 3-matin yo‘q, bo‘lgan ham emas. Deklarasiyaning 2 ta matni bor va mavjud bo‘lgan. Ularning ikkalasi ham “Erk” partiyasining qarida yaratilgan edi. Tasdiqlangan matin 2-liyihadan farq qilmas edi va O‘zbekiston SSR Oliy Soveti bundan boshqa hech qanday matinni muhokama qilmagan” degan gaplar ta'kidlanadi.
  • Muhammad Solihning blogida e'lon qilingan “RufDIBLYeR: MUXAMMAD SALIX I POLITIChYeSKIYe PRYeOBRAZOVANIYa V UZBYeKISTANYe V 1989-1995 GODAX (GLAVA – III (1989–1992))” (“Ruf DIBLYeR: Muhammad Solih va 1989-1995 yillarda O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar (Uchinchi bo‘lim (1989-1992))”, degan maqolada:
  • “1990 yilning 21 iyunida, Islom Karimov “Erk” partiyasi unga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan loyiha asosida, O‘zbekistonni suveren davlat deb e'lon qildi (Firman. 1991)”, deyiladi. Unga quyidagi izoh berilgan: “Muallif shu kuni e'lon qilingan “Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklarasiyani” hato ravishda suverenitetni e'lon qilish deb qabul qilmoqda. Ma'lumki, “Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklarasiya” o‘zbek kommunistlarini qo‘rqitib yuborgan edi va shuning uchun ham ular “mustaqillik” so‘zini “suverenitet” so‘ziga almashtirishgan va hokozo (Taxrirchi izohi)” . Bu dalil, shu izohni kilgan taxrirchi, ya'niy Muhammad Solih, o‘zining davlat boshqaruvi va xalqaro huquq sohalarida mutlaqo malakasi yo‘q ekanligi uchun, shunday oddiygina narsalarni ham, aynan esa suverenitet (souverainete) degan fransuzcha so‘z rus tilida nezavisimostь (mustaqillik) degan so‘zga to‘g‘ri kelsa, suverenitetni hurmat qilish – bu xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillaridan biri ekanligini bilmasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Jaxongir Muxammad 2008 yil 5 iyulda Voice of Freedomga bergan intervyusida Islom Karimov “O‘zbekiston SSR mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklarasiya”dagi “mustaqillik” so‘zini “suverenitet” so‘ziga almashtirish kerakligi to‘g‘risida taklif kiritganligi yuzasidan aytgan fikriga , Muhammad Solih Ruf Diblerning maqolasiga yuqorida keltirilgan iqtibosdagi (sitatadagi) izohida shakillantirilgan, o‘zbek muholifatining nuqtai nazaridan emas, balki O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yil 20 iyunda tasdiqlangan tarixiy hujjat bo‘lmish – “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar nuqtai nazaridan ahamiyati yanada kuchaytirilganligiga qaratish kerak. Biroq xuddi shu joyda qo‘yidagi:
  • Agar 1990 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya” O‘zbekiston SSR oliy qonunchilik organi tomonidan tasdiqlangan tarixiy hujjat bo‘lsa, unda nima uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilingan tarixiy sana, bu hujjat tasdiqlangan, o‘sha kun emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonati” tasdiqlangan 1991 yilning 31 dekabri hisoblanadi? – degan savol tug‘iladi.
  • Agar o‘sha ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy inqiroz holati va Sovet Ittifoqida u parchalanib ketishi arafasidagi notinch davrda amalda bo‘lgan qonunlarni tahlil qilsak, bu savolga javob mutlaqo ayon bo‘lib qoladi. Chunki o‘sha davr, Pribaltika respublikalari Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqanliklari to‘g‘risida bayonatlar bergan, millatlararo adovatlar boshlangan va do‘konlar (magazinlar) peshtaxtalari bo‘shligi bilan bog‘liq iqtisodiy inqiroz va boshqa muammolar boshlangan bir davr edi. Bu davr to‘g‘risida gapirilganda so‘z, Sovet Ittifoqining Mixail Gorbachev boshchiligidagi rahbariyati sovet jamiyatining inqirozi holatidan chiqishning yakkayu yagona yo‘lini suveren davlatlar ko‘rinishidagi respublikalarning ittifoqi to‘g‘risidagi Shartnomani tuzishda ko‘rganliklari hususida ketmoqda. Inqirozdan chiqishning favqulodda tadbiri sifatidagi bunday shartnomani tuzish muhimligi hattoki KPSS XXVIII s'ezdining Dasturiy bayonotida ham o‘z aksini topgan edi.
  • Qonunchilik to‘g‘risida so‘z yuritilganda, o‘sha davrda amalda bo‘lgan, SSR Ittifoqi hududiy birligini buzishning taqiqlanishini Sovet Ittifoqining Konstitusiyasida belgilab qo‘ygan ikkita qonunni esga olish kifoya qiladi. Ulardan birinchisi – bu 1990 yil 2 apreldagi Sovet Ittifoqining “Fuqorolarning miiliy teng huquqliligiga taxdid solish uchun bo‘lgan va SSSR hududiy birligini kuch ishlatish yo‘li bilan buzishga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘lsa. Ikkinchisi – 1990 yil 3 apreldagi Sovet Ittifoqining “Ittifoqdosh respublikalarning SSSRdan chiqishi to‘g‘risida”gi Qonuni bo‘lib, uning 2-moddasi: “Ittifoqdosh respublikaning SSSRdan chiqishi to‘g‘risidagi Qaror ittifoqdosh respublika xalqlarining erkin irodasini o‘zida aks ettiruvchi referendum (xalq ovoz berishi) yo‘li bilan qabul qilinadi. Referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror esa ittifoqdosh respublika Oliy Soveti tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan yoki respublika hududida doimiy yashovchi va SSSR qonunlariga asosan ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqorolarning o‘ndan biri imzolab tasdiqlagan talabnomaga asosan, qabul qilinadi… Referendum referendum to‘g‘risidagi SSSR Qonuni, ittifoqdosh va avtonom respublika Qonuni asosida, agar ularning nizomlari ushbu qonun talablariga zid kelmaydigan bo‘lsagina, o‘tkaziladi.
  • Referendum ittifoqdosh respublikaning SSSR tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganidan olti oydan erta va to‘qqiz oydan kech bo‘lmagan muddatlar ichida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Referendumda respublikaning SSSR tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi masala kun tartibiga kiritilgan vaqtda yashagan va SSSR qonunlariga asosan ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan SSSR fuqorolari qatnashadilar”.
  • Bu Qonunning 3-moddasida: “O‘z tarkibida avtonom respublikalar, avtonom viloyatlar va avtonom okruglar bo‘lgan ittifoqdosh respublikada referendum har bir avtonomiyada alohida o‘tkaziladi. Avtonom respublikalar va avtonom tuzilmalar xalqlari uchun SSSRda yoki o‘zi kirgan ittifoqdosh respublikada qolish hamda o‘zining davlatchilik-huquqiy maqomini qo‘tarish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi saqlanadi”, deyiladi .
  • Islom Karimov o‘sha paytlarda bir vaqtning o‘zida KPSS MK Siyosiy byurosining a'zosi, O‘zbekiston SSRning Prezidenti va O‘zbekiston KP MKning Birinchi kotibi degan yuksak lavozimlarni egallab turgan shaxs sifatida, SSSRning qonunlari va KPSS raxbar organlarining qarorlarini buzishi mumkin emas va buzmasligi kerak ham edi. Xuddi shunday sabablarga ko‘ra ham u, SSSRni saqlash tarafdori bo‘lgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning rahbarlari kabi, SSSR raxbarlariga xalq deputatlarining, ayniqsa ulardan muholifatga ta'luqli bo‘lganlarining, O‘zbekiston SSRning suvereniteti to‘g‘risidagi aynan shu tashabbusini taqdim etish va uni davlat organlari orqali o‘tkazishga majbur bo‘lgan edi, degan fikirdaman.
  • Xuddi shu sababli ham, men o‘zimning maqolalarimdan birida yozganimdek, uning (I.Karimovning) o‘zi muholifatchi bo‘lgan “Erk” partiyasi tuzilishining ham tashabbuskori bo‘lgan. Bu o‘sha, uning tavsiyasi bilan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati bo‘lgan, o‘sha paytlarda Islom Karimov o‘zining do‘sti deb hisoblab yurgan va bu haqida O‘zTVda namoyish etiladigan ko‘rsatuvlarda bunga shamalar qilib turgan shoir Salay Madaminov yoki Muhammad Solix rahabar bo‘lgan “Erk” partiyasidir. Bu fikirning to‘g‘ri ekanligiga shubha bilan qarashga asos yo‘q, vaholanki barcha qayta qurish jarayonlarining tashabbuskorlari Mixail Gorbachev boshchiligidagi KPSS, SSSR va Ittifoqdosh Respublikalar rahbarlarining o‘zlari bo‘lganliklari hammaga ma'lum. Bu ko‘plab kadrlar masalasiga, shu jumladan, o‘sha paytlardagi O‘zbekiston Yozuvchilar soyuzining namenklaturali (ya'niy, yuqoridagi komparti organlari tomonidan nomzodi ko‘rsatiladigan) kotiblaridan biri lavozimini egallab turgan Muhammad Solihka ham ta'lluqlidir…
  • Taxminimcha, xuddi shu sababga ko‘ra ham “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning ikkala loihasi matinlari ham rus tilida tayyorlangan bo‘lib, ularni Islom Karimovga ko‘rsatganligini ta'kidlayotgan Joxongir Muxammadning aytishicha , u, keyinchalik O‘zbekiston SSR Oliy Soveti sessiyasida ko‘rib chiqib tasdiqlanishi uchun, o‘sha sovetlar davrida o‘rnatilgan an'anaga ko‘ra, nafaqat ular bilan tanishishi, balki bu hujjatlarning tegishli varianti matnini tanlab olishi va maqullashi kerak edi. Bunga Islom Karimovning, O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi kotibi va O‘zbekiston SSRning Prezidenti sifatida, to‘liq haqqi bor edi. Shunig uchun ham Muxammad Solix tomonidan mamlakatimiz oliy qonunchilik organiga “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning aynan shunday matni kiritilganligi va 1990 yil 20 iyunda uning 12-bandida ko‘rsatilib: “Ushbu deklarasiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasi va yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqishga asos bo‘ladi”, degan qo‘shimcha bilan tasdiqlanganligi, hech qanday shubha tug‘dirishi mumkin emas.
  • Bu fikirning asosli ekanligini nafaqat 1990 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning 12-bandida bayon qilingan matinning KPSS XXVIII s'ezdi, o‘sha davrdagi SSSRning amaldagi Qonunlari va Ittifoq shartnomasi loyihasining yuqorida sanab o‘tilgan asosiy nizom va me'yorlariga mos kelishi, balki o‘sha davrda ittfoqdosh respublikalar Oliy Sovetlarining barchasi tomonidan ularning suverenniteti to‘g‘risidagi qarayib bir xil deklarasiyalarining “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning 12-bandiga o‘xshagan bandlari borligi ham yaqqol isbot etishi mumkin. Tarixga “Suverenitetlar paradi” nomi bilan kirgan bu dalilning asosli ekanligini, OAVlarda e'lon qilingan materiallar ham isbot etishi mumkin (jadvalga qarang).
  • Biroq Ittifoq shartnomasi tuzilishiga KPSS MK va SSSR hukumati raxbariyati qator va'killaridan iborat GKChPning “avgust fitnasi” 1991 yilning 18-21 avgustida sodir etgan SSSRdagi davlat to‘ntarishi xalaqit berib qoldi. Ya'niy o‘shanda, M.S.Gorbachevni SSSR Prezidentligi lavozimidan chetlashtirish, u olib borayotgan siyosatni o‘zgartirish va Belorusiya SSR, Kozog‘iston SSR, RSFSR va Uzbekston SSRdan iborat to‘rt suveren davlat tomonidan “Suveren Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risidagi Shartnomani” 1991 yilning 20 avgustida Novo-Ogaryovada imzolanishini barbod qilishga qaratilgan urinish bo‘lgan edi. Boshqa respublikalar esa bu shartnomani 1991 yilning 22 dekabrida imzolashlari kerak ediki. Bu shartnomani tezroq imzolashni hattoki Boris Yelsin ham qat'iy talab qilayotgan edi.
  • Shunday qilib, O‘zbekiston SSR 1991 yilning 20 avgustida Ittifoq shartnomasini imzolashga qaror qilgan SSSRning to‘rtta respublikasidan biri bo‘lgan edi. Demak, Islom Karimov o‘sha davrda O‘zbekiston SSR Prezidenti sifatida GKChP uyushtirgan fitna orqali imzolanishi barbod etilmoqchi bo‘lgan Ittifoq shartnomasinining tarafdori bo‘lgan. Bu dalil esa o‘zbek muholifatining o‘sha kunlarda Xindistonda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Islom Karimov go‘yokiy GKChPning “avgust fitnasi” tarafdori bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikri mutlaqo asossiz ekanligini isbotlaydi.
  • Shuning uchun ham “O‘XHning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi hususida bayonoti”dagi, go‘yoki “Bir yil so‘ngra esa (1990 yilning 20 iyunida “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya” tasdiqlanganidan keyin) SSSR ning parokanda bo‘layotganini ko‘rgan Islom Karimov shosha pisha 1991 y. 1 sentyabrda O‘zbekiston mustaqilligini takror e'lon qildi”, degan fikir ayniqsa asossiz aytilganligi yaqqol namayon bo‘ladi. O‘zbekistonning xaqiqiy mustaqilligi nafaqat 1991 yil 1 sentyabrda qayta e'lon qilinmagan, balki 1991 yilning 31 avgustida birinchi bor, aynan shu sanada maxsus qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining davlat mustiqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti” asosoda e'lon qilingan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitusion Qonun bilan mustahkamlangan ediki, shuning uchun ham uning so‘zboshisida (preambulasida) “O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti to‘g‘risidagi deklarasiya va O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonotidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi ushbu qonunni qabul qildi”, deyilgan.
  • Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘risida”gi Qarorining 5-bandida: “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoq va uning tarkibiga kiruvchi barcha suveren davlatlarning oliy qonunchilik organlarini, barcha chet el davlatlarini va butun dunyo hamjamiyatini respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risida aktlarini tan olishga chaqiradi”, deyiladi.
  • 1990 yilning 20 iyunidagi “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”, uning 12-bandiga asosan, O‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasi va Suveren Davlatlar Ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi Shartnomani ishlab chiqish uchen asos bo‘lishi va xizmat qilishi kerak edi. Shuning uchun ham, bu deklarasiya to‘g‘risida so‘z yuritilganda, uning mamlakatimiz tarixidagi maqomini, bu hujjat paydo bo‘lishi jarayonini, aytaylik, bola xomilasi paydo bo‘lishi va tug‘ilishi jarayoniga o‘xshash hayotiy vaziyat bilan qiyoslash orqali aniqlash mumkin. Shunday qilib, agar “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”ning O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1990 yilning 20 iyunida tasdiqlanishi jarayonini bola homilasi paydo bo‘lishi jarayoniga qiyoslasak, unda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining davlat mustiqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti”ni ham tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinishi jarayonini to‘laqonli va sog‘lom bola tug‘ilishi jarayoni bilan qiyoslash mumkin. Lekin shu bilan bir qatorda o‘zbek muholifatining e'tiborini, odamlar – jismoniy shaxslar sifatida, davlatlar esa – yuridik shaxslar sifatida, bola (yoki davlat) homilasi paydo bo‘lgan sanani emas, balki uning (ularning) tug‘ilgan kunini nishonlashlariga qaratish lozim. Ma'lumki bola xomilasining paydo bo‘lishi qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin. Xomila paydo bo‘lgani bilan har qanday zurriyot to‘laqonli va sog‘lom bola ko‘rinishini olmay, masalan sun'iy ravishdagi tushib qolish (abort) yoki boshqa sababga ko‘ra, chala tug‘ilishi yoki nobud bo‘lishi mumkin…
  • Bunday obrazli qiyoslashning asosli ekanligini nafaqat xozirgi O‘zbekiston hudididagi, balki butun dunyodagi davlatchilik tarixi ham tasdiqlashi mumkin. Bunga bizning hududimizdagi, masalan, Qo‘qon va Hiva xonliklari, Buxoro amirligi yoki poytaxtlari Toshkent va Qo‘qonda bo‘lgan Turkiston muxtoriyati va avtonom respublikasi, Xorazm SSR, Buxoro XSR, kabi monarxiyalar va davlat tuzilmalarining tug‘ilishi va halokati yoki parchalanib ketishi, yaqqol misol bo‘la oladi.
  • Shunday qilib, Islomov Karimovga, nafaqat O‘zbekistonning Birinchi prezidenti sifatida, balki mutlaqo yangi o‘zbek davlatining asoschisi sifatida ham, xomila ko‘rinishidagi bolani yoki SSSR tarkibidagi yangi suveren o‘zbek davlatini meyorli ravishda rivojlanishi va to‘laqonli tug‘ilishini ta'minlash to‘g‘ri kelgan edi, balki, obrazli qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasiga o‘xshagan o‘z farzandlarini dunyoga keltirayotgan paytida xalok bo‘lgan onasi bo‘lmish bizning sobiq Vatanimiz – SSSRdan, tug‘ilayotgan bolaning o‘zini ham qabul qilib olishga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra esa, har xil ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramay, Islom Karimovga, bu bolani extiyot qilib o‘stirish va tarbiyalash, boqish, boshidan ayog‘igacha kiyintirish va dunyo hamjamiyati tarkibida yashash, ishlash va o‘z xalqiga xizmat qilishni o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan edi. Va shu O‘zbekiston deb atashadigan bola 2011 yilning 1 sentyabirda endigina 20 yoshga to‘lmoqdi.
  • Bunday obrazli qiyoslashning asosli ekanligini nafaqat xozirgi O‘zbekiston hudididagi, balki butun dunyodagi davlatchilik tarixi ham tasdiqlashi mumkin. Bunga bizning hududimizdagi, masalan, Qo‘qon va Hiva xonliklari, Buxoro amirligi yoki poytaxtlari Toshkent va Qo‘qonda bo‘lgan Turkiston muxtoriyati va avtonom respublikasi, Xorazm SSR, Buxoro XSR, kabi monarxiyalar va davlat tuzilmalarining tug‘ilishi va halokati yoki parchalanib ketishi, yaqqol misol bo‘la oladi.
  • Shunday qilib, Islomov Karimovga, nafaqat O‘zbekistonning Birinchi prezidenti sifatida, balki mutlaqo yangi o‘zbek davlatining asoschisi sifatida ham, xomila ko‘rinishidagi bolani yoki SSSR tarkibidagi yangi suveren o‘zbek davlatini meyorli ravishda rivojlanishi va to‘laqonli tug‘ilishini ta'minlash to‘g‘ri kelgan edi, balki, obrazli qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasiga o‘xshagan o‘z farzandlarini dunyoga keltirayotgan paytida xalok bo‘lgan onasi bo‘lmish bizning sobiq Vatanimiz – SSSRdan, tug‘ilayotgan bolaning o‘zini ham qabul qilib olishga to‘g‘ri kelgan. So‘ngra esa, har xil ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramay, Islom Karimovga, bu bolani extiyot qilib o‘stirish va tarbiyalash, boqish, boshidan ayog‘igacha kiyintirish va dunyo hamjamiyati tarkibida yashash, ishlash va o‘z xalqiga xizmat qilishni o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan edi. Va shu O‘zbekiston deb atashadigan bola 2011 yilning 1 sentyabirda endigina 20 yoshga to‘lmoqdi.

Yüklə 41,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin