3. Yangi davlatning muammolari va ularning yechimi
Tarixiy voqiealar to‘g‘risida huddi shunday obrazli muloxazalarga borib, shaxsan men va mening yaqinlarim 1991 yil 17 martda boshqalarga o‘xshab o‘z ixtiyorlarimiz bilan ovoz bergan edik. Lekin o‘zbek muxolifati SSSRni saqlash to‘g‘risidagi referendumda bunday natijaga erishilishida xozirgacha Islom Abdug‘anievich Karimovdek shaxsni ayblab va go‘yoki aynan u bizni barchamizni SSSR saqlanishi uchun ovoz berishga majbur qilgan, deb ta'kidlab kelmoqda. Bu ayblov mamlaktimizning temir irodali va qat'iyatli rahbari, va eng asosiysi, bizning yurtimiz va xalqimizni rivojlanish va farovonlikning belgilangan maqsadlarga og‘ishmay yetaklay oladigan insonga ta'luqli ekanligi kishini ta'jubga soladi. Shu joyda beixtiyor: Agar Islom Karimov qayta qurish davrida SSSR Prezidenti lavozimini egallagan bo‘lganida edi, unday holda u, malakaliroq, qo‘rqmas va dadil sovet raxnomosi sifatida, nafaqat bu davlatning parchalanishini bartaraf qilgan, balki uning, masalan, Xitoyning eng yangi tarixida bo‘layotganidek, yuqori darajadagi rivojlanishiga erishib, unga ilgarigi qudrat va buyuklikni, o‘sha sovet mamlakatining xalqlariga esa – farovonlik va yorqin kelajakka ishonch ruhini qaytarib bergan bo‘lar edi, – degan hayolga borish mumkin.
O‘z muholiflarimga quyidagilarni aytmoqchiman. Ha, bizning O‘zbekistonimizda hali ham eski sosialistik tizimning merosi sifatida mavjud bo‘lgan muammolar juda ko‘p. Bu ayniqsa, men o‘zimning boshqa maqolalarimda batafsil yoritgan, keragidan ancha oshiq bo‘lgan mehnat resurslari masalasiga ta'lluqli. Lekin xozirni o‘zida erishilgan yutuqlar, menga, Islom Karimovning fikirlarini so‘zsiz tan olib, u bizni mamlakatimiz manfaatlari va yaxshi hayot uchun fidokorona mehnat qilish va kurashishga safarbar qilish uchun tez tez takrorlab turadigan so‘zlarni ishonch bilan ushbu maqolada ham keltirish imkonini beradi. Bu shunday so‘zlarki, ularda taxminan shunday deyiladi: Biz haqiqatda ham boshqa mamlakatlarda yashaydigan odamlardan sira kam emasmiz. Shuning uchun biz ham dunyodagi eng ilg‘or ilmiy-texnika va boshqa yutiqlarni o‘rganib va ularni o‘z Vatanimizda joriy qilish uchun ularga o‘xshab fidokorona mehnat qilib, o‘z bilimlarimizni rivojlantirish va kengaytirish uchun o‘qisak va ishlasak, unda biz albatta ularning yashash darajasi va sifatiga yaqin kelajakda erisha olamiz.
Bunday ishonch bizning rivojlanishimizdagi ko‘plab ijobiy yo‘nalishlar to‘g‘risida gapiruvchi dalillarga asoslangan. Shunda qilib, agar O‘zbekiston yalpi ichki maxsuloti (qisqacha – YaIM yoki rus tilida – VVP) o‘tgan 20 yil davomida 3,5 barobar, jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobar o‘sgan bo‘lsa, axolining real daromadlari esa 3,8 marta o‘sgan. Bu davr ichida davlatning axolini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan harajatlari 5 marta oshganligi to‘g‘risida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Bular hammmasi tabiiy ravishda odamlarimizning yashash sifatini oshirib, onalar o‘limi darajasini 2 martaga, bolalar o‘limini esa – 3 martaga kamaytirib, odamlarimizning o‘rtacha umri uzoqligini 67 dan 73 yoshga, ayollarnikini esa 75 yoshga yetkazdi. Shu bilan bir qatorda ko‘plab mamlakatlar, shu jumladan rivojlangan mamlakatlarning YaIMi pasayishi kuzatilayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, olimlar va mutahassislarni O‘zbekistondagi uning o‘sayotganligi juda ham qiziqtirmoqda. Mana, masalan, bizning mamlakatimizda 2008 yili YaIMning o‘sish tempi 9 foizni, 2009 yili – 8,1 foizni, 2010 yili – 8,5 foizni takshkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichning o‘sish tempi 2011 yilga 8,3 foiz qilib rejalashtirilgan.
AQSh, Yaponiya, Germaniya va Fransiyaga o‘xshagan mamlakatlarda moliyaviy piramidalar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan davlat qarzining ko‘payishi astranomik ko‘rsatkichlarni tashkil qilib, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda jiiddiy tashvish tug‘dirayotgan bir vaqtda, O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIMning 10 foizidan oshmaydi, davlat byudjeti esa oxirgi besh yildi faqat profisit bilan bajarilyapti. O‘zbekistonning bunday zo‘r ta'surot qoldiradigan yutuqlari ro‘yxatini davom ettirish mumkin edi, lekin men xozirning o‘zidayoq hayotimizning oddiy bir voqeligiga aylanib borayotgan quyidagi yorqin misollarni sanab o‘tish bilan cheklanmoqchiman.
Shunday qilib, Rossiyaning “Kapital strani” degan federal internet-nashrining bosh muharriri, iqtisod fanlari doktori, professor Ye.B.Balaskiy, Belarusiyaning yutuqlari to‘g‘risida gapirar ekan, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tgan edi: “2010 yilgi Belorusiyaga tashrifimiz uning rivojlanishidagi bir qator qiziqarli holatlarni ko‘rsatdi. [Yengil] Mashinalarning soni 2008 yilga nisbatan sezilarli ko‘paygan – bu shunday ham yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Boz ustiga, import qilingan [engil] mashinalarining soni ayniqsa ko‘paygan, va ularning barchasi qimmatroq va yangiroq. Yashash darajasi o‘sayotganligini [engil] mashinalarning sonidan boshqa tasdiqlovchi narsaning o‘zi juda kam” .
Agar MDHning u yoki bu mamlakatlari yutuqlarini shunday ko‘rsatkich orqali baholaydigan bo‘lsak, quyidagilarni ta'kidlash mumkin: O‘zbekistondan bu mamlakatlarga, shu jumladan Belorusiyaga, GMUzbekistan YoFJ QKning eng zamonaviy yengil avtomobillari eksport qilinadi. O‘zbekistonning o‘zida esa faqatgina 2010 yilda Markazaiy Osiyoda yagona bo‘lgan shu avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan bunday yengil avtomashinalardan 145151 donasi sotilganki, bu General Motors Corpga bizning mamlakatamizni o‘zining dunyodagi 10 ta eng yaxshi bozorlari safiga qo‘shish imkonini berdi.Bu sohadagi bizda mavjud bo‘lgan bunday xolat Belorusiyadagi axvoldan O‘zbekistonda axvol ancha yaxshi ekan, degan hulosaga olib keladi xolos.
Lekin endi bizning odamlarimiz faxrlansa arziydigan yana bir boshqa juda ham muhim yutug‘imiz borki – bu O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi arafasida Toshkent-Samarqand marshruti bo‘yicha ochilgan yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektropoezdining reysidir. O‘zining boshqa malakatlik hamkasblari bilan birgalikda bu yuqori tezlikdagi elektropoezdning birinchi passajirlaridan biri bo‘lgan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Krol, o‘zining O‘zbekiston OAVlariga bergan intervyusida, bu voqieani O‘zbekiston xalqining katta yutig‘i deb atadi va yana bir, aqil bovar qilishi qiyin bo‘lgan shunday ajoyib gapni ham aytdi: “Bu masalada O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlardan, shu jumladan AQShdan ham o‘zib ketdi. Vaholanki, bizda bunday yuqori tezlikda yuradigan poezdlar yo‘q. Sizlarning yutug‘laringizni e'tiborga olgan holda AQShda bu masalaga e'tibor berishi lozim” .