1. 1990 yilning 20 iyunidagi “O‘zbekiston SSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklarasiya”, uning 12-bandiga asosan, O‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasi va Suveren Davlatlar Ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi Shartnomani ishlab chiqish uchen asos bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun ham u O‘zbekiston SSRning SSSR tarkibidagi, keyinchalik esa, agar yangi Ittifoq Shartnomasi tuzilsa, Suveren Davlatlar Ittifoqi tarkibidagi suverenitetinigina mustahkamlar edi holos. Shuning uchun ham “O‘XHning O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi xususida bayonoti” mutlaqo asossiz va to‘liq hato bo‘lgan fikirlardan iboratdir.
2. O‘zbekistonning mustaqilligi 1991 yilning 31 avgustidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan 1991 yil 31 avgustdagi maxsus “O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining davlat mustiqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti” asosida e'lon qilingan. Huddi shu Qaror bilan 1 sentyabr 1991 yildan e'tiboran, bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi Kuni sifatida belgilangan edi. Shuning uchun ham aynan 1991 yilning 31 avgusti O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon qilingan kun, 1 sentyabr esa bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi Kuni hisoblanadi va bu dalil hech qanday shubha tug‘dirishi mumkin emas.
3. O‘zimning Vladimir Putinga bag‘ishlangan maqolamda, men shunday so‘zlarni yozgan edim: “Rossiya tarixida buyuk odamlar ko‘p bo‘lgan. Bunday odamlar uning hukmdorlari ichida ham ko‘p bo‘lgan. Lekin ularning ichida Petr I – Rossiya Imperatori Rossiya tarixida o‘zining alohida roli va ahamiyati bilan, ayniqsa progressiv islohatchilik roli va ahamiyati bilan ajralib turadi. Vladimir Putinning Rossiya Federasiyasining eng yangi tarixidagi roli va ahamiyatini, menimcha, hech mubolag‘asiz, faqatgina Petr I dek buyuk shaxs bilangina qiyoslash mumkin” .
Бироқ Ислом Каримовга бағишланган ушбу мақолада, унинг ўзбек давлати – Ўзбекистоннинг энг янги тарихидаги роли ва аҳамиятини бошқа даврда яшаган бирон бир бошқа ҳукмдорнинг роли билан қиёслашнинг иложи йўқ. Ўзбекистон, унга тарихчилар қандай тарихни қўшиб ёзмасинлар, хозирга келиб мустақил давлат сифатида фақатгина 20 йиллик тарихга эга ҳолос ва шу давр ичида унинг Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовдан иборат – фақат биттагини рахнамоси бўлган холос. Менимча, шунинг учун ҳам, унинг душманлари ва муҳолифлари у тўғрида нима дейишларидан қатъий назар, Ўзбекистоннинг энг янги тарихидаги Ислом Каримовнинг роли ва ахамияти жуда ҳам ўлкан ва бебаҳодир. Ваҳоланки у шу Ўзбекистон Республикаси, деб аталадиган мустақил давлатнинг асосчиси ва Биринчи Президентидир.
Ушбу мақолани тугатар эканман, мен ўзимнинг барча юртдошларимни Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 20 йиллик юбилейи санаси ва ҳар йили 1 сентябрда нишонланадиган байрам – Ўзбекистон Республикаси мустақиллиги Куни билан табриклайман