Mustaqil ishi bajardi: Omonov k tekshirdi: Yaxyoyev O


O‘sishning sekinlashish sabablari



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə4/4
tarix19.05.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#117544
1   2   3   4
iqt o\'sish m ish

O‘sishning sekinlashish sabablari

Amerikalik iqtisodchilar, mutaxassislar orasida AQSH ning ishlab


chiqarish sur’atlari o‘sishi sekinlashuvi va Yaponiya, G‘arbiy yevropa
mamlakatlaridan ortda qolganligi sabablarini tushuntirishda yagona bir
xulosa yo‘q. Chunki ishlab chiqarishga ko‘plab omillar ta’sir etadi,
shu omillardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Ishchi kuchi sifati.
O‘sishning sekinlashuvi sabablaridan biri bu ishchi kuchi sifati-
ning sekin rivojlanishi, Bunga uch omil ta’sir etmoqda.

1. Ish ko‘nikmalari yo‘qolishi yetarli malaka va ko‘nikmaga ega


bo‘lgan ishchilar asta-sekin ishlab chiqarishdan chetlashmoqda
ularning o‘mini bosuvchi kadrlar esa yetarli malaka va ko‘nikmaga
ega emas. Bu esa ishlab chiqarish sur’atlariga ta’sir etmoqda.
Bundan tashqari ishlab chiqarishda ayollaming soni ortib bormoqda.
Ular ham yetarli malakaga ega emas va ish saviyasi ham pastroq.

2. Ishchi kuchi saviyasining pasayishi. Amerikada qator yillar


davomida imtihon baholarini pasaytirilishi ta’lim olayotganlaming
saviyasi pasayganligidan dalolat beradi.

3. Ta’lim saviyasi o‘sishining keskinlashganligi. Agar 1970-


yilda o‘rta ta’lim 12,1 yilni tashkil etgan bo‘lsa, 1993-yilda 12,7 yil
bo‘lgan va deyarli o‘smagan.

4. Texnika taraqqiyoti. Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnika


taraqqiyotining biroz susayishi. Texnika taraqqiyoti ilmiy
tadqiqotlar (NIOKR) bilan bevosita bog‘liq. Ilmiy tadqiqotlarga
ajratiladigan mablag‘ AQSHda tushkunlik kuzatiladi. Bunday sha-
roitda korxonalaming to*la quw at bilan ishlamaganligi ham ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmining pasayishi va umuman ishlab chiqarish
sur’atlarining pasayishiga olib keldi.
Ishlab chiqarishdagi o‘zaro munosabatlar. Yana bir xulosaga ko‘ra
ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi sababi rahbar va xodimlar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar keskinlashuvi deb hisoblashmoqda.
AQSHga xos xususiyat bu ishchilar orasidagi keskin raqobat.
Ishchilar orasida ijodiy fikrlash yo‘q chunki, tashabbuskorlik ko‘p
korxonalarda rag‘batlantirilmaydi. Menejerlar ham kerakli tashab-
buskorlikni ko‘rsatmaydilar, strategik rejalashtirish ham yetarli
rag‘batlantirilmaydi. Ishchilarning ish joyi kafolatlanmagan. Masalan, Yaponiyada aksincha ko‘pincha malakali ishchilar, menejerlar ish o ‘rni kafolatlangan va ular har qanday holatda ham ishsiz qolmay- dilar. Bu ishchilami ijodiy fikrlashga, tashabbuskorlik ko‘rsatib o‘z korxonasi faoliyati uchun jon kuydirishga rag‘batlantiradi. Yana bunday tizim ortiqcha nazoratchilaming sonini kamaytiradi va shu tejalgan mablag‘ 3%dan l%ga kamaytirildi (YAIMga nisbatan).
Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar NIOKRga ajratilayotgan mablag‘
miqdori ilmiy taraqqiyotga ta’siri kam deb hisoblashadi.

Investitsiyalar YAIMning jamg‘ariladigan qismi bilan ishlab


chiqarish o‘sishi orasida bog‘liqlik mavjud. Bugungi kunda YAIMning
kamroq qismi bevosita investitsiya qilinmoqda bunga bir necha sabab
bor.
1. Omonat me’yorini pastligi.
2. Import tovarlari raqobati.
3. Davlat boshqaruvi.
4. Infratuzilmaga qilinadigan xarajatlaming kamaytirilishi.

Yoqilg'i mahsulotlari narxi. Ishlab chiqarish pasayishiga katta


ta’sir 1973-1975 va 1975 -1980-yillarda neft mahsulotlari narxining 4
barobar oshishi. Bunday holat butun jahonda kuzatiladi. Ushbu ikki
davrda neft narxining keskin ortib ketishi stagnatsiya-iqtisodiy
tushkunlik va inflatsiyaga sabab bo‘ldi. Davlatning inflatsiyani
pasaytirishga qaratilgan mikroiqtisodiy siyosati aksincha iqtiso­
diy tushkunlikni avj oldirdi. Bunday tushkunlik davrida ishlab
chiqarishda ishchilami rag‘batlantirishga va o‘rinbosar kadrlar
tayyorlashga yo‘naltirildi.
1981-yildan so‘ng ishlab chiqarish dinamikasida o‘sish kuzatildi.
Ishlab chiqarish sur’ati 1973-1981 0,7% dan 1981 - 1990- y. 1,3% ga o‘sgan.
1991-yilda 1% lekin 1993-yil 3% ni tashkil etdi. Demak
o‘rtacha o‘sish 1990 - 1994-yillar oralig‘ida 2 %ni tashkil etgan. Bu
davrda ishlab chiqarish sur’atining o‘sishiga salbiy ta’sir etuvchi ko‘p
omillar bartaraf etildi. Yoqilg‘i narxlar barqarorlashib stagflyatsiya
bartaraf etildi. 1977-yildan so‘ng NIOKRga ajratmalar so'mmasi
ko‘payib bordi. Kompyuter va elektron texnologiyalarda ulkan
rivojlanish sezildi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar maoshi oshirildi va ulami rag‘batlantirishga katta e’tibor berildi. Bu o‘z navbatida oliy ma’lumot olishga qiziqishni oshirdi. Ishchi kushining malakasi va saviyasi 60-70-yillarga nisbatan oshdi. 0 ‘zaro munosabatlar
yaxshilanib ishchilami qaror qabul qilishdagi, ishtiroki oshdi va
rag‘batlantirildi. Lekin bunday ijobiy o‘zgarishlar vaqtinchalik yoki
doimiymi aniq emas.

Iqtisodiy o ‘sishda “Oxirgi zamon modeli”. Rivojlangan mamlakat­


laming ishlab chiqarish sur’ati yillik 2-7 % o ‘sishi qachongacha
davom etadi degan savol tug'iladi. Loyihachilar xuddi shu savolga
javoban “oxirgi zamon” deb nom olgan modellami ishlab chiqishdi.
Unga ko‘ra yer resurslari keskin kamayib bormoqda aholi soni esa
geometrik progressiya bo‘yicha ko‘paymoqda. Neft ko‘mir mis
kabi bir qator resurslar tugamoqda. Bundan tashqari ishlab chiqarish
va iste’mol davomida bosil bo‘lgan chiqindilar jahon ekologik holatini
izdan chiqarishi mumkin. Ushbu model loyihachilari fikriga ko‘ra
hozirgi hayot bu model to‘g‘riligini isbotlamoqda. 80- yildan keyingi ishlab chiqarish o‘sishi resurslami tez sarflanishiga olib keldi. Jahon okeanidan ovlanadigan baliq hajmi oshib bu mahsulotlar regeneratsiyasi (qayta toiishi) dan yuqori bo’ldi.

Jahon barqaror jamiyat barpo etishi uchun keskin qarorlar qabul


qilishi shart. Barqaror jamiyat o‘z hayotini ta’minlovchi moddiy va
ijtimoiy ne’matlar tizimi boMib uni asrab izdan chiqishiga yo‘1
qo‘ymasligi kerak. Buning uchun quyidagilar taklif etiladi.

  1. aholi va ishlab chiqarish sur’atlari o‘sishini pasaytirish.

2) qayta toimaydigan resurslardan ishlab chiqarishda foydalanishni
kamaytirish.
3) qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishni ulaming regene-
ratsiya (qayta to'lishi) davrini hisobga olgan holda ishlatish.
4) chiqindilar chiqarishni chegaralash tabiatni muhofaza qilish.
“Oxirgi zamon” imitatsion modellari ko‘p bahslarni va noroziliklami keltirib chiqardi.
1. Raqamlar o‘yini. Loyihachilar modelni ishlab chiqarishda aholi
va ishlab chiqarish hajmi eksponenta bo‘yicha ko‘payib boradi deb
taxmin qilishgan. Aslida esa bunda bir qator ijobiy omillar hisobga olinganda raqamlar nisbatan ijobiy sur’at kasb etadi.
2. Texnologiya va resurslar ko‘payishi. Yana bir norozilik sababi
shuki texnika taraqqiyoti resurslar kupayishiga, resurslaming yangi
turiarini kashf etilishiga resurslami qayta ishlashning yangi yanada
samaraliroq usullarini qoMlaniiishiga olib keladi. Masalan, bugungi
kunda neft konlarini oshish v neftni qayta ishlash bo‘yicha
texnologiyalar 1900- yilgiga nisbatan bir necha o‘n barobar o‘sdi.
Bundan tashqari yangi texnologiyalar tugab borayotgan resursning
o ‘rinbosarini topishga va ishlatishga yordam beradi. Bu resurslaming qayta tiklanishi uchun sharoit yaratadi. Masalan, quyosh, shamol, suv energetika sanoatida neft ko‘mir va tabiiy gaz o‘mini ma’lum darajada bosishi mumkin.
Umuman olganda texnika taraqqiyoti cheklangan resurslaming
tejamiga yordam beradi. Imitatsion modelda esa buning aksi
ko‘rsatilgan.

3. Bozor belgilari. Bozor narxlarining o‘zgarishi kutilayotgan


falokatning oldini olishga qodir bo‘lgan belgilaridan hisoblanadi. Agar
neft alyuminiy, mis zaxiralari haqiqatdan kamayib borsa ularning narxi
keskin oshib boradi. Bu o‘z navbatida ikki xodisaga sabab bo‘ladi.
Birinchidan ushbu mahsulot foydalanuvchilari mahsulotlami
tejashga yoki ko‘proq o‘rinbosar mahsulotlardan foydalanishga
harakat qilishadi. Masalan, uy-joy kommunal xo‘jaligida mis quvur-
lari o‘miga plastmassadan tayyorlangan quvurlardan foydalanishga
o ‘tiladi.
Ikkinchidan-narxlar oshishi resurslami qayta ishlash texnolo-
giyasini takomillashtirishni talab etadi. Xullas narx mexanizmi
resurslar defitsitini bartaraf etishi mumkin bo‘lgan xususiyatga ega.
“Zamonoviy” loyiha qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligidan qat’i
nazar o‘sish chegaralanganligi bir qator xulosalami keltirib chiqardi.
Agar biz bugun cheklangan resurslami ishlatsak ertaga ushbu resurslar
bo'lmasligi ham mumkin. Resurslami taqsimlashning optimal usuli
qanday degan savol tug‘iladi?
Bu boradagi bahslarda iqtisodiy o'sish unchalik ham katta ijobiy
xodisa emasligi o ‘sish foydalimi? ta’kidlandi. Kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni baholashda ishlab chiqarishning atrof-muhitga va inson turmushiga ta’sirini hisobga olish shart. “So‘ngi chizgilar”.
Iqtisodiy o‘sishga qarshi chiquvchilar flkri. Iqtisodiy o‘sish-
ga qarshi chiquvshilar fikriga ko‘ra sanoatlashish va iqtisodiy o‘sish
atrof-muhit zararlanishi, yer harorati global ko‘tarilishi, ozon qatlami yemirilishi ekologik falokatlarga olib kelishi mumkin. Bunga sabab tugab borayotgan resurslar ishlab chiqarishda foydalanilib atrof- muhitga chiqindi sifatida qaytadi. Bundan tashqari iqtisodiy o‘sish bu farovonlikni ta’minlab beruvchi omil deyishga hech qanday asos yo‘q.

Iqtisodiy o‘sishning yetakchi bo‘lgan texnika taraqqiyoti ishchilarda


ertangi kunga ishonchni so‘ndiradi va ba’zida ishsizlikning
ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanish (o‘sish) sur’ati yuqori bo‘lgan
iqtisodiyot katta iqtisodiy stresslarga olib kelishi mumkin.
0 ‘sish tarafdorlari fikri. Tarafdorlar fikriga ko‘ra faqatgina
iqtisodiy o‘sish turmush farovonligini ta’minlashi mumkin. Ishlab
chiqarish hajmining o‘sishi daromadni oshiradi: bu esa ko‘proq
bo'sh vaqt, ta’minlay olish imkoniyati, sifatli mahsulotlar sotib olish imkoniyati va shu kabi ko’plab imkoniyatlarni tug’diradi.Iqtisodiy o’sish jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin