1. Troposfera – yer sirtida 0-15 km gacha, temperature +15 dan -56 gacha;
2. Stratosfera – 15-50 km gacha, temperature -56 dan -2 gacha;
3. Mezosfera – 50-80 km gacha, temperaturasi -2 dan -92 gacha;
4. Termosfera – 80-800 km gacha, temperaturasi -92 dan +1200 gacha;
5. Ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori, temperaturasi +1200 dan yuqori; Atmosfera yerning ximoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi.Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i bo'lmaganida edi, yer yuzida kunduzi +1000C va kechqurun -1000C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek yerga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.
Atmosfera shu qatlamlar bilan bir butun qobiq bo'lib hisoblanadi. Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi va _jadvalda keltirilgan.
Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega.Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi.
Atmosfera havosining sifatideganda bu uning tarkibidagi elementlarning miqdori, ularning inson, hayvon va barcha tirik jonzotlarga fizik, ximyaviy va biologik ta’siri hamda atrofga tasirini belgilab beradi. Atmosfera havosini sifatliligini faqatgina undagi gazlarning belgilangan miqdordan oshmaganligini bildiradi ya’ni PDK sini ko’rsatilganligini bildiradi.PDK bu – atmosferadagi gazlarning maksimu miqdori qaysiki inson organizmiga hamda atrog muhitga hech qanday ta’sirini ko’rsatmasligi.To’g’rida – to’g’ri ta’sir ko’rsatishi deganda u insonda birdaniga masaln yo’tal, bosh og’rig’ yoki har xil gazlarni isini sezishi tushuniladi.Organizmda zararli moddalarni yig’ilishi patologik holatlarni yoki ba’zi bir organlarni buzilishiga olib keladi.