Atmosferaning ifloslanishi – zararli moddalarning atmosferaga kirib borib, uning tarkibini o’zgartiradigan aralashmalar.
Atmosferadagi aralashmalar – atmsferaning doimiy tarkibiga kirmagan va tarqoq holdagi moddalardir. Bu aralashmalarni tarkibiga qarab birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi aralashmalar- atmosferada o’zining fizikaviy va ximiyaviy tarkibini o’zgartirmaydi. Ikkilamchi aralashma esa – atmosferada o’zining tarkibini o’zgartiradi.
Atmosferani ifloslanishi organizmga ta’siriga qarab kimyoviy va fizikaviy bo’ladi. Ximiyaviy ta’sir deganda ximiyaviy moddalar va ularning har xil birikmlari tushuniladi. Fizikaviyga esa – radioaktiv nurlanishlar, issiqlikni chiqishi, shovqin, elektromagnit to’lqinlari va boshqalar.
Atmosfera havosini ifloslanishi– atrof – muhitni zararlanishiga olib keladiga gazlarni aralashmasidir.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi: chang bo’ronlari, o’rmonlarni yonishi, vulqonlarni otilishi va boshqalar kiradi.
Antropogen ifloslanishni asosiy sabablari ishlab chiqarish korxonalardan chiqadigan chiqindi va avtotransportlardan chiqadigan chiqindilardir.
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar: 1 – fakel. 2 –tutunli quvur. 3 – sexning aerasiyasi. 4- basseyni bug’lanishi. 5 – quvur orqali oqib chiqib ketishlar. 6 – qurilish materillardan chiqadigan changlar. 7 – avtotransportdan chiqadigan tutunlar. 8- shamol yo’nalishlari.
Ishlab chiqarishdan chiqadigan chiqindilar statsionar bo’ladi. (1 – rasmdagi 1-6), lekin ba’zi harakat qiladigan ham bo’ladi. (1- rasm 7)
Atmosferaga chiqadigan chiqindilar; nuqtali, liniyali va maydonli.
Nuqatali chiqindi manba (1 – rasm 1,2,5,7) bu bir nuqtadagi ifloslanishdir. Bularga murilar, fakellar, ventilyatsilayalar kiradi.
Liniyali chiqindi manbalarga (1 – rasm 3) avtrotrassalar, ventilyatsiyalar va boshqalar kiradi.
Maydonli chiqindi manbalarga ishlab chiqarish korxonalar, skladlar, chiqindilar kiradi.
Asosiy PDKni asoslanishi bu inson organizmiga ta’siri qancha gr yoki foizi belgilanib olib shunga qarab qo’yiladi. Atmosferani PDKsini baxolashda ikki xilli mavjud: PDKning maksimumi va PDKning sutkadagi o’rtancha meyori.
PDKmax – zararli moddalarning asosiy harakteristikasi.Insonni zararli moddalarni ta’siri haqidagi ogohlantirishidir.Bu har xil yo’llar bilan ko’rsatadi. Masala hid sezishi, bosh og’rishi va boshqalar.
PDK sutkadagi o’rtacha me’yori – toksik mutagen va boshqa ta’sir etadigan zararli moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarning PDKsi ma’lumvaqt davomida yoki uzoq yillarda inson organizmida yig’ilib unga ta’sir ko’rsatadi.
2 - jadval