Mustaqil ishi mavzu: atmosferaning tarkibi va tuzilishi


Issiqlik elektr stansiyalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba sifatida



Yüklə 116,46 Kb.
səhifə10/11
tarix07.01.2024
ölçüsü116,46 Kb.
#201692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ATMOSFERANING TARKIBI VA TUZILISHI

Issiqlik elektr stansiyalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba sifatida.
Issiqlik elektr stansiyalari orqali olinadigan elektr quvvati asosan ko’mir,mazut,gaz kabi yoqilg’ilar yonishning hosilasidir.
Issiqlik quvvatini olishda tabiiy gazdan ham foydalaniladi.Hozir tabiiy gazdan hayotimizning barcha jabxalarida keng ko’lamda foydalanilmoqda. U yoqilg’i sifatida juda qadrlanadi. 1 kvt/soat elektr quvvati olish uchun 150-170gr.gaz kerak bo’ladi.Mabodo gazning yonishi etarli darajada bo’lmay,chala yonadigan bo’lsa, u holda atmosfera havosiga tajovuzkor omillardan bo’lmish is gazi,uglevodorodlar,sulfit angidridi va yana boshqa narsalar ajralib chiqishi mumkin.
Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdori 3,5 % ni tashkil qilsa,oltingugurt oksidining 1 sutkali chiqindisi 728 tonnaga teng bo’ladi,oltingugurt miqdori 4,5 % ga etsa,uning chiqindisi sutkasiga 936 tonnaga etar ekan.
Nyu-York shahrida yil mobaynida yokiladigan ko’mir atmosfera havosiga 1,5 mln tonna oltingugurt gazini chiqarib tashlaydi.Qizigi shundaki, oltingugurt gazi havoni ifloslantiruvchi manbadan bir necha km uzoqlikdagi atmosfera havosida borligi aniqlangan.
Avtotransport va atmosfera havosi.
Hozirgi davrda inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan yana biri avtotransport vositalaridan chiqadigan zaxarli gazlardir.
Ma`lumotlar shuni ko’rsatadiki,AQSh va Yaponiyada atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi.Xorijiy mamlakatlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi,uglevodorodlar,shuningdek azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-% ini tashkil qilsa,bizda 14% ini tashkil qiladi.
Bunday kimyoviy birikmalar 750- m balandlikka ko’tarilib, 3000- m masofaga etadi.Shuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi turar joylarda sulfat kislotasi yomg’ir bo’lib yog’adi va tabiatga ,shu jumladan,tirik organizmlarga katta zarar yetkazadi.
Agar 1950 yili atmosferaga 70 mln tonna,1975 yili 120 mln tonna, 1980 yili 181 mln tonna zaxarli omillar chiqarib tashlangan bo’lsa, 2000yilda 280 mln tonna tajovuzkor moddalar atmosferani bo’lg’ashi taxmin qilinmokda.
Ayniq sa sanoat markazlarining chiqindisi atmosfera havosinigina emas,keyinchalik tuproqlarni ham ifloslantiruvchi omil bo’lib qoladi. Natijada tuproq mag’zidan o’simlik tarkibiga hayvonot va odam organizmiga o’tib unda yig’ilib boradi.Oqibatda qurg’oshin odam qonida yigilib,a`zolariga zaharli ta`sirini ko’rsatadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari lozim bo’gan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O’zbeksiton Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir. O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar. O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12% kamayganligini ko’rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan .
1996 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish
to’g’risida»gi qonuni doirasida atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi qonunlarning asosiy vazifalari sifatida xujjidagilar belgilangan:
- atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlab qolish;
- atmosfera havosiga zararli kimjoviy, fizik, biologik va boshqa ta`sirlarning
oldini olish va kamaytirish;
- atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat organlari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, jamoatchilik birlashmalari va fuqarolarning
faoliyatini xuquqiy tartibga solish.
1995-2005 yillar davrida hukumatning qarori bilan atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yichaharakat Dasturi qabul qilindi va amalga oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha Milliy harakat rejasi (AMMHR), Atrof-muhit gigiyenasi bo’yiicha Milliy harakat rejasi (AMGMHR) va shahar transporti tarmog’ida barqaror rivojlanish Strategiyasi havoning ifloslanishiga qarshi kurashish va boshqa havo sifatini oshirish sohasidagi maqsadlarni belgilab beruvchi muhim strategik xujjatlar hisoblanadi. Ko’rsatib o’tilgan strategik xujjatlarda asosiy maqsad etib quyidagilar belgilangan:
- havoning transport va boshqa harakatlanuvchimanbalar tomonidan ifloslanishini kamaytirish;
- motor yonilg’isi turlarining sifatini oshirish;
- eski transport vositalari, shu jumladan yukmashinalarini modernizasiyalash va almashtirish;
- yirik shaharlar va tumanlarda avtomobil yo’llari tarmog’ini yaxshilash;
- yetillangan benzinni yetillanmagan benzinga almashtirish va motor yonilg’isi sifatida tabiiygazdan kengroq foydalanish, shuningdek yonilg’i xususiyatlari standartlarini oshirish;
- texnik ko’riklar ahamiyatini oshirish va chiquvchi gazlar me`yorlari va standartlarini nazoratqilishni kuchaytirish, shuningdek davlat va shaxsiy transport vositalari uchun avtota`mirlash xizmatlari ishini yaxshilash;
- havoning ifloslanishini pasaytiruvchi texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan sanoat korxonalari tomonidan havoning ifloslanishini kamaytirish;
- ozonni buzuvchi moddalarni ho’llashni to’xtatish bo’yicha Milliy Dasturni amalga oshirish;
- bug’xona gazlari tashlamalarini qisqartirish milliy strategiyasini amalga oshirish. Havoni muhofaza qilish (chang-gaz tozalash uskunalarini amalda joriy qilish, avtomobillarni gazyonilg’isiga o’tkazish, foydalanilayotgan dizel avtomobillari ulushini ko’paytirish, harakat tarkibini yangilash, Farg’ona NHIZ tomonidan yetillanmagan benzin turlarini chiqarishni o’zlashtirishning tugallanishi, alohida temir yo’l uchastkalarini elektrtarmog’i ta`minotiga o’tkazish, ozonni yemiruvchi moddalar (OEM)ni ho’llashni to’xtatish milliy dasturini, bug’xona gazlari tashlamalarini qisqartirish milliy strategiyasini amalga oshirish) tadbirlarini bajarilishi natijasida, umuman respublika bo’yicha havo havzasini muhofaza qilish sohasidagi ekologik holatning barqarorlashish tamoyili kuzatilmoqda. Bundan tashqari, 2006-2007 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini texnik qayta jihozlash, shuningdek ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni barqarorlashtirish va kamaytirishga yo’naltirilgan qator qarorlari qabul qilindi. Masalan:
- bug’xona gazlarini qisqartirish bo’yicha tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida,«Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investisiya loyihalarini amalgaoshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2006 yil 6 - dekabrdagi PQ - 525-sonli);
- 2007 yil 1 martdan avtomobil transporti uchun Evro-2dan past bo’lmagan, 2010 yil 1 yanvardanesa Evro-3dan past bo’lmagan ekologik standartlarni joriy etishga yo’naltirilgan «Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransporti parkini yangilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2006 yil 14 dekabrdagi PQ -531-sonli);
- temiryo’l transportida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirishni belgilab beruvchi Germaniya taraqqiyot banki va quvayt arab iqtisodiy taraqqiyoti fondi ishtirokida «Toshkent (To’qimachi) – Angren temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2007 jjil 19 fevraldagi PQ-582-sonli);
- atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, jumladan havo havzasiningifloslanishini pasaytirishni nazarda tutadigan 2007-2011 yillar davriga qurilish materiallari,kimyo, avtomobil sanoatlari, «Olmaliq KMK», «O’zmetkombinat» OIChB va boshqalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari to’g’risidagi qarorlari shular jumlasidandir. Havoning ifloslanishiva ozon qatlamining bo’zilishi. Ozonni yemiruvchi moddalardan (OEM) foydalanish.Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlanishdan biologik hayotni himoya qiluvchi ekran vazifasini o’tovchi ozonqatlamining buzilishi, atmosfera tarkibining antropogen o’zgarishlari bilan bog’liq.10 km dan 50km gacha balandlikda stratosfera ozoni koinotdan ultrabinafsha nurlarining kiribkelishi uchun ishonchli to’siqni hosil qiladi. Biologik ta`sir xususiyatlari hisobga olinib, ultrabinafsha (UB) nurlari uchta spektral diapazonga ajratiladi: nurlanish to’lqini uzunligi 100-280 nmbo’lgan UB-S, UB-V (280-315 nm) va UB-A (315-40nm). 1-rasmda Quyosh nurlarining optik diapazonlarga ajratilishi ko’rsatilgan.
Bakteriosid (mikrob xujayralari va viruslarni o’limiga olib keladigan) ta`sirga ega bo’lgan eng xavflisi UB-S nurlanish hisoblanadi. U atmosferaning yuqori qatlamlarida stratosfera kislorodi va ozon qatlami bilan to’liq yutiladi va ergacha etib kelmaydi. UB-V nurlari ham atmosferaning ozon qatlami tomonidan yutiladi va yergacha atigi 6% etib keladi, lekin aynan u atrof-muhitga va aholi sog’ligining holatiga salbiy ta`sir ko’rsatadigan asosiy xatarli oqibatlarga olib keladi. Nihoyat, UB-A nurlari atmosferada kam to’xtatiladi, lekin uning biologik ta`siri UB-Vnurlanishga qaraganda qariyb, 1000 baravar zaifdir. Ozon qatlamining buzilishi stratosferadagiozonning ozonni buzuvchi moddalar bilan kimjoviy reaksiyalarga kirishi natijasida kechishi mumkin,bu moddalar orasida eng keng tarqalganlari galogenli uglevodorodlar (XFU, GXFU, galonlar, tetraxlormetan, metil bromid va boshqalar) hisoblanadi. «O’zgidromet» markazi 1994 yildan boshlab, Toshkent shahridagi meteostansiyada ozonning umumiy tarkibini (OUS) doimiy o’lchab bormoqda. O’lchovlar, Gushin konstruksiyasidagi M-124 ozonometri yordamida sutkaning yorug’ vaqtida 7 marta olibboriladi. Olingan ma`lumot natijalari har oyda atmosferani masofadan zondlashtirish ilmiy-tadqiqot markaziga (Voeykov nomli Bosh geofizik observatoriyasiga (BGO) uzatiladi.Ko’p yillik ko’zatuvlarning ko’rsatishicha, nazorat qilinadigan hudud ustidagi ozon qatlaminingkattaligi 303-397 Dobson birligi oralig’idao’zgaradi, bunday o’zgarishlar troposferadagi ozonning umumiy tarkibining ko’p yillik variasiyalari bilan izohlanadi.Ko’zatuvlarning natijalari ko’rsatishicha, Toshkent ustida ozon qatlamining kamayishi kuzatilmayapti.Ishlarni davom ettirish va Toshkent stansiyasini Butunjahon meteorologik tashkilotningozonometrik tarmog’iga qo’shish uchun stansiyani«Brewer» joki «Dobson» turidagi yangi uskunalar bilan jihozlash, uskunalarni muntazam kalibrovkalash va mutaxassislar (ozonometristlar) Rossiyada (Voeykov nomli BGO) malaka oshirish kurslarini o’tashlari zarur.


Xulosa
Birinchi yer ustidagi atmosferaning qobig’i – troposfera bo’lib, u kimyoviy bog’lanishlardan tashkil topgan gazdir.Unda doimo uzliksiz kimyoviy jarayonlar bo’ladi.Ular natijada atmosferaga ta’sir etadi. Bu jarayonlarning mexanizmini va tezlikni bilish atmosferaga chiqadigan antropogen, tabbiy yoki atmosferaning transformasiyasi natijasida uninh monitoringini bemalol qilsa bo’ladi.
Ko’pincha atmosferaga chiqadigan chiqindilar qayta tiklanadigan yoki oksidlanishi natijasida chiqadi ( vodorod sulfid, metan, azot oksidi). Atmosferadagi gazlarning tahlili shuni ko’rsatdi-ki ayniqsa yer yuzasiga yaqin qismida asosan kuchli oksidlovchi moddalar ko’p hosil bo’lgan.Bularga sulfat kislota, azot oksidlari, nitrat kislotalari, uglerod oksidlaridir.
Shunday qilib troposferada asosiy rolni oksidlovchi moddalar o’ynaydi.
Atmosfera havosining monitoring – atmosferadagi zararli gazlar haqida ma’limotlarni beradi, ularning qanchalik darajada zaharliligini, o’simliklarga, hayvonlarga va insonlarga ta’sirini ko’rsatadi. Rivojlangan davlatlarda monitoringni ta’minlash uchun ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizimlar nazoratini (IHATN) taklif qildi.
Ifloslangan havoni avtomatlashtirish tizimini nazorat qilish masalasini yechish quyidagilar:
- Avtomatik kuzatish va ifloslantiruvchi moddalarni konsentrasiyasini registrasiya qilish;
- Olingan moddaning analiz qilib, olingan natijalardan asoslab xulosa chiqarish;
- Ifloslanishni oldini olishni yo’llarini ishlab chiqish;
- Ifloslanish darajasini aniqlash;
- Atrof muhitni ifloslanish oldini olish;
- Aniq ma’lumotlar olish.
Ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorati quyidagi gaz aralashmalari yoki gazlarni aniqlashda ishlatiladi. Masalan; SO2; CO; NOx; O3; CmHn; H2S; NH3; Bundan tashqari temperaturani o’lchaydi, havo namligini ham olchab beradi.
Hozirda ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorat yildan – yilga o’sib bormoqda.Sababi uni har xil stansiyalari hamma joylarga qo’yilmoqda.Bu esa barcha joylarni kuzatishga yordam bermoqda.Keyinchalik esa bu sistemani takomillashishi
natijasida global monitoringni ham yanada rivojantiradi. Bu esa barcha shaharlar, davlatlar qo’shilishib atmosferani ifloslanishiga kurashishiga yordamlashadi.


Yüklə 116,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin