Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Bozor Iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining sub'ektlari: uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo‘llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy sub'ektlar harakatining ta'minlanishi. Bozor iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o‘zaro farqlanishi. Bozorning mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob'ektlari va sub'ektlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Bozor infratuzilmasi. Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo‘nalishlari. Bozor infratuzilmasi tarkibi.