3. Korxonada mehnat unumdorligini rejalashtirish Mehnat unumdorligi va uning ish haqi to'lash bilan aloqadorligi
Mehnat unumdorligi insonning vaqt birligida ma'lum miqdorda mahsulot va xizmatlarni yarata olishidir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (masalan, bir soat, bir ish kuni yoki bir yilda) qancha sifatli mahsulot yaratgani yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflagani bilan o'lchanadi.
Olingan natija va muayyan mahsulot ishlab chiqarishga ish vaqti sarflashi o'rtasidagi nisbat mehnat unumdorligi tushunchasi bilan tavsiflanadi.
M
Bu nisbat P1= ----------- formulasi bilan
T
ifodalanishi mumkin.Bunda P1— mehnat unumdorligi; M- ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; T- barcha mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqt.
Ish vaqti vaqti sarflari bilan mehnat natijasi o'rtasida nisbatning o'zgarishi mehnat unumdorligi o'zgarishini aks ettiradi. Mazkur matija kamroq ish vaqti sarflab qo'lga kiritilsa, mehnat unumdorligi oshgan bo'ladi, xuddi shu natijani qo'lga kirishish uchun ko'proq ish vaqti sarflansa, mehnat unumdorligi pasaygan bo'ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi oshishining mohiyati ish vaqti birligi mobaynida mehnat natinadorligi ko'payishidan yoki mehnat natijasi birligiga sarflanadigan ish vaqti tejalishidan iborat.
Imkoni bo'lgan mehnat unumdorligi bilan amalda erishilgan mehnat unumdorligi o'rtasidagi farq mehnat umumdorligining oshish rezervlari deyiladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, mehnat unumdorligi cheksiz oshirib boradi. Mehnat unumdorligi texnikaning takomillashishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning yaxshilanishi, xodim malakasini oshishi, fanning rivojlanishi va uni yutuqlarini ishlab chiqarishda qo'llash tufayli oshib boradi, ya'ni mehnat unumdorligi oshishiga amalda cheklanishlar bo'lmaydi. Umuman olganda mehnat unumdorligi jonli mehnat sarflari birligiga to'g'ri keladigan mahsulot miqdorini anglatadi.Korxonalarda mehnat unumdorligini oshishi quyidagi tarzda sodir bo'ladi:
• vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o'zgarmagan holda hajmi oshishi;
• vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o'zgarmagan holda oshishi;
• ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga mehnat sarflarining qisqartirilishi;
• mahsulot tannarxida mehnat sarflari ulushi kamayishi;
• tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi;
• foyda massasi va me'yori oshishi tarzida namoyon bo'ladi.
Mehnat unumdorligiga ta'sir etuvchi omillarni uchga bo'lish mumkin:
1. Ishlab chiqarishning texnika-texnologiya darajasi. Texnika qanchalik mukammal bo'lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
2. Shaxsiy insoniy omilning sifati. Agar ishlovchilarning bilim darajasi ish malakasi va tajribasi yuqori bo'lsa, unumdorlik ortadi yoki aksincha.
3. Ishlab chiqarishning tabiiy darajasi. Bu sharoit qanchalik qulay bo'lsa, unumdorlik shunchalik yuqori bo'ladi. Tabiiy sharoitni inson o'zgartira olmaydi, ammo texnikani mukammallashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham unumdorlikni oshirish mumkin.
Mehnat unumdorligini muttasil oshib borish iqtisodiyotga xos qonuniyatdir. Shu tufayli resurslar cheklangan bo'lishiga qaramay, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish doimo ko'payib boradi.Mehnat unumdorligi oshishi korxonalar va butun ijtimoiy ishlab chiqarishga rivojlanish va qulay istiqbollarni ta'minlab beradi, bu esa pirovard natijada, aholining turmush darajasi oshishiga olib keladi. Amaliyotda shunday bo'lishi lozimki, mehnat unumdorligini o'sish sur'ati o'rtacha ish haqi o'sish sur'atlaridan tezroq o'sishi kerak, bu ham iqtisodiyotning muhim shartlaridan biridir.Shuning uchun ham kishilar doimo kam mablag' sarflab, eng ko'p mahsulot yetishtirishga intiladilar. Mehnat unumdorligini o'sishi xalqning turmush farovonligini o'sishi ishlab chiqarishdan kishilarni ozod qilib xizmat ko'rsatish sohalariga odamlarni ko'proq jalb qilishiga sharoit yaratadi.
Bozor munosabatlariga o'tish bilan korxonalar mehnatga haq to'lash sohasida katta mustaqillikka erishdilar. Korxonalarda ko'proq vaqtbay mukofotli va ta'rifsiz haq to'lash, shuningdek, shartnoma asosida haq to'lashdan foydalana boshladilar.
Har bir korxonada mehnat va ish haqi bo'yicha reja tuzib, uning maqsadlari ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topish va shu asosda mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Mehnat unumdorligini o'sishi ish haqi to'lash darajasidan ustun bo'lishi lozim.
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichlari va hisoblash usullari
•Mehnat unumdorligi hodimi ish vaqti birligi ish davomida (soat, smena, yil) ishlab chiqargan mahsulotlari miqdori (Mik) yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt miqdori T max bilan ifodalanadi:
M mik T ish
MU=‐------------ yoki T max=------------,
T ish M mik
Demak, mehnat unumdorligini o'sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfini kamayishi, har bir xodimning ko'proq mahsulot ishlab chiqarishini anglatadi.
Mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda natural, mehnat va qiymat (pul) usullari qo'llaniladi.Natural usulda har bir ishchi yoki ishlab chiqargan mahsulotning miqdori natural o'lchov (dona) bilan aniqlanadi. Bunda jonli mehnat sarfini bildiruvchi kishi-soat, kishi-oy, kishi-yil, ish vaqti birliklardan foydalaniladi.
Mehnat usulida kishi-soat, ya'ni ma'lum vaqt birligi ichida mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan ish vaqti sarf (bir dona mahsulotning mehnat sarfi) umumiy o'lchov birligi bo'lib hisoblanadi.
Qiymat usuli mehnat unumdorligini aniqlashda keng qo'llaniladigan asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bu usul bo'yicha korxonada ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar hajmi qiymat ko'rsatkichi (ulgurji, baho, normativ sof mahsulot) ifodalanadi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdorigina emas, balki unung sifatiga xos o'zgarishlarni hisobga olish imkonini beradi.
Korxona, tarmoq va umuman xalq xo'jaligida ishlab chiqarishni sifat va miqdor jihatdan yuksaltirishda foydalanishi mumkin bo'lgan texnologik, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rni salmoqlidir.Bu ko'rsatkichlarning imkoniyatlari avvalo ishlab chiqarishda jonli va buyumlashtirilgan mehnat sarfini qisqartirishdan iboratdir. Moddiy ne'mat ishlab chiqarishni ish kuchini ko'paytirish hamda uning unumdorligini oshirish evaziga ham rivojlantirish mumkin. Ijtimoiy mehnat sarfini tejashni ta'minlovchi barcha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ishlab chiqarish imkoniyatlardan foydalanish jarayonlaridir. Bunda texnika taraqqiyoti ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish jarayoni sifatida namoyon bo'ladi, uning tabiiy o'lchovi vaqtidir.
Mehnat tashkil etishni va ish kuchidan foydalanishni yangilash bilan bog'liq imkoniyatlar
• ishlab chiqarishda brakni qisqartirish evaziga mahsulot birligiga sarflanadigan mehnatni kamaytirish;
• ish vaqtini ishchi va xizmatchilarning ishga chiqmasligini qisqartirish hisobiga ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash;
• normal mehnat sharoitining buzilishi natijasida sarflanadigan mehnatni bartaraf etish;
• mehnatni to'g'ri tashkil etish evaziga mahsulot ishlab chiqarish normasini bajarmaydigan ishchilar sonini kamaytirish;
• ilg'or ish tajribalarini qo'llash, ishchilarning malakasini oshirish, ishni yaxshi tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini takomillashtirish va tarkibini yaxshilash natijasida boshqarish, xodimlar sonini qisqartirish va boshqalar.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor va xo‘jalik mexanizmining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun huquqiy normalarning puxta o‘ylangan o‘zaro bog‘liqligi, malakali va samarali davlat tomonidan tartibga solinishi, ijtimoiy ong, madaniyat va mafkuraning ma’lum bir holati zarur. Mamlakat hozir tezkor qonun ijodkorligi bosqichidan o‘tmoqda. Bu tabiiy hol, chunki hech qanday demokratik tuzum huquqiy asossiz, qonun ustuvorligi va huquq-tartibotni mustahkamlamasdan turib mavjud bo‘lolmaydi. Aks holda, u nuqsonli ko‘rinishga ega bo‘lib, antidemokratik kuchlarga nisbatan past darajada qarshilik ko‘rsatadi. Biroq, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligi chegaralarini anglash kerak. Bir tomondan, qonunchilik qarorlari har doim ham tezkor bo'lavermaydi va har doim ham iqtisodiy jihatdan oqilona yondashuvlarga mos kelmaydi. Boshqa tomondan, huquqiy nigilizmning kuchayishi haqida gapirish mumkin. Biz duch kelayotgan ko‘plab muammolar qonun ijodkorligi jarayonida to‘liq hal etilmayapti. Ishlab chiqarish, tashkiliy va boshqaruv munosabatlari va tuzilmalarini jiddiy o'zgartirishlar talab etiladi.