Fermentlarning sinflarga bo’linishi va ularning tasnifi.
Fermentlarning sinflarga bo’linishi va ularning tasnifi.
1. Oksidoreduktazalar - oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan fermentlar. Oksidoreduktazalar 17 ta kichik sinfga bo’linadi. Oksidoreduktazalarga degidrogenazalar, oksidazalar, peroksidazalar, sitoxromreduktazalar kiradi. Oksidoreduktazalarda ta’sir etuvchi substratlar reaksiyada vodorodning donori bo’lib hisoblanadi. Oksidoreduktaza sinf fermentlari degidrogenazalar yoki reduktazalar deb aytiladi.
- Agar oksidlanishda kislorod substrat bilan biriksa oksigenaza deyiladi.
- Agar akseptor kislorod xizmat qilsa oksidaza atamasi qo’llaniladi.
Bu fermentlarning sistematik nomi quyidagicha tuziladi: donor: akseptor – oksidoreduktaza, masalan:
CH3 – CH –COOH + NAD + (LDG) laktatdegidrogenaza→CH 3 – C – COOH +NADH·H
│ ║
OH O
Laktat Piruvat
Sut kislota (laktat)ning oksidlanishini ta’minlovchi laktatdegidrogenaza, glyukoza -6 –fosfatni 6 - fosfoglyukonolaktonga oksidlovchi glyukoza – fosfatdegidrogenaza, siydik kislota hosil bo’lishida ishtirok etadigan ksantinoksidaza va boshqalar misol bo’la oladi. Oksidoreduktazalar keng tarqalgan sinf taxminan 480 ferment kiradi. Energetik ahamiyati katta.

2. TransferazalarBir substrat (donor)dan - ikkinchi substratga (aktseptor)ga turli funksional guruhlarni ko’chirilishini katalizlaydigan fermentlar.