Transferazalar ko’chiradigan guruhlarga qarab 8 ta kichik sinfga bo’linadi. Transferazalar ayrim funktsional gruppalarni molekulalar o’rtasida ko’chirishni amalga oshiradi. Masalan, metiltransferazalar metil gruppalarini (-CH3), aminotransferazalar – amino gruppalarini (NH2) ko’chiradi. Geksokinaza fermenti geksoza molekulasiga fosfat gruppasini ko’chiruvchi vazifasini bajaradi. Kreatinkinaza kreatinfosfat hosil bo’lishini, xolinatsetiltransferaza atsetilxolin hosil bolishini katalizlaydi.
Transferazalar - oksidoreduktazalarga o’xshash keng tarqalgan fermentlar sinifidir. Ular turli moddalarni o’zaro hosil bo’lish reaktsiyalarida, monomerlar sintezida, tabiiy va yot moddalarni zararsislantirishda ishtirok etadilar.
Gidrolazalar – Substratdagi bog’larni H2O biriktirib olish bilan uzilishini katalizlaydigan fermentlar.
Gidrolazalar – Substratdagi bog’larni H2O biriktirib olish bilan uzilishini katalizlaydigan fermentlar.
Mazkur sinif fermentlari molekulalar ichidagi bog’larni uzish yo’li bilan turli birikmalarning gidroliz jarayonlarini ta’minlaydi. Bunga asosan oshqozon ichak yo’li fermentlari - amilaza, pepsin, tripsin, lipaza, fosfataza, nukleazalar kiradi. Chunki ular H2O molekulasini biriktirib gidrolizlaydilar. Gidrolazalar 11 ta kichik sinfga bo’linib, bu sinfga taxminan 460 ferment kiradi.