Tafakkur mahsullari va operasiyalari Tafakkur va fikrlashning bevosita mahsuli nima bo’lishi, samarali fikr yuritish va unga olib keluvchi shart-sharoitlar masalasi har doim ham eng zukko insonlarni qiziqtirgan va bu borada fanda yaxshi an’analar mavjud. Bunday insonlar o’zbek xalqidan yetishib chiqqan buyuk allomalar asarlarida ham bayon etilgan.
Buyuk olim Abu Nasr Forobiy (873-950)aql orqali, tafakkur yordamida bilim olishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Uning asarlarida tafakkur mavjudlikka, umumiylikka, bavositalikka, ya’ni sezgilari orqali bilish xususiyatiga ega, deb tushuntiriladi. Forobiy ta’limotiga ko’ra, tafakkur (aql) orqali inson materiyaning sezgilarga noma’lum bo’lgan tomonlarini, umumiy qonuniyatlarini, mohiyatini biladi, san’at, fan tizimidagi bilimlarga ega bo’ladi.
Uning fikricha, aql quvvati (quvvat ketida)ning eng muhim vazifalarining biri mantiqiy operasiyalarni bajarishdir. Bu vazifa aql quvvatiga kiruvchi mustaqil “quvvai fikriyya” inson mantiqiy fikrlash jarayoni tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni agarda quvvai natifiya bilan anglashadigan narsani bilib olish zaruriyati tug’ilsa, “quvvai fikriyya” ishga kirishadi. Bu faoliyat fikr yurgizish, tushuncha va hukmlar yordami bilan amalga oshirilib, keyinchalik xulosalar chiqarish bilan yakunlanadi. Uni tafakkurga umumlashtirish va mavhumlashtirish, analiz va sintez qilish kabi xususiyatlari xosligi haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga ega. Alloma ta’limotida tafakkurni konkretlikdan mavhumlikkacha yo’nalishi va mavhumlikdan konkretlik sari qaytishi haqida faraziy fikrlar ham uchraydi. Forobiy “Aql to’g’risida”gi risolasida o’zida 12 xislatni birlashtirgan kishigina ahloqiy odam bo’ladi, deydi. “Ulardan beshinchisi – so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon bayon eta olsin” – kabi xislatdir. Aynan shu fikrlar buyuk ajdodimiz
21-rasm. Tafakkur qilish jarayonining mahsullari Hukmlarda – atrofimizdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Masalan, “Inson ongli mavjudot” degan hukm – fikr “odam, inson”, “ong” va “mavjudot” tushunchalari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko’p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog’liqliklarni tasdiqlaydi yoki inkor qiladi yoki rost va yolg’on bo’ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to’g’ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to’g’ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz “bama’ni, gapida jon bor, haqiqatgo’y” deb ta’riflaymiz.
Xulosalar – mantiqiy tafakkurning yana bir mahsuli bo’lib, ular fikrlar, hukmlar va tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.