Mustaqil ishi mavzu: Tushunish va tafakur qilishning ijtimoiy mohiyati



Yüklə 36,64 Kb.
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü36,64 Kb.
#106883
1   2   3   4   5
Tolibjonov Bahriddin

Tafakkurning turlari
Insonning fikrlash jarayoni tahlil qilinganda, uning qanday shakllarda kechishi ahamiyatli bo’lib, bu uning turlari va shunga ko’ra fikrlashdagi individuallik masalasidir. 13-rasmda (4-bobga qarang) tafakkurning turli mezonlar asosidagi klassifikasiyasi keltirilgan.
Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.


Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.

Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emosional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror narsa xususida fikrlarini bayon eta olmaydilar.

Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo’ladi va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta (ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko’pincha, “Faysasuf bo’lib ket-e”, deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash – argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, ular o’z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli, birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi.

Yüklə 36,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin