Mustaqil ishi Mavzu



Yüklə 20,94 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü20,94 Kb.
#188450
  1   2
manaviyatshunoslik1


O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim fan va inavatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Sirqi bo`limi Iqtisodiyot yo`nalishi 554-22 guruh talabasi Pardaboyev Shaxzodning Ma`naviyatshunoslik fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu; Yosh avlodni ma`naviy tarbiyalashning dolzarb muommolari
Bajardi;
Qabul qildi;

Jizzax-2023
Yosh avlodni ma`naviy tarbiyalashning dolzarb muommolari
Yoshlarni tarbiyalash va ularning ma'naviy barkamolligini shakllantirish vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni va ushbu jarayonning salbiy oqibatlaridan biri bo'lmish ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri nuqtai nazaridan olib qarasak, aqlan barkamol ma'nan yetuk shaxslarni yetishtirish birmuncha mas'uliyatli va jiddiy vazifadir. Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob - axloqi, yurish - turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bu zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar.Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks - sado berib, o'zligiga sodiq qolishiga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz?
Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Sh.M.Mirziyoyev
Tarbiya haqida fikr yuritar ekanmiz, Abdulla Avloniyning ''Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir '' degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari o'tgan asrlarda qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda ham shunchalik, balki undan ham ko'ra ko'proq muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Inson, avvalo, tarbiyani ona qornida bo'lgan chog'idan boshlab ola boshlaydi. Ona qornida u ilk rivojlanish, ya'ni inson bo'lib shakllanish davrini boshdan kechiradi. Uning inson bo'lib shakllanishi o'z - o'zidan tarbiyani yuzaga keltiradi. Bola dunyoga kelganidan so'ng, u ilk tarbiyani ota - onasidan, oilasidan oladi. Bolada tarbiyaning shakllanishida ota - onaning , oilaning o'rni beqiyos. Tarbiya insonni inson ekanini ko'rsatib turuvchi eng oliy qadriyatdir. Inson tarbiyasida uning ma'naviyati, madaniyati, dunyoqarashi aks etadi. Kelajakda yuqori marralarni zabt etish ham tarbiyaga bog'liq. Tarbiyaning asosi esa bu oiladir. Ota - ona bola tarbiyasiga yuzaki qaramasdan, balki bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratmog'i lozim. Bola tarbiyasida uni koyish, qattiqqo'llik qilish unchalik ham samara bermaydi, aksincha bolani xushmuomalalik bilan, shirin so'z bilan tarbiyalash samaraliroqdir. Chunki yaxshi so'z bilan aytilgan gap tushunarli bo'libgina qolmay, buning natijasi ham ijobiy bo'ladi. Bola oilada vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshi va yomon nima ekanini tushunib yetadi. Bolaga tarbiya berishda ota - ona ham yaxshi xulq - atvor sohibi bo'lmog'i lozim. Agarda ota - onaning o'zi tarbiyasiz bo'lsa, u hech qachon farzandiga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida ota - ona muhim rol o'ynaydi. Zero, ''Qush uyasida ko'rganini qiladi ''. Tarbiya bir so'z bilan aytganda, insonni kelajakda kim bo'lishini belgilab beradi.
Birinchi o'zbek professori Abdurauf Fitrat : '' Tarbiya - uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi '' - deya qismlarga ajratadi. Badan
tarbiyasi bu mening fikrimcha, ozodalik, tartiblilikdir. Ozoda, tartib - intizomli bo'lmoq insonni tarbiyali ekanining ilk namunasidir. Aqliy tarbiya bu bevosita ta'lim jarayoni bilan bog'liq. Ta'lim haqida so'z borar ekan Fitratning :''Hayot yo'lida birinchi masala - maktab masalasidir'' - degan fikrlarini aytib o'tish joiz. Demak, bolada aqliy tarbiyaning shakllanishi bevosita o'qituvchi bilan bog'liq ekan. O'qituvchi ham bola tarbiyasiga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. O'qituvchi bolaga bilim berar ekan, albatta, kitobga yuzlanadi. Bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, darsliklar yaratilgan. Bola tarbiyasining rivojlanishida ushbu kitoblardagi ma'lumotlarning ta'siri nihoyatda katta. Kitoblarda keltirilgan ma'lumotlarni esa bola o'qituvchisi orqali tushunib yetadi. O'qituvchilar bolalarda kitobga bo'lgan mehr tuyg'usini uyg'otadi va bolalarda kitob o'qishga bo'lgan qiziqish ortadi. Ko'p kitob o'qigan bola dunyoqarashi keng, nutqi ravon, bilimli va o'z fikrini bayon eta oladigan shaxs bo'lib shakllanadi. Shunga ko'ra, o'qituvchi ham pedagogik talablarning barchasiga javob berishi kerak. Afsuski, ayrim o'qituvchilar borki, o'quv dargohiga o'zlariga ortiqcha zeb berib keladi va bolaga bilim berishga yuzaki qaraydi. Bu ta'lim jarayoning og'riqli nuqtalaridan biri. O'qituvchining o'ziga ortiqcha zeb berib kelishi dars davomida o'quvchilar e'tiborini tortadi. Bu esa o'quvchilarning bilim olishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki bola, o'z e'tiborini darsga emas, o'qituvchining libosiyu, taqinchoqlariga qaratadi va dars davomida bularga mahliyo bo'lib o'tiradi. Yana shu kabi ayrim o'qituvchilar borki, yuzaki dars o'tishadi, bolaga yetarlicha bilim bera olmaydi. Axir dars - muqaddas ! Qanday qilib dars jarayoniga yuzaki qarash mumkin. Bilim olaman deb kelgan bolaga bilim bermaslikka va bolaning qimmatli bo'lgan vaqtini behuda sarflashiga sababchi bo'lishga hech kimning xaqqi yo'q! Shaxsan men bunday o'qituvchilarga ta'lim dargohda o'rin yo'q deb aytman. Yuqorida aytgan fikrlarim bilan men barcha o'qituvchilarni yomon demoqchi emasman. Shunday o'qituvchilar borki, o'qituvchi degan sharafli nomga loyiq. Ular o'z kasbini sevadilar va mahorat bilan o'quvchilarga bilim beradilar. Ta'lim sohasiga yurtimizda tarbiyaga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida maktab darsliklarida alohida "Tarbiya fani yaratildi. Ushbu fan haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytib o'tganlar : "Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan "Turkiy guliston yoxud axloq " asari sharqona tarbiyaning noyob qo'llanmasi sifatida bugungi kunda ham o'zining qadri va ahamiyatini yo'qotgan emas. Biz "Tarbiya " fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur. Demak, anglashiladiki, " Tarbiya " fani uzoq - yaqin o'tmishimizda yashab o'tgan ulug' zotlar
merosidan, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. Ushbu fanning yaratilishi bizning ta'lim - tarbiya sohasidagi yana bir yutug'imiz hisoblanadi. Axloq tarbiyasi deganda men insonining ma'naviyati va madaniyatini tushunaman. Ma'naviyat insonning ichki go'zalligini o'zida namoyon etadi. Madaniyat esa uni tashqi go'zalligini aks ettiradi. Biz go'zallik deganda, faqatgina insonning husni-jamolini tushunamiz. Asl go'zallik bu insonning yuksak ma'naviyatli, madaniyatli bo'lmog'idir. Bu fikrlardan so'ng buyuk ajdodlarimizdan Al -Xorazmiyning "Agar inson yaxshi xulq sohibi bo'lsa, u bir (1) ga teng, u yaxshi husn sohibi bo'lsa bir (1) ni yoniga nol (0) ni qo'sh o'n (10) bo'ladi, u boy - badavlat bo'lsa, 10 ni yoniga yana 0 ni qo'sh 100 bo'ladi, nasl - nasabli bo'lsa, 1000 ni yoniga yana 1 ta 0 ni qo'sh 1000 bo'ladi. Agar insonda birgina yaxshi xulq bo'lmasa, u 0 ga teng bo'ladi "- degan so'zlarini aytish joiz. Bundan ko'rinib turibdiki, inson yaxshi xulq sohibi bo'lmas ekan, bu olamda uning husn-u jamoli va boyliklarining umuman qadri yo'q. Bizning ajdodlarimiz yuksak xulq - atvor sohibi bo'lishgan. Ular bilan faxrlanamiz. Axir, ular orqali bizning sharqona tarbiyamiz shakllangan. Ming afsuslar bo'lsinki, hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon jamiyatimizga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan bir qatorda salbiy ta'sir ham ko'rsat moqda. Ijobiy ta'siri bu yurtimiz rivojlanishiga hissa qo'shayotgan bo'lsa, salbiy tomoni esa, bu yoshlar ma'naviyatiga tahdid solayotganidir. Ma'naviy tahdid - inson ruhiyati, odobi, axloqi, kelajagi, umuminsoniy qadriyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi harakatlar yig'indisi.
Jamiyatimizga xavf solayotgan ma'naviy tahdid bu - g'arblashish. Ulug' allomalarimizdan biri aytganidek : "G'arblashish bu g'arblashish demakdir". Endi o'ylab ko'raylik, g'arblashish yurtimizda qay tarzda yuzaga kelmoqda ? Men bu savolga :" Garblashishga asosiy ta'sir ko'rsatayotgan manba bu ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda efirga uzatilayotgan teleko'rsatuv va seriallardir "- deya javob beraman. Ayrim teleserial va teleko'rsatuvlar borki, umuman sharqona madaniyatimizga to'g'ri kelmaydi. Nega deganda, ushbu seriallardagi qahramonlarning liboslari umuman sharq madaniyatiga xos emas, o'zaro hurmat mehr - oqibat kabi fazilatlarni o'zida aks ettirmagan, faqatgina ishq - muhabbat va qasos olish kabi g'oyalarni o'zida qamrab olgan xolos. Yana bu seriallarda voqealar rivoji shunday aks ettirilganki, unda insonlar bir - birini kamsitadi, haqorat qiladi, bir - biriga zarar yetkazadi, hattoki, o'z joniga qasd qiladi. Bularning barchasi o'sib kelayotgan yosh avlod e'tiborini tortmay qo'ymaydi. Natijada, insonlar bo'sh vaqtlarini kitob o'qishga emas, mana shunday behuda sarf qilmoqdalar. Aytingchi, ushbu seriallar orqali yoshlar behayolikni o'rganadimi yoki odam o'ldirishnimi ? Qani sharqona qarashlar? Qani o'zbek millatiga xos ibo - hayo, umuminsoniy qadriyatlar, qani vatanparvarlik tuyg'usi ? Ushbu seriallar va ko'rsatuvlar yoshlar ma'naviyati va madaniyatiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Yoshlar ongida g'arb kiyinish madaniyati va odob - axloqi yuzaga kelmoqda, bizning sharqona qarashlar esa yo'qolib ketmoqda. Yoshlar g'arbga taqlid qilgan holda o'z kelajaklariga bolta urmoqdalar. Afsuski, o'zimizning ayrim serial va ko'rsatuvlarimizda ham asosiy g'oya bu ishq - muhabbat bo'lib qolgan. Bu esa yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi og'riqli nuqtamizdir. Albatta, yoshlar ongiga vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi sharqona qarashlarni o'zida mujassam etgan filmlarimiz ham yo'q emas, lekin ular sanoqligina xolos. Menimcha, bunday film va ko'rsatuvlar sonini yanada ko'paytirib, yuqorida keltirilgan g'arb madaniyatiga xos bo'lgan ko'rsatuv va teleseriallarni umuman efirga uzatmasak, yana bir yuqori cho'qqini zabt etgan bo'lar edik.
Tarbiyali, ma' naviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning " Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari " buyuk maqsadiga erishuvida ma'naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Mazkur masala o'ta dolzarb bo'lganligidan barcha zamonlar donishmandlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon faylasufi Aristotelning " Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi " degan so'zlari bor. Zardushtiylik ta'limoti uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi : " Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal ". Shu uchchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy tarbiya xususida yanada yorqinroq so'z aytgan : " Bolaning tabiati rivojlanishga moyil bo'ladi, uni qanday g'oyalar bilan to'ldirish ota - onaga va ustozga bog'liq ". Har birimiz o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga befarq bo'lmasligimiz kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli farmoyishi asosida Jizzax davlat pedagogika institutida 2019 yil 18-19 aprel kunlari “Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanning rasmiy ochilishi va yalpi majlisi 2019 yilning 18 aprel kuni soat 10:00 da JDPI madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Anjumanning yalpi majlisida pedagogika fani va boshlang‘ich ta’lim sohasining yetakchi olimlari, jumladan, p.f.d., prof. Safarova R.G. (O‘zPFITI), prof. Djumaev M. (TDPU), prof. Raximov B. (GulDU), f.f.d. Ernazarova M.S. (NDPI), prof. To‘raqulov X.A. (JDPI), prof. Jumanazarov U.A. (JDPI) lar bugungi kun ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’limning o‘rni va ahamiyati, ta’lim-tarbiya tizimidagi dolzarb muammolari nimalardan iborat ekanligi, shuningdek, ularning yechimi borasidagi o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Anjumanning amaliy ahamiyati sifatida shuni ta’kidlash lozimki, anjumanda nafaqat oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, balki o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi tizimidan ham ma’ruzachilar qatnashib boshlang‘ich ta’limni sifat va samaradorlik jihatdan yuksaltirish borasidagi fikrlarini bayon etdilar.
Ilmiy-amaliy anjumanda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor –o‘qituvchilarining ilmiy-ijodiy ishlari, “Mohir qo‘llar va dizaynerlik” to‘garagi a’zolarining ijodiy ishlari, shuningdek, Jizzax shahar 19-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “O‘zbekiston mening vatanim mening” nomli rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Anjuman ishi 2019 yil 18-aprel tushdan keyin soat 15:00da va 19 aprel kuni soat 9:00 da sho‘ba yig‘ilishlarida: 1-sho‘ba: Boshlang‘ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, 2-sho‘ba: Boshlang‘ich sinflarda ona tili va adabiy ta’limning dolzarb muammolari, 3-sho‘ba: Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomillashtirish, 4-sho‘ba: Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash masalalari kabi davom etdi.
Anjuman o‘z ishini 2019 yil 19 aprel kuni 16:00 da yakunladi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani yakunida bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan xulosa va takliflar asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakultetining TDPU, GulDU NDPI boshlang‘ich ta’lim fakultetlari bilan, shuningdek, viloyat o‘rta maxsus va kasb hunar ta’limi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.


Yüklə 20,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin