Ota va o„g„il suhbatidan ayon bo„ladiki, toj-taxt, boylik Abdullatif ko„ngil
ko„zini ko„r qilib, iymonidan ayiradi. Shahzoda maqsadiga yetishish uchun hatto
zimmasidagi farzandlik, og„alik burchini ham yodidan chiqarib qo„yadi.
Ulug„bek taxt qo„lidan ketganiga aslo achinmaydi, balki zurriyodining
kelajagidan xavotirlanadi. Yoshlik qilib yo„l qo„ygan xatolari tufayli badnom
bo„lib qolmasligidan tashvishlanadi. Chunki u shoh bo„lsa ham oddiy insonlar kabi
mehribon va kuyunchak ota.
Mavzu asosida tashkil qilinadigan taqdimotda guruhlarga muammoning
oqibatlari haqidagi fikr-mulohazalarini quyidagicha jadvalga qayd etish vazifasi
topshiriladi:
1
Shermuhamedov P. Tarixning ruhiy muammosi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –195-bet.
25
Qoralovchi
Oqlovchi
Abdullatif qilmishlari nafratga loyiq.
Uning xalqiga, qondoshlariga, otasiga
xiyonati jazosiz qolmadi. “Qilmish-
qidirmish” – diyonatsiz o„g„il umrining
xotimasi.
Shahzoda kechirilmas xatoga yo„l qo„yib,
qabihlikka
qo„l
urganidan
cheksiz
pushaymon. Vijdon azobiga tushishdan
ortiq jazo yo„q, albatta.
Tahlil yakunida quyidagicha xulosaga kelinadi: Bu dunyoda insonlardan
faqat yaxshi nom qoladi. Qilingan ezgu ishlar ila insonlar nomi umrboqiydir.
Yovuzliklar esa faqat tavqila‟natga loyiq. Bu esa Mirzo Ulug„bek faoliyati va
Abdullatifning ayanchli qismati misolida yaqqol namoyon bo„ladi.
Xulosa
qilganda,
adabiy
ta‟lim tizimida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish mustaqil tafakkurli Barkamol shaxsni
tarbiyalash va yosh avlodning jamiyat oldidagi fuqarolik burchini anglatishga
xizmat qiladi.
1.2-§. Badiiy asar tahliliga tayyorgarlik bosqichlari
Ifodali, sharhli, badiiy o„qish, hikoya qilish, suhbat o„quvchilarni tahlilga
tayyorlaydi va asarning g„oyaviy-badiiy mohiyatini ochishga, yozuvchining
mahorati xususida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Tahlil uchun o„qituvchi
qanday usulni tanlamasin, g„oyaviy-badiiy muammolar, bosh qahramonlar,
ularning taqdiri va muallifning hayotga qarashi diqqat markazida bo„lishi lozim.
Asar tahliliga kirishayotib o„qituvchi ishning asosiy bosqichlarini belgilash
bilan quyidagi masalalarni nazarda tutadi:
– tahlilning maqsad va mazmunini (o„quvchilar nimani va qanday maqsadda
o„rganadi) aniqlashi;
– ishni tashkil qilish rejasini tuzishi (mashg„ulot bosqichlarini rejalashtirish,
topshiriqlar tizimini ishlab chiqish);
– o„quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish jarayonlarini e‟tiborga olishi
kabilar.
Adabiyot o„qitish metodikasida kirish mashg„ulotlaridagi o„qituvchi so„zi,
asar ustida ishlash va yakunlovchi mashg„ulotlar tahlilga tayyorlash bosqichlari
sifatida qaraladi.
6-sinfda Mirpo„lat Mirzoning “Irmoq”
1
she‟rini mustaqil o„rganish
maqsadini belgilashda shoir poetik olamiga nigoh tashlash orqali umr haqidagi
falsafasi anglanishi nazarda tutiladi.
She‟rda tasvirlanishicha, nogoh osoyishta, bamaylixotir yo„lida davom
etayotgan zilol irmoq qarshisida shiddatli bo„tana paydo bo„lib, uni o„z domiga
tortadi. Lojuvard irmoq jonholatda o„zini har yonga urib mavjlanmasin, cho„ng
nahrning shafqatsiz to„lqinlari qarshisida ojiz qolib, loyqa muhitga qo„shilib ketadi.
Shu zaylda mahv etilgan irmoq ko„z yoshi to„ka-to„ka qismatiga ko„nika
boshlaydi. Chorasizki, na beayov bahri muhit ichida o„z yo„lini topa biladi, na
daryo suvini toza qila oladi...
1
Мirpo„lat Mirzo. Saylanma. She‟rlar. –Т.: Sharq, 2004. –197-bet.
26
Irmoq taqdirini xuddi A.Oripovning “Tilla baliqcha” she‟ridagi baliqchaga
ravo ko„rilgan hayot tarzi bilan qiyoslash mumkin. Muallif irmoq va daryo
obrazlari orqali haqsizlik, zo„ravonlik inson hayotini tubdan o„zgartirib yuborishi,
erksizlik ulkan halokat ekanligini majoziy yo„sinda aks ettiradi.
She‟r tahlili bosqichlarini “Birgalikda o„rganamiz” (“Koop-koop”) usuli
talablariga muvofiq quyidagicha rejalashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |