24
qilishi, ayni zamonda voqealarning bugungi kunga hamohang tomonlarini
bo„rttirib ko„rsatishi lozim. Aks holda, tarixiy voqealarga murojaat qilishning
ahamiyati bo„lmaydi. Axir har bir badiiy asar bugungi kunimizga xizmat qilishi
zarur-ku!”
1
.
Bu bosqichda ota va o„g„il o„rtasida paydo bo„lgan ziddiyatlar ildizi
aniqlanib,
taqdimot
qilinadi.
Jumladan,
taxtni
yuzsizlarcha
egallagani
yetmaganday, Abdullatif padari buzrukvorini uy qamog„ida saqlaydi, diliga ozor
yetkazib, andishasizliklar qiladi, necha yillar davomida yozgan va to„plagan nodir
kitoblarini yo„q qilishga fatvo beradi, nogiron ukasi Abdul‟azizni o„limga mahkum
etadi.
Shahzoda qilmishlari oqibatini faqat yengil hayotga ruju qo„yganligida deb
emas, balki atrofini ma‟rifatni bid‟at biluvchi jaholatparastlar egallab olganligiga,
bolaligidan olis yurtda, ota-ona mehridan benasib bobosi Shohruh Mirzo saroyida
“...tirik etimcha bo„lib, ko„ngli o„ksib” (166-bet) ulg„ayganligiga bog„lab ham
sharhlash mumkin. Shu kabi omillar uning qalbida bag„ritoshlik, o„zgalar taqdiriga
loqaydlik, faqat shaxsiy manfaatini o„ylashlik kabi illatlar ildiz otishiga sabab edi.
Masalaga shu nuqtai nazardan yondashilsa, Abdullatifning otasiga dushmanlarcha
munosabati boisi ma‟lum darajada oydinlashadi.
O„z pushti kamaridan bo„lgan jigarbandini ayblash Ulug„bek uchun oson
kechmaydi, albatta. Abdullatif har qancha adolatsizlik qilsa-da, ko„nglining tub-
tubida farzandi arjumandiga bo„lgan muhabbati so„nmagan edi. O„g„lining bundan
keyin ilm, ijod bilan shug„ullanishiga monelik qilmasligiga ishonardi.
Shahzodaning insofga kelishidan umidvor bo„lgan otaning iztirob aralash aytgan
so„zlari buning yana bir bor tasdig„idir: “– Shahzodai juvonbaxt!.. – Taxtimning
valiahdi sen eding. Ollo taolo faqirni o„z rahmatiga chorlasa bu taxtga sen o„ltirar
eding. Olloning inoyati bilan ko„zim tirigida bu taxt senga nasib bo„libdi, men
bunga rozimen...” (104-bet)
Abdullatifning otasiga javoban bepisandlik bilan aytgan: “– Balli sizga,
qiblagoh! Va lekin men bu taxtni sizning ixtiyoringiz bilan emas, birlamchi, haq
taoloning inoyati, ikkilamchi, o„z kuch-qudratim ila qo„lga kiritdim!” (105-bet)
tarzidagi zaharxandasi uning kibr-havoga berilgani va imkoniyatini ortiqcha
baholaganligidan guvohlik beradi.
Dostları ilə paylaş: