20
o„z mehnatlaridan zavqlanish hislarini tarbiyalab, navbatdagi jarayonning
ko„tarinki ruhda o„tishini ta‟minlaydi.
Bayon etilayotgan fikr-mulohazalar inobatga olinishi, qo„llab-quvvatlanishi
o„quvchilarning tahlilda faol ishtirok etish va erkin fikrlashga bo„lgan ishtiyoqini
kuchaytiradi. Aksincha, e‟tiborsizlik o„quvchilar intilishi va qiziqishining
susayishiga sabab bo„ladi. O„quvchilarning o„ziga ishonchi orta borishi natijasida
fikrini asoslab, himoya qila olish malakasi guruhlarda jamoa bo„lib ishlash orqali
takomillasha boradi.
Puxta rejalashtirilgan ta‟lim maqsadlari, tanlangan metodik usul va vositalar
o„quvchilarning asar qahramonlari sezimlari, personajlar o„rtasidagi o„zaro ixtilof
va kelishmovchiliklar sababini aniqlab, ulardan to„g„ri xulosa chiqarishlariga
zamin hozirlaydi.
“Inson, shaxs jumbog„i, bu jumboqni yechishga intilish, inson hayoti
mohiyatini anglashga, shaxs tabiati va ruhiyatini taftish va tahlil qilishga intilish –
romanning, umuman, badiiy adabiyotning bosh vazifasi”
1
ekanligi nazarda tutilsa,
tahlil jarayonida qahramonlar xatti-harakatlari, e‟tiqodlari yo„lidagi kurashlari va
kechinmalariga odamiylik nuqtai nazaridan baho beriladi.
Jarayon avvalida
“Zanjir” usuliga murojaat orqali Muhammad Tarag„ay
Ulug„bek hayoti va merosi yuzasidan to„plangan ma‟lumotlar izchillikda bayon
etilib, taqdimot o„tkaziladi. Taqdimotda falakiyotshunos olim faoliyatining xalqaro
miqyosda e‟tirof qilinishi haqidagi ma‟lumotlar o„quvchilar izlanishlarining davr
ruhiga hamnafasligidan dalolat beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tayyorlangan slaydlar
namoyishida alloma aql-idroki va zakovati, uning dunyo ilm-fani tamadduniga
qo„shgan hissasi o„z aksini topadi.
Mashg„ulotning navbatdagi bosqichida shaxsning individual kamol topishi
uchun zarur bo„ladigan hayotiy ko„nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan
FSMU texnologiyasidan foydalaniladi.
Mazkur texnologiya o„quv dasturida o„rganilishi rejalashtirilgan bo„lim,
bob, mavzular yoki mustaqil o„qishga tavsiya etilgan asar bilan to„liq tanishib
chiqilganidan so„ng bahs-munozarali masalalar, muammoli vaziyatlarni hal etishda
qo„llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: