10
obrazi misolida butun bir jamiyat fojiasi qalamga olingani anglanishi ko„zda
tutiladi.
Hikoya boshdan oxirigacha qayg„u va azoblarni yengishga arang kuch topa
bilgan ayol taqdiriga achinish hissi, darddoshlik tuyg„ulari bilan mutolaa qilinadi.
Unda kitobxonni titratib yuboradigan shunday epizodlar mavjudki, ularni
hayajonsiz qabul qilish mumkin emas. Jumladan, “Bayna momo mehmonxona
eshigidan chiqaverishda otasini otib tashlanganini ko„rgach, uyga yugurib kirib
ketgan, qo„liga otasining miltig„ini tutib turgan o„g„lini ko„rdi – o„g„lining
ko„zlarida ham eriniki kabi g„azab, telbalik yonardi. Bayna momo o„g„lini
ogohlantirishga ulgurmadi. Birdaniga bir necha o„q ovozi uning qulog„ini bitirib
qo„ydi va o„g„li otasining ustiga yuztuban yiqildi – yiqilarkan,
endi sabza urgan
mo„ylovi titrab ketdi, onasiga bir zum qo„rquv va hijolat aralash tikildi...”
1
.
O„smirning jon berishi lavhalari hatto tasavvurda jonlanganida yuraklarni
larzaga keltiradiki, tahlil chog„ida o„quvchi birvarakayiga eng yaqin kishisi va
jigarbandining otib tashlanganiga guvoh bo„lgan bir mushtipar ayolning o„sha
lahzalardagi holatini tushunishi qiyin kechmaydi.
Bayna momo ruhiyatidagi qarama-qarshi his-tuyg„ular haqida so„z yuritar
ekan, tadqiqotchi G.Imomova shunday yozadi: “Hayotning abadiyligi, o„zgarmas
va bardavomiyligini ta‟kidlash maqsadida yozuvchi qahramonning ong oqimiga
murojaat qiladi. Bu usul, bir tomondan, obrazning sintezlashgan
yaxlit qiyofasini
yaratishga, ikkinchi tomondan, hayot qonuniyatlarining boqiyligini ta‟kidlashga
xizmat qilgan”
2
.
Haqiqatan ham, o„quvchi tahlil davomida yuqorida ta‟kidlanganidek,
momoning zohiran sokin, ammo botinida isyon qilayotgan g„alayonlar, yashamoq
va o„lim, shodlik va g„am, baxt va baxtsizlik azaldan hamroh ekanligiga, bir so„z
bilan aytganda, bu obraz kuchli dramatizm bilan sug„orilganiga yana bir karra
amin bo„lishi, tabiiy.
Ichki dunyosi nafaqat xatti-harakatlari, gap-so„zlari, balki yuz ifodalarida
aks etishiga munosabat bildirish asnosida ayol tiynati chuqurroq taftish qilinishiga
erishiladi. Masalan, bo„ribosarlarini ergashtirib qishloqni aylanishga chiqqan
Zamon otboqar tasodifan qoya ostida elkasiga o„tin ko„tarib kelayotgan momoga
duch kelib qoladi. “Bayna momo qarib qolgan
, ammo hali ham ko„zlari
xuddi o„n
besh yil avvalgidek qahrli va nafrat to„la edi”
3
.
Ko„rinadiki, shu birgina parchaning o„ziyoq qahramon qalbida kechayotgan
evrilishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham
otboqarning ayol adovati
balqqan sovuq nigohlariga dosh berishi qiyin kechadi va o„ziga bunday
qaramaslikni buyurib do„q uradi.
Momoning umrbod yolg„izlikka mahkum bo„lishida davr mafkurasiga qul
bo„lgan Zamon otboqarning odamiylikdan yiroq xatti-harakatlari, qotillikka
jimgina qo„l qovushtirib, yashirin tomoshabinga aylangan qo„ymijoz kimsalarning
ma‟lum ma‟nodagi aybdorligiga munosabat bildirish tahlil mezonlaridan
1
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. –Т.: Sharq, 2008. –253-bet.
2
Imomova G. Badiiy sintez imkoniyatlari. //O„zbek tili va adabiyoti. –Т.: 2012, №1. –67-bet.
3
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi. –Т.: Sharq, 2008. –254-бет.
11
hisoblanadi. Zero, asarda “hayot, uning mazmuni, yashashdan maqsad nima
qabilidagi
falsafiy
masalalar
ko„proq sho„ro
davrining poetiklashgan,
ramziylashgan suvrati bilan bog„langan holda tasvir etilishi”
1
diqqat markazida
bo„lmog„i muhim.
Dahshatli fojia sodir etilayotgan lahzalarda Bayna momo o„zi mehr qo„ygan
tersotaliklardan najot kutadi, ammo baxtga qarshi borliqni go„yoki yer yutib
yuborgandek, mubham osoyishtalik hukm surardi. Qishloq ahlining jur‟atsizligi
undagi cheksiz mehrning kuchli nafratga aylanishiga sabab bo„ladi. Shu kabi
epizodlarga diqqat qilish orqali o„quvchilarda tarixiy sharoit va ijtimoiy
munosabatlarni baholash ko„nikma, malakalari shakllantiriladi. Jumladan,
momoning “ko„kragi ilma-teshik bo„lgan o„g„liga qarata Zamon otboqar yana bir
necha bor o„q uzarkan, u madad izlab, uylarning tuynuklarini
yopib turgan qora
pardalarga bir-bir ko„z tikdi, biroq u yerda sovuq sukutdan boshqa hech narsa
ko„rinmas, zulmatga cho„kkan tuynuklar bu misli ko„rilmagan qotillikni jimgina
tomosha qilib turardi”
2
.
Bayna momo obrazi “sho„ro davri nasridagi aksar qahramonlar singari
jamiyatdagi o„zgarishlarga, xalq hayotidagi yangilanishlarga o„z munosabatini
bildiruvchi, o„z faoliyati bilan tirikligini go„zalliklar bilan burkovchi ijtimoiy faol
shaxs emas. Unga o„z hayotini yaratuvchanlik, bunyodkorlik faoliyati bilan
boqiylashtirishga safarbar o„ktam ayol xususiyati butkul yot”
3
.
Momo tabiatidagi bu jihatlarga yozuvchi quyidagicha yondashadi:
“Yillar bilan birga hamma narsa o„zgarar, faqat Bayna momogina uni
sezmas, go„yo uning uchun vaqt o„sha holicha qotib qolganday, uni o„sha ellik yil
oldingi eri va o„g„lining o„ligini askarlar tepkilab o„tishgan
ustun oldidan topish
mumkin edi”
4
.
Ahamiyat qilinsa, ayolni ado qilgan musibat va g„am-anduhlar yillar
to„fonida mushtdekkina qiyofa aks etgan jussasi-yu yuzini tilimlab bejagan
ajinlarida iz qoldirgani ko„zga tashlanadi. Bu dunyoda gaplashishga munosib odam
yo„qdek o„zini odamlardan olib qochishi, har tong qo„y-echkilarini daryo bo„yidagi
yulg„unzorga haydab ketishi-yu kech tushgach, qurigan shoh-shabbalarni orqalab
qaytishi lavhalari momoning tabiatiga singib ulgurgan odamovilik va ojizlik
sifatlarida in‟ikosini topadi.
Bayna momo obrazini texnologiya maqsadiga ko„ra shunday tavsiflash
mumkin:
Dostları ilə paylaş: