Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Adabiy tahlil adabiy ta‟limning zaruriy bosqichi hisoblanadi.
Badiiy asarning o„quv tahlili adabiyotshunoslik tahlilidan farqlanadi. Agar 
ilmiy tahlilda adabiyotshunos fan ma‟lumotlariga tayansa, o„quv tahlilida 
o„qituvchi DTS va dastur talablaridan kelib chiqib o„quvchilarning yosh 
xususiyatlari va bilish darajasini hisobga olib ish ko„radi.
O„quv tahliliga xos muhim xususiyat haqida professor Q.Yo„ldoshev 
shunday fikr yuritadi: “Hayotdagi har bir odam yechimi topilmagan muammo. 
Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning qirralarini butun murakkabligi, 
iztiroblari, kechinma-yu o„ylari bilan tasvir etish orqali o„zgani his qilishga, o„ziga 
daxli bo„lmagan begona odamning dardiga sherik bo„lishga odatlantiriladi. O„z 
tabiati yo„nalishi va maktab qo„ygan pedagogik vazifaning xususiyatiga qarab har 
bir o„quvchi timsol yordamida qilingan tahlil natijasida o„z ruhiyatida muayyan 
yangi sifatlar hosil qiladi. Qandaydir shaxslik fazilatlariga ega bo„ladi”
5
.
Ammo asarning syujet qurilishi, kompozitsion tuzilishi, g„oyaviy-badiiy 
xususiyatlari, obrazlar tizimi, tili o„quv tahlilining muhim sharti bo„lib qolaveradi 
va u, avvalo, o„qituvchi va o„quvchining asar g„oyaviy yo„nalishi, mavzusi, 
1
Мirqosimova М.М. O„quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. Ped. fan. 
dokt… diss. –Т.: 1993.
2
Мatchonov S. Umumta‟lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish. Ped. fan. dokt… diss. – Т.: 1998. 
Husanboyeva Q.P. Adabiy ta‟lim jarayonida o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatishning ilmiy-metodik asoslari. 
Ped. fan. dokt… diss. –Т.: 2006.
3
Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta‟lim tizimida o„zbek adabiyotini o„rganishning nazariy va metodik asoslari (rus 
guruhlari misolida). Ped. fan. dokt... diss. –Т.: 2007. 

184-bet.
4
Богданова О.Ю., Леонов С.А., Чертов В.Ф. Методика преподования литературы. Под редакцией О.Ю 
Богдановой. Учебник для студентов пед. вузов. – М.: Издательский центр “Академия”, 2-е издание, 
стереотьипное, 2002. ст. –13. 
5
Yo„ldoshev Q. Adabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –Т.: O„qituvchi, 1996. –116-bet. 



qahramonlar xarakterini ochib berish, tasviriy vositalarni mazmun bilan birgalikda 
o„zlashtirish bo„yicha hamkorlikdagi ishi hisoblanadi.
“Aslida kitobxon ham yozuvchi singari ijodkor, – deb yozadi metodist olim 
S.Matchonov. – U asar mutolaasi jarayonida muallif faoliyatini takrorlash yo„lidan 
boradi. Yozuvchi ijodining murakkabligi shundaki, u xayolida tug„ilgan g„oyani 
adabiy qahramonlarning xatti-harakati, kurashlari misolida konkretlashtirsa, 
kitobxon unga teskari – adabiy qahramon xatti-harakati, kurashlari tasviridan 
umumiy xulosalar chiqarish yo„lini tutadi”
1
.
Badiiy asar tahlili oldiga qo„yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda 
tarixiylik, shakl va mazmun birligi tamoyillariga tayaniladi. 
Bu tamoyillar adabiy tahlilning quyidagi qator komponentlari yordamida 
amalga oshiriladi:
1. Asarda qo„yilgan tarixiy va ijtimoiy muammo. 2. Yozuvchi nuqtai 
nazarining matnda ifodalanishi. 3. Asar mavzusi va syujeti qurilishi. 4. Adabiy 
qahramonlarga xos yetakchi xususiyatlar. 5. Asarning kompozitsion tuzilishi. 6. 
Badiiy til xususiyatlari va uslubi. 7. Asarning janriy o„ziga xosligi. 8. Yozuvchi 
ijodining o„z davri uchun ahamiyati, zamon bilan aloqasi. 
Tabiiyki, har bir asar tahliliga yuqoridagi barcha komponentlarni jalb qilib 
bo„lmaydi. O„qituvchi asarni anglash jarayonini tashkil etar ekan, o„quvchilarga 
tahlil ko„nikmalarini singdirishi kerak. Tahlil o„quvchilarning badiiy matnni 
chuqur anglashiga yordam beribgina qolmasdan, ularda ezgu hislarni tarbiyalaydi, 
o„z hayoti haqida fikr yuritishga undaydi. 
Adabiyot o„qitish metodikasida tahlilning quyidagi usullariga keng o„rin 
berilgan:
1. Voqealar rivojini o„rganishga qaratilgan uzviy tahlil. 2. Asar mavzusining 
ayrim jihatlarini ajratib ko„rsatuvchi tahlil. 3. Asar mazmuni va shakliga doir 
kompozitsion tahlil. 4. Badiiy tilning ifodaviy vositalari orqali yozuvchi nuqtai 
nazari, g„oyasi, fikrlarini tushunishga yo„naltirilgan filologik tahlil. 
Aslini olganda, bir xil asarlarning g„oyaviy-badiiy mazmuni kompozitsion 
tahlil orqali ochib berilsa, boshqasida syujet qurilishi misolida ko„zdan kechiriladi, 
uchinchisida obrazlar tahlili muhim vosita vazifasini o„taydi. 
Adabiy tahlil muammolari rus metodist olimlari N.Kudryashev, 
V.Maransman, G.Gukovskiy, G.Ionin, L.Ayzerman, A.Bushminlar tadqiqotlarida 
atroflicha o„rganilgan bo„lib, o„zbek olimlaridan A.Zunnunov, Q.Yo„ldoshev, 
M.Mirqosimova, S.Matchonov, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetovalar masalaga o„z 
tadqiqot ishlari maqsadidan kelib chiqib ijodiy yondashadilar.
Taniqli metodistlaridan A.Zunnunov asardan tanlangan qismlar bo„yicha 
yo„naltiruvchi, obrazli hamda mufassal tahlil kabi turlari farqlanishi haqida fikr 
yuritsa
2
, Q.Yo„ldoshev ularga qo„shimcha holda tahlilni muammoli usulda amalga 
oshirish haqidagi o„z qarashlarini ilgari suradi
3
. Adabiyot o„qitish amaliyotida 
izchil hamda obrazli tahlil usullari keng tarqalgan.
1
Safo Matjon. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –Т. O„qituvchi, 1996. – 49-50-betlar. 
2
Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o„qitish metodikasi. –T.: O„qituvchi, 1992. – 162-bet.
3
Yo„ldoshev Q. Adabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –Т.: O„qituvchi, 1996. –116-117-betlar. 




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin