Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Estetik kompetensiya maqsadi o„quvchilarda badiiy so„z qudrati hatto o„lik 
tanaga jon bag„ishlashi... (Alisher Navoiy), asar jozibasi va nafosatini, go„zal 
tuyg„ular, eng nozik sezimlarni qalban his qila oladigan shaxslarni kamol 
toptirishga qaratilgan. 
Ta‟lim oluvchilarning o„zgalar bilan munosabatga kirishish, muomala 
madaniyatini egallash, ular mehrini qozonishga intilish sifatlarini shakllantirish 
kommunikativ kompetensiyaga xos xususiyat hisoblanadi.
Kreativlik kompetensiyasi o„quvchilarda o„z ishiga ijodiy yondashish, 
muammoli vaziyatlarga yechim topa olish, mustaqil qarorlar qabul qilish 
malakalarini rivojlantirishni ko„zda tutadi va hokazo.
Ushbu monografiya adabiy ta‟limga doir xususiy va umumiy 
kompetentlikning mustaqil mutolaa, sinfdan tashqari o„qish hamda badiiy tahlil 
usullari misolidagi tadqiqiga bag„ishlanadi. 
1
Мuslimov N.А. va boshq. Bo„lajak o„qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. –Т.: 
Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi. 2013. –10-beт. 
2
Тurdiyev N. Таyanch kompetensiyalarni shakllantirish. //Umumta‟lim fanlari metodikasi. – Т.: 2014, №3. –2-3-
betlar.



I BOB 
 
 
ADABIY TA‟LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA 
DOIR TAHLIL USULLARI 
 
1.1-§. Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil 
 
So„nggi yillarda umumiy pedagogikaga oid tadqiqot ishlarida o„quvchilarda 
mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik, ilmiy, 
amaliy xususiyatlariga doir kompetensiyaviy yondashuv ta‟lim-tarbiya sifati va 
samaradorligini ta‟minlashning muhim omili sifatida tadqiq qilinadi. Negaki, bilim 
olishning asosiy usuli bo„lgan mutolaa jarayonlarini takomillashtirish jamiyatning 
umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‟naviy va madaniy rivojlanishida 
poydevor vazifasini o„taydi, uni sifat jihatidan yangi bosqichlarga ko„tarishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Adabiyotdan Davlat ta‟lim standartida ta‟lim oluvchilar “...badiiy matnni 
emotsional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur va 
ijodiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa san‟at asarlari 
bilan yaqin va farqli jihatlari haqidagi tasavvurlarini, ularning og„zaki va yozma 
nutqlarini rivojlantirish”
1
kabi minimum talablarning qo„yilishi fanga oid 
kompetensiyalarni egallash zaruriyatini taqozo etadi.
Asar mutolaasi muammosi kecha yoki bugun o„rtaga tushayotgani yo„q. Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Husayn 
Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, keyinchalik Mahmudho„ja 
Behbudiy, Abdulla Avloniy va Hamza asarlarida “o„qish, o„qiganni uqish hamda 
unga amal qilish” inson ma‟naviy kamoloti bilan bog„liq mutolaaning tub 
mohiyatini tashkil etishi qayta-qayta tilga olinishi bejiz emas.
Fransuz ma‟rifatparvar adibi Deni Didro: “Odamlar o„qishdan to„xtashlari 
bilan fikrlashdan ham to„xtaydilar” deya mutolaaga, ayniqsa, yuksak baho bergan 
edi. Shuning uchun ham S.Dolimov, Q.Ahmedov, A.Zunnunov, S.Ismatov, 
K.Qosimova, Yu.Sultonov, F.Badriyev kabi keksa avlod vakillaridan tortib 
O.Madayev, T.Niyazmetova, M.Mirqosimova, Q.Yo„ldoshev, S.Matchonov, 
B.To„xliyev, R.Niyozmetova, Q.Husanboyeva, F.Qodirova, B.Makulova singari 
kenja avlod metodist olimlarigacha mustaqil mutolaa muammosiga adabiy 
ta‟limning asar mazmunini o„zlashtirish, badiiy-estetik tarbiya, adabiy tahlil 
ko„nikmalarini shakllantirish, nutq o„stirish masalalari doirasida turli jihatdan 
yondashgan bo„lsalar, rus olimlaridan N.M.Gerdzey-Kapitsa, M.D.Pushkaryova, 
A.M.Lebedev, 
K.V.Malseva, 
A.G.Serdseva, 
S.L.Abramovich, 
N.L.Kagin, 
T.D.Polozova, 
M.A.Snejnevskaya, 
N.N.Svetlovskaya, 
R.A.Dekusheva, 
O.V.Djejeley, 
Ya.G.Nesturx, 
N.A.Bodrova, 
L.A.Sheyman, 
I.I.Chernova, 
I.S.Zabarskiy, I.Motyashev, S.N.Savina, G.I.Makrouchevalar muammoni yanada 
konkretlashtirib, asosan, sinfdan tashqari o„qish bilan bog„lab talqin qilishgan. 
1
Uzviylashtirilgan Davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 45-bet. 



Mustaqil mutolaa muammosini M.Mirqosimova “o„quvchilarda adabiy tahlil 
malakasini shakllantirish usullari tizimi”
1
misolida tadqiq qilgan bo„lsa, 
S.Matchonov, Q.Husanboyevalar
2
adabiyotdan mustaqil ishlarning asosi, 
o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatish usullari majmui tarzida talqin qiladilar. 
Professor R.Niyozmetova esa doktorlik dissertatsiyasida “o„quvchilarda o„qishga 
bo„lgan ehtiyojni, havasni, qiziqishni tarbiyalashi va shakllantirishi hamda
o„qilganlar yuzasidan o„ylash, muallif bu yerda ko„targan asosiy muammolarni 
anglab yetish, kitobdan talay hayotiy muhim savollarga javob izlash malakalarini 
hosil qilish kerak”
3
ligini nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, so„nggi yillarda mustaqil mutolaa muammosi yuzasidan 
D.G„aniyeva kutubxonashunoslik, S.Chiniyeva oila kitobxonligi, A.Umarov 
jamiyat taraqqiyoti va komil inson tarbiyasi nuqtai nazaridan ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borishdi. 
“O„qish 
muammosi, 
kitobxonlikni, 
kitobxon 
ma‟naviy olamini 
shakllantirish muammosi hanuzgacha eng dolzarb ilmiy muammo bo„lib qolar 
ekan, – deb yozadi rus olimasi O.Yu.Bogdanova – metodika fanida badiiy matnni 
yaxlit idrok etishni, uni chuqur sharhlashni, yozuvchi poetikasini anglashni 
ta‟minlaydigan ish usullariga ustunlik berish davom etaveradi. Adabiy ta‟limdagi 
asosiy komponent asarni o„qish va o„rganish, uni sharhlashning aytilishi tasodifiy 
emas”
4
.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin