Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Izchil tahlilda o„quvchilar syujet voqeligiga emotsional munosabat 
bildiradilar, asar mazmuni va shakli uzviy birlikda ko„rib chiqiladi. Ammo izchil 
tahlilning imkoniyatlari cheksiz emas. U ko„pincha ayrim epizod yoki bob 
doirasida cheklanib qoladi.
Adabiy asarni izchil tahlil qilishda matn mazmuniga aralashib ketish xavfi 
tug„iladi. Shuning uchun tahlilning bu turidan o„quvchilarning kitobxonlik 
madaniyati hali rivojlanmagan, asarni epizoddan epizodga chuqur qarab chiqish 
ehtiyoji zarur paytda foydalanish maqsadga muvofiq.
Masalan, 5-sinfda Zohir 
A‟lamning “Afandining qirq bir pashshasi”
1
qissasi tahliliga bag„ishlangan 
mashg„ulotda mazkur usuldan foydalanish orqali ayrim epizod yoki boblar 
o„rtasidagi sabab-natija bog„lanishlariga e‟tibor qaratiladi. Asar kompozitsiyasini 
tashkil etgan qismlar aniqlanib, g„oyalar boyitiladi hamda yozuvchining axloqiy-
estetik qarashlariga baho beriladi.
Qissada ishtirok etgan turfa obrazlar xarakterida mavjud xususiyat va 
qusurlar syujet chizig„ida konfliktni yuzaga keltirib, voqeliklar ketma-ketligini 
ta‟minlaydi. Jumladan, “Tush” bobida Afandining bog„ini sug„orish uchun nayrang 
ishlatib, Muhsin guppini laqillatishi epizodlari boyning o„ch olish rejasi bilan 
bevosita bog„liq bo„lib, “Qasosning yo„li topildi”, “Ikkita o„lja” boblari misolida 
davom ettirilganiga o„quvchilar diqqatini tortish tahlil maqsadini kafolatlashga 
xizmat qiladi.
Bozorga ketayotgan Nasriddindan mirshablar asal o„ziga tegishliligini 
tasdiqlovchi hujjat talab qilishganida, u bu ishda qandaydir sir borligini fahmlab, 
qishlog„iga qaytadi. Sodir va Nodir mirshablar qulay vaziyatdan foydalanib, 
boyning topshirig„ini bajarishga kirishadi.
So„ralgan qog„ozni olib kelgan Afandi hurjunlarga joylashtirilayotgan 
idishlarining negadir yengilashib qolganidan shubhalanib, ulardan birini ochib 
ko„radi. Bo„sh xumdan bir to„p pashsha uchib chiqish voqeasi ziddiyatlarning 
yanada keskinlashuviga olib keladi. Shundan so„ng ular aybdorni aniqlash uchun 
“bosh qotirishadi”. 
“Sodir mirshab birdan peshanasiga urib baqirdi: 

Topdim! Asalni kim gumdon qilganini topdim! 
Nasriddin indamay qarab turaverdi. Nodir mirshab “Kim? Kim?” deb 
so„radi.
– 
Haligi bog„log„ini yechganda
ichidan g„uvillab chiqqan pashshalar! 
O„shalar yegan asalni! 
– Yo„g„-e! – Nasriddinning
yuziga tabassum doridi.
– To„g„ri! – Nodir mirshab. – Aqlingga balli! 
– Be-e, qo„ysanglar-chi! – dedi Nasriddin soddalik bilan. – Shu uch-to„rtta 
pashsha ikki xum asalni yeya olarkanmi? 
– Yo„q, Nasriddin aka! – dedi Nodir do„stining bu fikriga yopishib olib. – 
Pashshalar uch-to„rttamas, qirq bitta edi”
2
.
1
Zohir A‟lam. Afandining qirq bir pashshasi. –Т.: Yangi asr avlodi, 2014. 
2
Zohir A‟lam. Afandining qirq bir pashshasi. –Т.: Yangi asr avlodi, 2014. – 61-bet. 



Aynan qirq bitta pashsha haqidagi uydirma ularning qilmishlarini zimdan 
oshkora etardi. Afandini axmoq qildik, deb toza suyunishgan mirshablar 
birgalashib pashshalarga chora qo„llash vakolatini olish uchun shahar qozisi 
huzuriga yo„l olishadi.  
“Gunohkor pashshalar”ni yo„q qilish bahonasida Nasriddin bu ishga bosh 
qo„shgan kimsalarni kaltaklab, xalq orasida sharmanda-yu sharmisor qiladi. 
Amaldorlar har qancha harakat qilishmasin, raqibining uzoqni ko„ra bilishi, 
hushyorligi, tadbirkorligi oldida ojiz qolishib, tavbalariga tayanishadi.
“Vakolatnoma” bobi epizodlari tahlili boy va hamtovoqlarining aybdorlarni 
jazolashga fatvo beruvchi hujjatni qaytarib olish borasidagi qabihliklari va yuzaga 
kelgan vaziyatlarning hajviy yo„sinda ochib berilgani yuzasidan mulohaza yuritish 
bilan yakunlanadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin