61
II BOB
ADABIY TAHLIL METODIKASI
2.1-§ . Adabiy ta‟lim jarayonida mustaqil mutolaa usullari
“Metod” so„zi yunoncha “metodos” so„zidan olingan bo„lib, “bilish yoki
tadqiqot yo„li”, “nazariya”, “ta‟limot” kabi ma‟nolarni anglatadi.
1
Metodikaning
(yunoncha “methodes”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish
metodlarining, usullarining yig„indisi yoki o„qitish usullari haqidagi ta‟limot
2
ligi
nazarda tutilsa, uni ta‟lim berish metodlari, yo„llari va vositalari haqidagi fan deya
ta‟riflash mumkin.
Didaktikada metod tushunchasi ta‟limning ikki yoqlama mazmunini
ta‟minlovchi, o„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi o„zaro uzviy aloqa tizimi sifatida
belgilanadi. Ammo metodika va unga yaqin bo„lgan boshqa fanlarda ta‟lim metodi
biroz boshqacharoq tushunilishi, masalan, “o„zaro bir-birini taqozo etuvchi
usullarning maqsadga yo„naltirilgan tizimi”, “o„quv jarayoni asosiy komponentlari
amalga oshirilishi bilan bog„liq umumlashma model”, “o„quvchilarning bilish
faoliyatini boshqarish usuli”, “o„qituvchi tomonidan tashkil etilgan o„quvchilar
faoliyati usuli” kabi ko„rinishlarda talqin etilishi mumkin. Umumiy tarzda
yondashilganda metod ta‟lim-tarbiya jarayonini maqsadli, tizimli amalga oshirishni
tartibga soluvchi hamkorlik yo„li bo„lib, ta‟lim sifati natijalanishi bilan
xarakterlanadi.
Metod tushunchasiga tarixiy nuqtai nazardan qaralganda bu kategoriyaning
ta‟lim maqsadi, mazmuni va shakliga qarab o„zgarib turishi kuzatiladi. Shu
boisdan har bir tarixiy davrning ta‟lim metodlari haqida o„z tushunchasini ilgari
surishini tabiiy hol deb tushunmoq kerak.
Ta‟limning aqliy hujum, guruhlarda ishlash, rolli o„yin, taqdimot, klaster
kabi ba‟zi zamonaviy usul va shakllarini ham metod deb yuritish odat tusiga
kirgan. Aynan shu holat bunday “metod”larning stixiyali ravishda ko„payishiga
olib keldi.
“Ta‟lim metodlari faqat ma‟lumotni qanday berishni belgilamaydi. Ular
materialning tizimi va uni ayni shu yo„l bilan ishlashga tayyorlashni ham nazarda
tutadi. Ya‟ni u o„quv materialiga singdirilgan bilimni o„quvchi o„zlashtira oladigan
tarzda berishni, bolalarda bilim olish qobiliyatini rivojlantirishni ham qamrab
olgan bo„lishi kerak”
3
.
Ko„pincha metodga o„qitish usullarning majmui sifatida qaraladi. Bunda
usul metodning qismi, ayrim ko„rinishi, detali sifatida tushuniladi. Ammo metod
va usul orasiga aniq chegara qo„yilmaydi. Negaki, agar usuldan doimiy ravishda
1
O„zbekiston Milliy ensiklopediyasi. –Т.: “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 5-jild,
– 613-bet.
2
O„zbek tilining izohli lug„ati. –Т.: “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 2-jild, –
582-bet.
3
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –Т.: Аlisher Navoiy nomidagi
O„zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 62-bet.
62
foydalanib, ta‟lim asosi qilib olinsa, u qonuniy metod darajasiga o„sib boradi.
Metod tushunchasi “biror harakatni amalga oshirish yo„li, usuli yoki ko„rinishi”
sifatida ham tavsiflanadi.
1
Adabiyot o„qitishda ma‟ruza, suhbat, ijodiy o„qish, reproduktiv, evristik,
tadqiqot, ekskursiya, mustaqil ish metodlaridan keng foydalaniladi. Ilmiy metodik
adabiyotlarda ijodiy o„qish, reproduktiv, evristik, tadqiqot kabi metodlar
o„quvchilar faoliyati turi sifatida qaraladi. O„qituvchi va o„quvchi faoliyatining
o„zaro aloqasi xususiyatiga ko„ra ko„rgazmali tushuntirish, ijodiy o„qish,
reproduktiv va tadqiqot metodlariga taqsimlanadi. Tabiiyki, bu metodlarning
barchasi alohida-alohida, sof holda qo„llanilmaydi. Mustaqil o„qishni tashkil
etishda ulardan kompleks foydalanib kelinishi tabiiy zaruratdir.
Adabiy ta‟lim metodlarini tasniflashga bunday yondashuvlar ularni umumiy
(faqat adabiyotni emas, balki boshqa ko„pgina fanlarni o„qitish jarayonida ham
qo„llanadi) va xususiy (faqat ma‟lum o„quv fanida qo„llanadi) fan metodlariga
taqsimlash imkonini beradi.
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida adabiy ta‟limning, asosan, ijodiy
o„qish metodi qo„llaniladi va u kitobxonning asarni badiiy idrok etish jarayonini
faollashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotdan Davlat ta‟lim standartida ta‟lim oluvchilar “...badiiy matnni
emotsional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur va
ijodiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa san‟at asarlari
bilan yaqin va farqli jihatlari haqidagi tasavvurlarini, ularning og„zaki va yozma
nutqlarini rivojlantirish”
2
kabi bajarilishi zarur vazifalar alohida belgilab qo„yilgan.
Ijodiy o„qish metodi o„z ichiga o„qituvchi va badiiy so„z ustalarining ifodali
o„qishi, sharhlab o„qish, suhbat, ijodiy topshiriq singari turli usullarni qamrab
oladi. Ifodali o„qish, yod olish, reja tuzish, hikoya qilish, og„zaki tasvirlash,
inssenirovka qilish, kinossenariy yozish kabilar ijodiy o„qish metodi doirasida
o„quvchilar bajaradigan faoliyat turi hisoblanadi.
O„qituvchi o„z ijodiy tajribasi va tashabbusiga tayanib yuqoridagi usullarni
boyitishi mumkin. Agar o„qituvchi so„z san‟ati asoslarini egallamasa,
o„quvchilarga ifodali o„qish ko„nikma va malakalarini singdira olmaydi.
Binobarin, ifodali o„qish intonatsiya – ohang yordamida badiiy asarning g„oyasi va
jozibasini to„g„ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilish mahoratini
anglatadi.
Ifodali o„qishga asarning g„oyaviy-badiiy mazmunini idrok etish,
munosabat bildirish, yozuvchining ifoda uslubini anglab yetish, o„z ovozi
imkoniyatlaridan to„g„ri foydalana olish kabi talablar qo„yiladi.
O„qituvchining ifodali o„qishga tayyorgarligi quyidagicha bir necha
bosqichda amalga oshiriladi:
– yozuvchi hayoti va ijodining o„ziga xos xususiyatlari, asarda aks etgan
nuqtai nazari haqida ma‟lumotlar to„plash;
1
Yo„ldoshev J., Usmonov S.А. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – Т.: Fan va
texnologiya, 2008. – 25-bet.
63
– badiiy asar tili ustida ishlash, tushunilishi qiyin so„zlarni belgilab olish;
– o„qish texnikasi ustida ishlash;
– har bir epizod va alohida sahnalarni o„qishda o„quvchilar oldiga
qo„yiladigan vazifalarni belgilab olish.
Ifodali o„qish o„quvchilar tomonidan to„laqonli idrok etilishi uchun
qahramon roliga kirish; aks ettirilgan voqelikni o„z tasavvurida jonlantirish; matn
mazmuniga nisbatan his-tuyg„ular uyg„ota olish talabiga ko„ra matndagi notanish
so„zlarni izohlash; asarni qismlarga bo„lib o„qish, mazmunini tahlil qilish;
ko„tarilgan muammoga munosabat bildirish kabi tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablaridagi ko„p yillik pedagogik faoliyatimiz
davomida o„quvchilarni ifodali o„qishga o„rgatish murakkab jarayon bo„lib, asar
janri, tavsif uslubi, yozuvchi nuqtai nazari bilan bog„liq usullarni qo„llash ijobiy
samara beradi, degan xulosaga keldik.
O„qituvchining ifodali o„qishi o„quvchilar faoliyatida o„z aksini topishi
uchun quyidagi usullarni qo„llash samarali hisoblanadi:
– audio va video yozuvlar orqali yozuvchi yoki badiiy so„z ustalari
tomonidan o„qilgan badiiy matnni tinglash; (Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov,
O.Hojieva,
O.Matjon,
M.Yusuf,
S.Sayyid,
F.Afro„z,
E.Shukurlarning
radioeshittirish va teleko„rsatuvlarda o„qigan she‟rlaridan foydalanish mumkin).
– o„zaro bog„liq matnlarda nutqning to„g„ri ohangini ishlab chiqish
(intonatsiya, marom, pauzalarni o„z o„rniga qo„yish, mantiqiy urg„ularni aniqlash);
– ko„chirmalar, maqollar, matallar, aforizmlarni yoddan ifodali o„qishga
o„rgatish; (televidenie orqali ko„rsatuvlar oralig„ida o„zbek xalq maqollari, iboralar
ma‟nosi yuzasidan beriladigan sharhlardan foydalanish shaklida. Masalan, 5-sinfda
maqollarga bag„ishlangan mashg„ulotlarda ko„chma ma‟no bu janrning yetakchi
xususiyatlaridan biri ekanliliga e‟tibor qaratiladi. Jumladan, “Qatorda noring
bo„lsa, yuking yerda qolmaydi” maqoli zamirida insonning sadoqatli do„stlari ko„p
bo„lsa, ularning qo„llab-quvvatlashi, yordami bilan mushkullari oson bo„lishi, har
qanday qiyinchilikni osonlikcha yengib o„tishi haqidagi fikr ilgari surilgan. Aslida
ham shunday: katta karvon hamrohligida safarga chiqqan kishi ko„zlagan
manziliga hech bir talofatsiz yetib olishi shubhasizligi o„z ma‟nosida qo„llangan.
Ifodali o„qishga o„rgatishning dastlabki bosqichida o„qituvchi ovoz
xususiyati va sur‟ati haqida tushuncha berishi lozim. Matndagi ta‟kidlovchi
so„zlarni ajratib, intonatsiya bilan talaffuz qilish asarning g„oyaviy-obrazli
mazmunini ifodalashda katta ahamiyatga ega. Bunda mantiqiy urg„uning o„rni
muhim bo„lib, unga ovozni ko„tarish yoki pasaytirish orqali amal qilinadi.
Mantiqiy urg„u matndagi g„azab, kesatiq, jirkanish, hurmat, samimiylik singari
turli hissiy holatlarni ochishga yordam beradi.
Masalan, Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” asaridan olingan
parchalarni ifodali o„qishga o„rgatish jarayonida o„quvchi asarda aks ettirilgan
jamiyat qiyofasi, inson taqdiriga mas‟ullik tuyg„usini anglashi kerak.
Mantiqiy
urg„u asar ruhini his qilish, obrazlar ichki dunyosini yoritishga xizmat qilishi
quyidagi parcha misolida ko„rib chiqiladi:
64
“Alisher o„z huzuriga boshi xam, (mungli ovozda o„qib, qisqa pauza qilish)
Dostları ilə paylaş: |