69
Sharhlash o„quvchida insonlarni ezguliklarga chorlovchi ayrim an‟ana va
qadriyatlar mohiyati haqida yangi bilimlarni o„zlashtirish, qahramonlar xatti-
harakatlaridan xulosa chiqarish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi.
Badiiy asarlarda sharhlashni talab qiladigan so„zlar ko„plab uchraydi.
Bunday paytda o„qituvchi sharhiga illyustratsiya ilova qilinsa, tushunish
osonlashadi. Masalan, “Xamsa” dostoni qahramonlari, “Boburnoma”da hayvonot
va nabobat olami, Uvaysiy chistonlariga ishlangan miniatyuralar, qomuslar,
lug„atlardan foydalanish o„quvchilarning aqliy faoliyatini o„stirish, kuzatish
ko„nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Slaydlar, hujjatli, o„quv va ilmiy-ommabop filmlar singari statik ko„rgazmali
qurollar leksik sharh uchun mos keladi. Namoyishdan maqsad o„quvchilarga asar
matnida uchrashi mumkin bo„lgan qator so„zlarning ma‟nosini izohlash orqali
tasavvuri va nutqni o„stirishdir.
Matn ustida ishlash jarayonidagi sharh kontekst izohning lo„ndaligi va
ko„rgazmaliligini ta‟minlash, ayrim so„zlarning semantiklashuvini o„z ichiga oladi.
Eskirib qolgan so„zlar bilan yonma-yon zamonaviy shaklini yoki sinonimini berish
qiyin emas. Oddiy umumxalq tilidagi so„zlar izohlanishi, ko„p ma‟noli so„zlar yoki
iboralar ta‟kidlanishi mumkin. Ayniqsa, mumtoz va tarixiy asarlarni o„rganish
jarayonida bu talablarning ko„zda tutilishi o„quvchilarning matn mazmunini
tushunish, davr ruhini his qilish, til xususiyatlarini o„rganishga bo„lgan
qiziqishlarini oshiradi. Xususan, Boborahim Mashrab g„azallari tahlilida notanish
so„zlarga jadval tuzilib, ularning ma‟nolari qomuslar, izohli yoki mumtoz asarlar
lug„atidan izlansa, so„zlarning etimologiyasi va leksikasi yuzasidan ham ma‟lum
darajada tadqiqotchilik faoliyati yo„lga qo„yiladi.
Xonavayronlar bilur aftodalarning holini,
Eyki, mahram bo„lmasang, chashmi tarimni kavlama
1
.
№ Izohtalab so„z
Qaysi tildan olingan
Ma‟nosi
1
Aftoda
forscha
Notavon, zaif; bechora.
3
Mahram
arabcha
Yaqin, sirdosh, ulfat; xizmatkor,
kanizak.
4
Chashmi tar
forscha
Yoshli ko„z, namli ko„z
2
.
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida badiiy asar yoki undan parchalar
o„rganishning yakuniy bosqichida leksikani sharhlash elementlari bilan suhbat
o„tkazish matn mazmunini chuqurroq o„zlashtirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: