Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Insoniylashtirish. Bu tabiat hodisalari, mavhum tushunchalarni inson 
obrazida tasavvur qilishni anglatadi. Masalan, Asqad Muxtorning “Nihol” 
she‟ridagi gursillab yiqilganidan, tag tomirlarigacha qo„porilgan keksa qayrag„och 
– umri poyoniga yetgan chol, unga tirgak bo„lishga intilgan navniholni esa yosh 
nabira obrazi sifatida ko„rsatilishi mumkin.
1
Аlisher Navoiy. Хаmsa. Qisqartirib nashrga tayyorlovchi А.Hojiahmedov. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. 

267-bet. 


72 
Ta‟kidlash. Badiiy obrazning biror jihati ajratib alohida ta‟kidlanadi. 
She‟rda Niholning “Kiftimga tashlayver keksa gavdangni”
1
tarzidagi daldasidan 
hayot nasllar bilan bardavomiyligi, yoshi ulg„ayganida inson farzandlariga 
suyanishi, e‟tiborsizlik, unutilishidan xavotirlanish va bir og„iz shirin kalomga 
ilhaqligini unutmaslik g„oyasi tarannum etilishi haqida fikr yuritiladi.
Tipiklashtirish: turli asarlarda ko„p bora takrorlanadigan, kengroq tarqalgan 
personajlar, vaziyatlarning o„xshash jihatlarini izohlash. Bunda Odil Yoquboqning 
“Ulug„bek xazinasi”, Xurshid Davronning “Alg„ul” tragediyasidagi Ulug„bek 
obrazlari, Oybekning “Navoiy”, Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” 
romanlaridagi Alisher Navoiyga xos insoniylik, oliyjanoblik kabi xislatlari va 
amalga oshirgan xayrli ishlariga tavsif beriladi.
Qiyoslash. Turli yozuvchilar tomonidan aynan bir xarakter tasvirini ochib 
berish, o„xshashligi yoki qarama-qarshi jihatlarini qiyoslash. Xususan, 
M.Osimning “To„maris”, Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasidagi To„maris, 
P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani, X.Davronning “Samarqand xayoli” 
asaridagi Bobur obrazlari “Venn diagrammasi” texnologiyasi asosida qiyoslanib, 
bu obrazlar uchun umumiy va farqli jihatlar o„rganiladi. Qiyoslash muayyan 
maqsadga yo„naltirilgan va rejali asosda bo„lishi kerak. 
Hozirgi paytda o„quv jarayonida mustaqil ta‟limga nihoyatda katta e‟tibor 
berilmoqda. Shu sababli O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi 
tasdiqlagan namunaviy o„quv rejalarida har bir fandan mustaqil ta‟limga tegishli 
soatlar ajratilganligi bu masalaning naqadar dolzarbligini ta‟kidlab turibdi. 
Adabiyotdan mustaqil ta‟limning keng tarqalgan turi referatdir. Yaxshi 
bajarilgan referat shaklidagi mustaqil ish o„quvchining ilm sohasiga qo„ygan 
birinchi qadami deyish mumkin. Albatta, hozir “internet referatlar” ko„payib ketdi. 
Lekin ularni ta‟qiqlash bilan maqsadga erishib bo„lmaydi.
O„quvchilarni internet materiallariga nisbatan ijodiy yondashishga o„rgatish 
tushunchalarini mustahkamlash va kengaytirishga yordam beradi. Referat yozishda 
o„quvchi faoliyati belgilangan muammoni hal etish yo„llarini ishlab chiqishga 
yo„naltiriladi. Tadqiqot maqsadi, yo„nalishi va mohiyati rejaga muvofiq izchil 
bayon etilishi, yangi g„oyalar, dalillar bilan isbotlanishi, asosli xulosalar 
chiqarilishi talab etiladi.
Insho, taqriz, matn yaratish kabi yozma ishlar ham o„quvchilarni tahlilga
yo„naltiruvchi vositalar sifatida e‟tirof etiladi. Jumladan, maktub usuli ta‟limda 
yangilik sanalmasa-da, o„quvchilarni biror yozuvchining ijodi bilan yaqindan 
tanishtirishga, aks ettirilgan voqelik yuzasidan o„zaro fikr almashib, munosabat
bildirishga o„rgatishi bilan samarali hisoblanadi. 
7-sinfda ingliz adibi Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo„rg„a” asarini 
o„rganish chog„ida o„quvchilarga o„zbek adabiyotida N.Norqobilov ijodida ham 
hayvonot olami ishonarli va samimiy tarzda aks ettirilgani bilan ajralib turishi 
alohida ta‟kidlanib, adib asarlari mustaqil o„qishga tavsiya qilinishi maqsadga 
muvofiq. Mutolaa yakunida esa taassurotlarini maktub orqali o„rtoqlashish vazifasi 
topshiriladi. 
1
Аsqad Мuxtor. El-yurt kerak ekan odamga. –Т.:G„afur G„ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2011. 
– 
10-bet. 


73 
Tengdoshidan maktub olgan o„quvchi, albatta, javoban o„zini hayajonga 
solgan, o„yga toldirgan lavhalar xususida mulohaza yuritish sharti belgilanadi. Shu 
usul bilan o„qituvchida butun sinfning kitobxonlik faoliyatini o„rganish va nazorat 
qilish imkoni paydo bo„ladi. 
Maktub quyidagi mazmunda bitilishi mumkin: 
“Salom ... Kuni kecha men yozuvchi N.Norqobilovning “Ovul oralagan 
bo„ri” qissasini o„qib tugatdim. Asar haqidagi fikrlarim seni befarq qoldirmasligiga 
ishonaman. 
Voqealar rivoji Oqyol laqabli bo„rining jufti Cho„ngkalladan arazlab, 
bemaqsad tentirashi oqibatida behosdan Salom merganning tulki va quyonlarga 
qo„ygan qopqoniga tushib qolishidan boshlanadi. 
Dala-dashtni axtarib Oqyolni topolmagan arloni bo„ri tunda yog„ib o„tgan 
qor yuzidagi qonli halqobda uning isi borligini sezadi. Dumining qorda sudralgan 
izlari va qon hididan Oqyolni odamlar olib ketishganini fahmlab, qishloq tomon 
yo„l oladi. 
Cho„ngkallaning juftini qutqarish uchun qayta-qayta ovul oralashi befoyda 
kechadi, chunki odamlar jondorning tungi tashriflarini payqab qolishib, bunga 
qarshi chora o„ylab qo„yishgan edi. 
Arloni bo„ri mergannikiga so„nggi bor kelganida ombortom o„rtasida 
osig„liq turgan Oqyolga ko„zi tushadi. Erkalanib jufti istiqboliga oshiqar ekan, 
Oqyolning tanasida tiriklik alomatlarini sezmaydi. Yurak-bag„ri o„rtanib uvlab 
yuboray deganida, uning kelishini poylay-poylay uxlab qolgan uy sohibi 
kutilmaganda uyg„onib ketgach, ilojsizlikdan omborni tark etadi. 
Ertasiga qirda o„ziga hamla qilgan bo„ri yotganligini Norqul polvondan 
eshitgan mergan o„sha tomonga oshiqadi. Uzoqdan mahobatli jondor tanasini 
ko„rib, unga yaqinlashadi. “Salom mergan va, nihoyat, uning tepasiga bordi. 
Tanida o„q izini ilg„amagach, bosh tomoniga o„tdi. Jonivorning ko„zlarida yosh 
qotib qolgandi. Bechoraning yuragi judolikka dosh berolmagandi”
1

Arloni bo„ri menga erk uchun qiyinchiliklarni mardonavor yengib, abadiy 
ozodlikka erishgan yovvoyi yo„rg„ani eslatdi. Senga ham qissani o„qishni tavsiya 
etardim.
Ehtirom bilan ...” 
Javob maktubidan namuna: 
“Qadrli ... Sening sadoqatli bo„ri haqidagi hikoyang menda asar bilan 
tanishish istagini uyg„otdi. 
Men ham adibning “Paxmoq” qissasini hayajon bilan o„qib chiqdim. Asar 
qahramoni Paxmoq laqabli ayiqchaning boshidan kechirganlari har qanday odamni 
hayron qoldiradi.
Voqea mana bunday bo„lgandi. Yoz kunlarining birida shaharlik mehmonlar 
Toshloqsoy qishlog„i etagidagi so„lim maskanga dam olishga kelishadi. Ularga 
xizmat ko„rsatayotgan Panji sayoq ismli kimsa o„ylamasdan davraboshining ayiq 
terisi haqidagi istagini bajarishga so„z berib qo„yadi. Belgilangan muddat yetgach, 
1
Norqobilov N. Оvul oralagan bo„ri. –Т.: Sharq, 2005. 
– 
58-bet. 


74 
va‟da eslatiladi va Panji Pahmoqning izidan tushib, uni yarador qiladi. Shundan 
so„ng ayiqcha hayotidagi halovatsiz kunlar boshlanadi.
G„animi ta‟qiblaridan qutulolmay yurgan kunlarining birida Paxmoq 
tasodifan o„ziga yaqinlashayotgan xavfni sezib qoladi. Qo„rquvdan dag„-dag„ 
titrab, xarsangtosh ortiga bekinar ekan, agar quroli bo„lmasa, odamzod ham ojiz bir 
mahluqdan farqi yo„qligiga hayratlanadi. O„sha lahzalarda barcha ko„rgiliklarining 
sababchisiga nafrati ortib, yuragida qasos tuyg„usi bosh ko„taradi. O„ljasi ilinjida 
yurgan dushmani qarshisidan shiddat bilan chiqib, undan o„ch olishga kuch topa 
biladi. 
Nimalarnidir xayol qilib xotirjam kelayotgan Panji sayoq ro„parasida paydo 
bo„lib qolgan Paxmoqni ko„rib, dahshatdan qotib qoladi...
Do„stim, men qissani o„qish paytida go„yo voqealar tasvirlangan sehrli 
olamga tushib qolgandek bo„ldim. Xayolan o„zimni ayiqcha bilan Mudroqqoya 
tomonlarga yastangan Yalang„och tizmalar bag„rida yonma-yon yugurib 
o„ynagandek, Chuqurkamar ko„lidagi shifobaxsh suvda rohatlanib suzgandek 
bo„ldim. 
Uning Bujurqoya etagidagi yovvoyi olma daraxtlarini silkitib, duv-duv 
to„kilgan mevalardan to„yib-to„yib yeyishlaridan; qiyoqzorlarni loyqalatib baliq 
tutishlari-yu, qorni to„ygach, oftobga toblanib yotishlaridan zavqlandim. 
Ba‟zan Panji sayoqdan qochib borayotgan ayiqchaga hamrohlik qilib, yo„lda 
uchragan xarsanglar, butalar, archalar ortidan atrofni olazarak bo„lib kuzatdim. 
Pahmoqning yovvoyi to„ng„izlar va bo„rilar galasi hujumiga uchragandagi 
chorasizliklariga achindim. Unga qilingan tahdidlardan, qo„lga tushib qolishidan 
xavotirga tushdim.
Qadrdonim, norasta ayiqchaning onasidan ayrilgan ilk kunlardagi ayanchli 
ahvolini bir tasavvur qilgin-a. Onasini izlab topolmay, qayg„uga botgan Pahmoqni 
yozuvchi shunday tasvirlaydi: “Zorlanib g„ingshidi. Qorni ochganini his etib, 
onasini emmoq istadi. Tamshanib-tamshanib ona sutini qo„msadi. Munkib ketib, 
tumshug„i bilan o„ngir devoriga turtildi. Og„izchasi sut o„rniga qumga to„ldi. 
U yig„ladi, rostmana g„ingshib, zorlanib, ho„ngrab yig„ladi...”
1

Vaqti kelib g„o„r va jur‟atsiz Pahmoq o„zidan zo„rlar hamlasiga javob 
qaytara oladigan Egridara hududidagi kuchli ayiqqa aylandi. 
Men Pahmoq obrazida yashash uchun kurashib, kelajakka ishonch bilan 
intilgan insonlar qiyofasini ko„rganday bo„ldim. Shuningdek, tabiatga yovuzlarcha 
munosabatda bo„lishning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini Panji sayoq yurish-
turishi misolida anglab etdim.
Ha, aytganday, o„tgan xatingda “Oqbo„yin” nomli asarni o„qiyotganingni 
yozgan eding. Men ham Yovqur ismli it taqdiri tasvirlangan “Ajal chorlagan kun” 
qissasi mutolaasini boshladim. Keyingi maktubda mazkur asarlar haqida 
fikrlashamiz, deb umid qilaman. 
Javobingni kutib ...” 
1
Norqobolov N. Тоg„dagi yolg„iz odam. –Т.:Sharq, 2011. 

126-bet. 


75 
Ijodiy ishlar yig„ib olinib muhokama qilinadi, iqtidorli mualliflar 
rag„batlantiriladi. Eng munosiblari adabiy tanlovlarga yuborilishi yoki vaqtli 
matbuot sahifalarida chop ettirishga tavsiya qilinadi.
Badiiy matnlarni yod olish va ifodali o„qish ham mustaqil ishning samarali 
turlaridandir. Yod aytish chog„ida ovoz chiqarib o„qish, ko„rish, eshitish singari 
nutq va xotira turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Agar matn katta hajmli bo„lsa, 
tahlil chog„ida qismlarga bo„linib, reja bo„yicha yod olinadi. Yod aytishda 
o„qituvchi ijrosi o„quvchilar uchun namuna vazifasini o„taydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin