Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning, uzellarni mustaxkamlashning eng ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.
Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning, uzellarni mustaxkamlashning eng ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.
Model konstruksiyasini, uning ishlov berish (tayorlash va yig‘ish) uchun qo‘layligini tanqidiy analiz qilish ba’zan talalabalardan ilgarigi yechimlarni qayta ko‘rib chiqishni, yangi detallarni loyixalashni, so‘ng ularni takomillashgan konstruksiyaning xisobga olib joylariga moslashtirishni, yig‘ish operatsiyalarning xarakterini o‘zgartirishni va bunda zarur texnologik jixozlashni nazarda tutishni taqazo etadi.
Model konstruksiyasida qo‘yilgan talablar o‘zgarsa yoki ortsa, unga boshqacha vazifa yuklans, bu konstruksiyani modelning kinematik sxemasida ko‘rinadigan tubdan takomillashtirish, yangi uzellar va mexanizmlarni konstruksiyalash yoki tanlash, ulardagi ayrim detallarni almashtirish zaruriyati tug‘iladi. Bu ish talabalardan texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida jiddiy ijodiy kuch-g‘ayrat sarfdashni talab qiladi.
Studentlar modellashtirishni o‘rganishning birinchi bosqichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muxim malumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda studentlar o‘z ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. Chunki xato, obyektning chizmasi, texnik shartlari va texnologik kartalar mavjud bo‘lsa-da, studentlar muayan darajada mustaqillik ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi. Ular avvalo texnik xujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o‘qiy olishlari, buyumni tayorlash va yig‘ish texnologiyasini o‘rganib chiqishlari kerak. Xususan chizmaga muvofiq materialni to‘g‘ri tanlash, kerakli asboblarni, detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil xal qilish lozim bo‘ladi. Bu bosqichda studentlar muayan bilimlarni, ko‘nikma va amaliy malakalarni o‘zlashtiradilar, ammo konstruksiya yechimlarini topish uchun asosiy izlanish amalga oshmaydi.
Modellashtirishning o‘rgatishning ikkinchi bosqichi studentlar topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlarni olmasligi bilan xarakterlanadi.