Mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyixalash
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar deganda o‘quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini aktiv, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutiladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar deganda o‘quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini aktiv, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutiladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va hokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo‘lib, ishlashni taqozo qilsa ham hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi.
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo‘yicha yangi o‘quv materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga, ta’limiy - pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.