2 – boshlovchi: - « Mustaqillik muborak jannatmakon diyorim» deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: - Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o’quvchi: - Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq
2 – o’quvchi: - Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o’quvchi: - Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
4 – o’quvchi: - Vatan – bu buyuk millatimiz
5 – o’quvchi - Vatan – bu maktabimiz!
6 – o’quvchi: - Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!
2 – boshlovchi: - Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
7 – o’quvchi: - Mustaqillik - o’z erkiga ega bo’lish, Vatan o’zimizniki deganidir.
1 – boshlovchi: - Mustaqillik bizga nima berdi?
8 – o’quvchi: - Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
9 – o’quvchi: - Millatimizning o’zligini, milliy g’ururini himoya qilgan Fayzulla Xo’jayev, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.
10 – o’quvchi: - Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro’z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
- Mustaqillik – bu xurriyat
Bu – ozodlik demakdir.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
- Bu – elu yurt osoyishi,
Bu obodlik demakdur.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
- Mustaqillik eng ulug’u
Eng aziz baxtdir bizga.
Boshlovchilar:Mustaqillik bu nimadur?
- Sha’n shavkati bo’lsin baland,
Bu – abadlik demakdur.
Bayroq kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Men davlatimizning muqaddas bayrog’i bo’laman.Men 1991-yil 18-noyabrda qabul qilindim.
Sh’er:Havo rang,oq va yashil,
Bordir qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli,
O’zbekiston bayrog’i
Tamg’a kirib keladi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning muqaddas gerbi bo’laman. Men 1992-yil 2-iyulda qabul qilindim.
She’r:O’ng tomoni paxtazor,
So’l tomoni bug’doyzor
Bog’lari bor,tog’lari bor,
O’rtasida xumo qush
Konstitutsiya kitobi kirib keladi. Assalomu alaykum aziz bolajonlar.Men davlatimizning qomusi bo’laman.Men 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindim
She’r: Baxtimiz qomusi erur bu xujjat,
Unda mujassamdir haq-huquqimiz.
Huquqni bilaylik, lekin avvalo,
Unutmaylik fuqarolik burchimiz.
2-boshlovchi:Bugun o‘zbek xalqining asrlar osha orzusi bo‘lib kelgan Mustaqillik kuni arafasida yig’ildik. Mana, salkam 28 yildirki, xalqimiz hur, ozod, erkin diyorda yashash zavqini surmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom bilan tabriklash uchun go’zal tariximiz sahifalaridan ardoqli va buyuk siymolar ham tashrif buyurishgan.
1-boshlovchi:Marhamat,kutib oling
Amir Temur:Bolalarim, men har mamlakatda adolat eshigini ochdim, har mamlakatning yaxshi kishilariga ezguliklar qildim. Nafsi yomon, axloqsiz odamlarni mamlakat sarhadlaridan quvib chiqardim. “O‘g‘illarim millatning ulug‘ martabasini, oliy saodatini saqlamoq uchun adolat va ozodlik muqaddas dasturingiz bo‘lsin”
Alisher Navoiy:Shohu toju hilqatiy kim
Men tamosho qilg‘ali
O‘zbegim boshida qalpoq
Ya’ni, men doppili o‘zbegimga xuddi toj kiyib zarrin libosga o‘ralgan shohga qaragandek quvonib tikilaman.
Alpomish va Barchinoy
Barchinoy:
O‘zbek elining o‘g‘loni,
Alpomish avlodlari,
Ta’zim aylay sizlarga,
Bahodirlar sultoni.
Alpomish:
O‘zbek qizi Barchinoy,
Go‘zalligi hilol-oy.
Birga qo‘shiq kuylaylik,
Yurtim ohanglarga boy.
1-Boshlovchi: Marhamat mehmonlar, bu yerga o‘tiringlar.
2-Boshlovchi: Bolajonlar (bolalar sahnaga yugurib chiqadilar)
1-Boshlovchi: Bu bayram ajoyibotlarga boy sehrlidir
Bolalar: Uning sehri nimada?
1-Boshlovchi: Bu bayramda ijodini namoyon etgan har bir bolajon o‘z orzusiga yetar ekan. Bolajonlar, sizning ham orzuyingiz bormi?
Bolalar: Albatta
1-Qiz:
Men-chi men katta bo’lsam,
Mohir chevar bo‘laman.
O‘zbegimning doppisini
Qoyil qilib tikaman.
2- Bola:
Sport bilan do‘stlashib
Kuch – quvvatga to‘laman
Kelajakda men jahon
Chempioni bo‘laman
3- Qiz:
Raqs mening jon-u dilim,
O‘ynab katta bo‘laman
Mukarrama, Tamaraxon
Avlodlari bo‘laman
Dostları ilə paylaş: |