17-o‘quvchi: Zaminimning chiroyi hur O‘zbekiston,
Quyoshli yurtimning bog‘lari bo‘ston.
Chiroyi go‘yoki rangin kamalak,
Vatanim, 28 yoshing muborak!
18-o‘quvchi: Buyuk bobolardan qolgan merossan,
Yuragim ardog‘i jarangli sozsan.
Madhingni tinglasin, osmonu falak,
Vatanim, 28 yoshing muborak!
“Mustaqillik abadiy bo‘lsin!”
19-o‘quvchi: O‘zbekiston baxtidan kulsin,
Yurtim doim quvonchga to‘lsin,
Ona xalqim istagi shudir,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
20-o‘quvchi: Bunga yetmoq oson bo‘lmadi,
Yorug‘ kunlar armon bo‘lmadi,
Zimdan turib kimlar kulmadi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
21-o‘quvchi: Millat uchun, shu tuproq uchun,
Butun dunyo bizlarni bilsin,
Bilsin yana o‘zbekning kuchin
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
22-o‘quvchi: Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qo‘llaringizni,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
23-o‘quvchi: Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay o‘tganlar haqqi,
Eng zo‘r bo‘lsin shu o‘zbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
O‘zbekiston muqaddas zamin!
24-o‘quvchi: Yashang do‘stlar sezib baxt ta’min,
Unutingiz ko‘ngilning g‘amin,
Baland tuting yurtning bayrog‘in,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
25-o‘quvchi: Vatan so‘zin anglar bu millat,
Dunyo g‘amin tinglar bu millat.
Sozi baland yangrar bu millat,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
26-o‘quvchi: Suvi oltin, tuprog‘i oltin,
Qiyosi yo‘q mehribon xalqin,
Ko‘ring bugun o‘zbekning baxtin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
27-o‘quvchi: So‘zlarimni tinglang do‘stlarim,
Vatan buyuk bilganim manim,
O‘zbek yana ko‘tardi qadrin,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
28-o‘quvchi: Shunday ekan nega kuylamay,
Kelajagin nega o‘ylamay,
Dovrug‘ini dunyoga yoyay,
O‘zbekiston muqaddas zamin!
1-u Pochemu moy kray tak dorog mne?
Na vopros izvestnыy ya otvetil:
Raznыx stran nemalo na zemle
Rodina u vsex odna na svete.
2-u Na svete mnogo raznыx stran-
Odna drugoy miley i krashe
A ya vlyublen v Uzbekistan
I v solnse plamennoye nashe.
2-V S prazdnikom, moya Otchizna,
Moy rodnoy Uzbekistan.
Tы siyayesh svetom jizni,
Rassvetay lyubimыy kray!
Qasamyod:
1.O’zbekistonimiz mustaqilligini mustahkamlab erkin va yorug’ kelajak uchun doimo olg’a yurishga
2.O`quvchi:O`zimizni tomchi va tomchi, zarrama-zarra, buyuk maqsadlar sari charchamay toliqmay safarbar etib borishga,
3. O`quvchi:ona yurtimizga, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli bo`lishga, 4.Ajdodlarimizga munosib vorislar bo’lishga
5.O`quvchi:har kuni , har soatda fidoyi bo`lishga
Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz, Qasamyod qilamiz! 1-boshlovchi; Bu aziz vatan barchamizniki. Uning baxt –saodati ,yorug’ istiqboli ,farovon kelajagiuchun yashash, kurashish, kerak bo’lsa, jonni fido qilish shu muqaddas
Dostları ilə paylaş: |