Mustaqillik bayrami 28 yil


zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir



Yüklə 223,71 Kb.
səhifə4/25
tarix27.12.2023
ölçüsü223,71 Kb.
#199790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1 sentyabr Mustaqillik kuni ssenariylar

zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
2-boshlovchi-Toki,yurtimiz go’ zal, fayzli, erkin va adolatli yurt bo’lsin. Toki bizdan elga foydali yodgor liklar qolsin, bog’-rog’larimiz qolsin, qalbni poklaydigan ibratli so’zlar qolsin. Toki bizdan olis avlodlarga ozod va obod Vatan qolsin.

11-o‘quvchi: Gulbo‘ston, nur o‘ragan maskan,
Turkiston, gul o‘ralgan gulshan,
Mustaqilsan, ey ona tuproq,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
12-o‘quvchi: Alpomishning oltin beshigi,
Barchinoyning yangrar qo‘shig‘i,
Senga ochiq dunyo eshigi,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
13-o‘quvchi: Temurday zot tug‘ilgan diyor,
Navoiyni qilolding oshkor,
Buxoriyning o‘chmas yodi bor,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
14-o‘quvchi: Otam kabi navqironsan sen,
Onam kabi mehribonsan sen,
Olam kabi charog‘onsan sen,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
15-o‘quvchi: Vatan desan yongay yuragim,
Sen orzumsan, sensan tilagim,
Baxtim kabi o‘zing keragim,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!
16-o‘quvchi: Bolang nechun yonadi bugun,
Yolg‘onlardan tonadi bugun,
Kelajakning chin baxti uchun,
Betakrorsan,muqaddas Vatan!

1-boshlovchi: Muhtaram mehmonlar, hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!
Mana shu munavvar kunda barchangizni yana bir bor “Mustaqillik bayrami” bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
2-boshlovchi:Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, o‘qishlaringizda zafarlar tilab qolamiz.
1-boshlovchi: Vatanimizni, xalqimizni, siz aziz bolajonlarni Yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin.
2-boshlovchi:Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Surayyo Murodova

Yüklə 223,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin