NURALI QOBIL IJODIDA AMIR TEMUR OBRAZINING BADIIY G’OYAVIY XUSUSIYATLARI Jalilov Shohzod Javharalizoda
Farg'ona davlat universiteti o’zbek adabiyotshinoslik magistranti
Annotatsiya: Nurali Qobul 1950 yil 2 yanvarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O‘smat qishlog‘ida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat universitetini tarix fakultetini tamomlagan (1974). «Oyqor» (1978), «Salom tog‘lar» (1979), «Odam, Oyqortog‘ va Daydi shamol hakida ertak» (1980), «Tubsiz osmon» (1981), «Kaptarlar qaytmagan tun» (1984), «Yashash uchun kechikma» (1985), «Unutilgan sohillar» (1988), «Oq kaptarlar» (1990), «Bug‘doy pishig‘iga yetmaganlar» (1992), «Sen vatansan, muhabbat» (1994), «Vatandan yaxshi yor o‘lmas» (1995) va boshqa asarlari nashr etilgan. G. Markesning «Tanholikning yuz yili» romanini, Ch. Aytmatovning «Bolaligim» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Kalit so’zlar: Iste'dodli yozuvchilardan biri Nurali Qobul (Nurali Qobulovich Xolbo'tayev) 1950-yilda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O'smat qishlog'ida tug'ilgan. 1974-yilda Farg'ona davlat pedagogika oliy bilimgohining tarix bo'limini tamomlagan.
Shundan so'ng tuman, viloyat komsomol va partiya rahbarlik ishlarida ishlangan. 70-yillardan boshlab jurnalist sifatida tuman, viloyat ro'znomalarida, aniqrog'i "G'alaba bayrog'i", "Jizzax haqiqati" ro'znomalarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. So'ngra Toshkentga kelib, "Sovet O'zbekistoni san'ati"(1977) oynomasida muharrir o'rinbosari, keyinroq bosh muharrir bo'lib ishlagan. Hozirgi kunda "Cho'lpon" nashriyoti rahbaridir. Nurali Qobulning adib sifatidagi ijodi, asosan uning Toshkentdalik paytiga to'g'ri keladi. Avval hikoya, qissalar yozib, ro'znoma va oynomalarda ko'rina boshlaydi. Uning qissa va hikoyalardan iborat "Oyqor"(1978), "Salom tog'lar"(1979) kabi to'plamlari ketma-ket paydo bo'ladi. Har ikki to'plam ham kitobxonlar va adabiy tanqid tomonidan qizg'in baxslarga sabab bo'ldi. Unda urush davri fojealari, urf-odat va oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar taqdiri va sevgisi haqidagi falsafiy mushohadalar o'quvchi qalbini to'lqinlantirgan edi. Eng muhimi, undagi adolatparvarlik sari intilish, sof sevgiga sadoqat, kattalarga hurmat, asar qahramonlariga nisbatan iliqlik uyg'ota olishdir. Shudan so'ng yozuvchining yana o'ndan ortiq she'riy, nasriy asarlari chop etildi. Jumladan, "Tubsiz osmon"(1981), "Yashash uchun kechikma"(1983) kabi qissalarida yoshlar taqdiri, kelajagi yo'lidagi kurashi, orzu-intilishlari yana baxslarga yetaklaydi. "Adibning "Kaptarlar qaytmas-kuya"(1983), hikoya va qissalar to'plami, "Unitilgan sohillar"(1988) kabi romanlarida endi faqat adibning mavzu doirasigina kengayib qolmay, hayot, odamlar haqidagi falsafiy qarashlarining tobora real, chuqur ko'rinishga 39 kirayotganligidan ham dalolat beradi. Shuningdek, bolalar uchun yozilgan "Odam, Oyqor tog' va daydi shamol"(1980) she'riy ertagi yaratildi. Adib publitsist va tarjimon sifatida ham barakali ijod bilan band. Uning "Bug'doy pishig'iga yetmaganlar"(roman va qissalar, 1992) yoki "Vatandan o'zga yaxshi yor bo'lmas"(1992) kabi publitsistik maqolalar to'plamlari ham alohida e'tiborni tortadi. Tarixiy shaxslar xarakteridagi ibratli qirralarni oʻrganish, tarixiy voqealar hamda buyuk shaxslar hayotidagi davrlar sinovidan oʻtgan, mashhur tarixiy siymolarning badiiy adabiyotdagi obrazini tadqiq etish adabiyotshunoslik fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi. Binobarin, Amir Temur obrazini tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan oʻrganib, uni badiiy talqin etishda ijodkorlar erishgan yutuqlarni tahlil qilish ham adabiy jarayon rivoji bilan bogʻliq muhim xulosalar beradi. International Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https: econferencezone.org April 20th 2022 pg. 111 Mustaqillik bergan imkoniyatlar tufayli oʻzbek adabiyotida Amir Temur obrazini yaratishga alohida eʼtibor bilan qaralmoqda. Xususan, bu borada, hikoya janrida yozilgan asarlar ham bunga yorqin dalildir. Misol tarzida murojaat qiladigan boʻlsak, atoqli adib Asqad Muxtorning “Insonga qulluq qiladurmen” hikoyasining kompozitsiyasi jahongir Amir Temur va oddiy nagʻmasoz Ayri Qoʻbuz oʻrtasidagi mubohasaga asoslanadi. Albatta, bu kichkinagina asarda Amir Temur xarakterining barcha qirralari yorqin va tiniq ochilishi qiyin. Ammo yozuvchi Amir Temur xarakterini katta mahorat bilan yaratadi. Yozuvchi talqinidagi Amir Temur siymosi tarixiy haqiqatga, nihoyatda, yaqin. Ijodkor Amir Temur hayotining har bir lahzasini kitobxon koʻz oʻnggida namoyon etish uchun shunday ramziy belgilar topadiki, ular asnosida, yaʼni, Ayri Qoʻbuz navolaridan ramziy belgilar orqali oʻz qahramonlari timsolini aks ettiradi. Belgilar orqali qahramonlar dunyosida paydo boʻladigan obrazlar mantigʻini majoziy ravishda tasvirlab qoʻyadi. Amir Temur bilan Ayri Qoʻbuz oʻrtasidagi mubohasadan koʻzda tutilgan maqsad shuki, bunda, Amir Temurning tarix oldidagi xizmatlari, markazlashgan davlat tuzganligi, goʻdakligi haqidagi afsonalarga boʻlgan munosabat yarq etib koʻzga tashlanadi. Tahlil uchun suhbatdosh Ayri Qoʻbuzning quyidagi dono fikrlariga eʼtibor qaratdik: “Baribir, el, Amir Temur Alloh taoloning barguzidasidur, derlar. Zero, Zuhal ila Mushtariy burjida tavallud topibsenkim, Allohi muborak yeru koʻkni shul soatda yaratmishdir. Nujumotning bu holati har sakkiz yuz yillikda bir kelurkim, alarning chehrasida nuri ilohiy zuhur oʻlgʻay. Avvalo, Iskandari Zulqarnayn, andin soʻngra, Muhammad Alayhissalomuvasallam va dagʻi sen, qiblagoh”. Oddiy nagʻmasoz bilan Amir Temur suhbati orqali yozuvchi hayot falsafasini koʻrsatmoqchi boʻlgan. Ayri Qoʻbuz olamda barcha narsa omixta, deydi. Amir Temur qarashlarida burilish yasagan tungi navolar ham olam sehriga omixta, deyiladi. Amir Temurni bir vaqtlar shafqatsiz, toshyurak, jallod, qonxoʻr, deb, jar solganlarga, javob tariqasida, yozuvchi quyidagi ishonarli detaldan mohirona foydalangan: “Mana, sen jang oldidan Qurʼoni masjiddan varaq ochib, oyat oʻqursen, – deb davom etdi Ayri Qoʻbuz, – mening hayotim seni taammulga solur. Qariyalar soʻzidin bu holga tushding. Inchunin, bagʻritosh emassen. Menga shu kerak. Bir umr joni huzur-halovat koʻrmay, jangu jadal, qonli qironlardan diydayu bagʻri tosh qotgan bu insonning koʻnglini sal boʻlsa ham yumshatish niyat edi bu devonagʻa. Jahongirlarga bosh egmadim, insonga qulluq qilurmen, dedi, shoir”. Yozuvchi Amir Temur xarakteriga bermoqchi boʻlgan tavsifni Ayri Qoʻbuz oʻz tili bilan ifoda qiladi. Ayri Qoʻbuz hatto oʻz oʻlimini Amir Temurni bir gunohdan asrab qoldi, deydi. Bu bilan Amir Temur shaxsining buyukligini kelajak avlodga koʻrsatmoqchi boʻladi. Baxshi ichki dunyosi bilan hikoyadagi Amir Temur xarakteri orasidagi tafovut unchalik katta emas. Ayri Qoʻbuzning soʻnggi soʻzlaridan: “Koʻp jahongirlarni koʻrdim, ammo men ularga boʻysunmayman. Qayga borsam, oʻzimdan iloji boricha yaxshi nom qoldirishga harakat qilaman. Jahongirga emas, insonga qulluq qiladurmen”, degan maʼno anglashiladi. Voqealar rivoji davomida Ayri Qoʻbuz xarakterida qoʻrqinch, hayrat, shaddodlik xislatlari namoyon boʻladi. Ayri Qoʻbuzning soʻnggi soʻzlarini eslagan Amir Temur undan xayolan nimani yashirib ketding, deb soʻraydi. Ayri Qoʻbuz oldinda uni ajal kutayotganligini karomat qila olmaganini sezadi. Bu bilan yozuvchi oxir-oqibat ulugʻlar, daholar joyi ham bir siqim tuproq boʻlajagini, shu bois, umrni bekor oʻtkazmay, insonni oʻzidan biron-bir iz qoldirishga chaqirmoqchi boʻladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. “Temur tuzuklari”, “ shodlik” nashriyoti. Toshkent – 2019-yil 2. “O‘zbek hikoyalari antologiyasi”, “Sharq” nashriyot-matbaa kontsernining bosh tahririyati. T – 1997 3. “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, A.Ulug‘ov, G‘.G‘ulom NMIU, T – 2018