Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi


«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. 
Xalqқning ta`minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma`naviy islohotlar – 
qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning 
udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish – bundan oғg’irroq va bundan 
sharafliroq 
vazifa 
yo’q 
bu 
dunyoda». 
 
I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iқtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, T.1. 202-bet. 
Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari 
boshlanib 
ketdi. 
Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda? 
Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib 
kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob 
me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy 
qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr 
hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun 


meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud 
ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul 
qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va 
rivojlantiradi. 
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon civilizaciyasi taraqqiyotiga bebaho hissa 
qo`shgan buyuk bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va tiklandi. 
Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati 
yulduzlari bo`lgan buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO 
bilan 
hamkorlik 
mamlakatimizda 
va 
xalqaro 
miqyosida 
keng 
nishonlandi: 
 

1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 

1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 

1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; 

1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi; 

1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli; 

1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon tavalludining 100 yilligi; 

1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi; 

1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi; 

2000 yil – Burhonnidin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi; 

2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 

2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi. 

2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 
yilligini nishonlash to`g`risida”gi 143-son qarori qabul qilindi. 

2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida 
qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to`g`risida”gi 337-son qarori qabul 
qilindi 

2006 yil-Qarshi sahrining 2700 yillii va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 
yilligi nishonlandi. 

2007 yil-Samarqand sahrining 2750 yilligi nishonlanadi. 


Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o`nlab noyob asarlari turli 
tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o`rnatildi, ziyorathoglar, bog`lar yaratildi. 
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu 
yili O`zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi,
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta`sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tair», 
«Sab`ai-sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr 
qilindi, kinofil`mlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida 
barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ining 
ochilishi 
marosimi 
bo`lib 
o`tdi. 
1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yillik yubileyi o`tkazildi. 
Ulug`bek madrasasi, Ulug`bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, Toshkentdagi 
Ulug`bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O`sha yil 24 oktyabrda 
Parijda YuNESKO zalida “Ulug`bek va Temuriylar davri” mavzusida Xalqaro konferenciya 
hamda “Ulug`bek va an`anaviy san`at” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirlar Mirzo 
Ulug`bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor 
isbot 
etdi. 
1998 yil 23 oktyabrda Farg`onada byuuk alloma Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik 
yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg`ona shahrida al-
Farg`oniy 
bog`i 
yaratildi 
va 
buyuk 
allomaga 
haykal 
o`rnatildi. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin