Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi


Milliy qadriyatlarning tiklanishi



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. 
O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning 
milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan. 
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, 
Samarqand, Toshkent, Farg`ona va hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, 
rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar 
davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos 
eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har 
bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham 
farz, 
ham 
qarzdir. 
Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun 
bilan 
boyitish 
yo`lida 
bir 
qator 
xayrli 
ishlar 
amalga 
oshirildi. 
1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika 
“Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy 
merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod 
va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga 
qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi. Markaz tomonidan aholi 
orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar 
jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining 
ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 
1996 yil yanvarda Respublika “Ma`naviyat va marifat” jamoatchilik Markazi huzurida 
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi tuzildi. 1996 yil 27 sentyabrda Respublika 
Vazirlar Mahkamasining “ “Oltin meros” xayriya jamg`armasini qo`llab-quvvatlash 
to`g`risida” gi qaroriga binoan mazkur jamg`arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llab 
quvvatlandi. 
“Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini
xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at 
namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda. 
1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk 
allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij 
davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. 
Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, 
tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma`no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng 
ommaga 
tushuntirish 
ishiga 
katta 
hissa 
qo`shmoqda. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin