Mustaqillik va islomiy qadriyatlarning tiklanishi



Yüklə 228,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.12.2022
ölçüsü228,54 Kb.
#77138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Teshaboyev Rustam MUSTAQIL ISHI

Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda “O`zbekfil`m” 
tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda 
tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan 
moddiy jihatdan qo`llab- quvvatlanishi kino san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega 
bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, 
“Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”, “Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja 
singal” va boshqa fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 
1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta davlat 
va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk Amir Temur” 


fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” avtomobili berildi. 
Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. “O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan 
odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, “O`zbekiston qahramonlari”, “Umid 
qaldirg`ochi”, 
“Istiqlol 
fidoyilari” 
va 
shular 
jumlasidandir. 
2. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti 
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar jarayonida 
teatr 
san`ati 
ham 
rivojlandi. 
1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr 
arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. 
Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli 
yoshlar 
va 
bolalar 
teatriga 
aylantirildi. 
Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa san`atini 
yanada 
rivojlantirishni 
qo`llab- 
quvvatlash 
va 
rag`batlantirish 
chora-tadbirlari 
to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini rivojlantirish 
to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo`llab- quvvatlandi. 
Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi 
qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiy- ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 
Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma`naviy olamini, uning madaniy merosi, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda
iste`dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, 
ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat 
akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. 
ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi. 
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda 
qo`g`irchoq 
teatrlari 
bolalarga 
xizmat 
qilyapdi. 
2001 yilda respublika teatr san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi 
O`zbek akademik drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy 
teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr 
maqomi 
berildi. 
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e`tibor berdilar. 
Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron” 
Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror 
Hidoyatov nomli o`zbek davlat teatri “Buyue ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga 
qo`ydi. 
1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro festivalda 
Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san`atkorlarining 
chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag`ishlangan festivalda 
O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari 
namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston, 


AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. 
Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish, ular 
lngiga Milliy istiqlol g`oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini kuchaytirish 
axloqiy, 
estetik 
tarbiya 
maktabi 
bo`lib 
xizmat 
qilmoqda. 

Yüklə 228,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin