Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta
tiklandi,
islomshunos
allomalarimizning
ulug`
nomi
o`z
o`rniga
qo`yildi.
1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675
yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog`liq
tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag`ishlangan qator risolalar chop etildi.
1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining
hijriy-qamariy tavqim bo`yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog`ida Imom
al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan Imom al-Buxoriyning 4
jildlik
“Al-Jomi`
Al-Sahih”
kitobi
o`zbek
tilida
nashr
etildi.
2000 yil 16-17 noyabr kunlari Marg`ilonda islom huquqining asoschilaridan biri
Burxoniddin al-Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda Imom Abu Mansur al-
Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ularning xotirasiga bag`ishlab
barpo
etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burxoniddin al-Marg`inoniyning islom huquqiga
bag`ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari
Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi,
Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko`lamda
nishonlandi.
O`zbekiston Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro`za-Ramazon hayitining
birinchi kuni dam olish kuni deb e`lon qilindi. Respublika muslmonlarining istak va
hohishlariga ko`ra
Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo`lib qoldi.
O`zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra
amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo`ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming
o`zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo`ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga
qaytarildi, yangilari barpo etildi. Hozir “Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur`oni Karim 8
marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat
bo`lib qolmay, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum udumlari,
qadriyatlarining
tiklanishi,
ajdodlar
ruhining
qayta
uyg`onishidir.
Prezidentning 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma`naviy
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din
ishlari bo`yicha qo`mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta madrasa
faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta`lim olmoqdalar. 1999 yilda
tashkil etilgan Toshkent Islom Universitetida 750 ta talaba o`qimoqda. O`zbekiston
Respublikasining Konstituciyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi davlatning din va dindorlar vakillariga
munosabati
huquqiy
jihatdan
aniq
belgilab
berildi.
Dostları ilə paylaş: